James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

ELEMENT 1.12
Faoliyatning uzoq muddatli oqibatlati yoki ikkilamchi ta'sirlari ko'p hollarda e'tibordan
chetda qoladi.


62
«...nafaqat qisqa muddatli natijalarni, balki uzoq muddatli natijalarni ham;
nafaqat birlamchi oqibatlarni, balki ikkilamchi oqibatlarni ham; nafaqat
maxsus alohida guruhga ta'sirini, balki barchaga ta'sirini ham inobatga olishi
kerak»
(10)
.
Hazlitt bu darsga rioya qilmaslikni iqtisodiy xatoning asosiy manbai deb hisoblagan. U
1930-yillardagi Buyuk depressiya davri iqtisodiyoti to'g'risida ko'p yozgan bo'lib, ayniqsa,
siyosatda davlat dasturlarining qisqa muddatli ta'sirlariga e'tibor berishga, uzoq muddatli va
kutilmagan oqibatlariga esa e'tibor bermaslikka moyillik mavjudligini bilar edi.
Video:
Bir oyoqda iqtisodiyot
Keling, ikkilamchi ta'sirlarning ahamiyatini tasvirlovchi uchta misol ko'rib chiqaylik.
Transport vositalarining emissiyasi natijasida havo ifloslanishini benzin iste'molini qasqartirish
orqali kamaytirish maqsadida Gruziya hukumati katta motorli eski avtomobillar uchun yangi
aktsiz solig'i joriy etdi. Gruziya kam daromadli mamlakat bo'lganligi sababli eski ishlatilgan
mashinalarga talab doimo baland bo'lgan, chunki ular arzonroq (sotuvdagi eski mashinalarning
91 foizi 2006-yildan oldin ishlab chiqarilgan). 2017-yilning yanvaridan joriy etilgan yangi
soliq o'zgaruvchan shkalada hisoblangan. Masalan, aktsiz solig'i bilan bojxona rasmiylashtiruvi
uchun ja'mi to'lov motori 1,5 litr hajmli 2002-yil avtomobili uchun 3731 GELni (Gruziya
larisi), lekin motori 2,5 litr hajmli ayni yil avtomobili uchun 6219 GELni, motori 3,5 litr hajmli
avtomobil uchun esa 8706 GELni tashkil etgan. Soliq siyosatidagi o'zgarishlar odamlarni
motor sig'imi kichkina mashinalarni xarid qilishga rag'batlantirgani ravshan bo'lsada, bu
oqilona siyosat bo'lganmi degan savol tug'iladi. Ikkilamchi ta'sirlarni hisobga olganda uning
umumiy ta'siri qanday bo'lgan?
Gruziyaning yangi aktsiz soliq siyosati qisqa muddat amal qilganligi uchun biz boshqa
mamlakatlarning yoqilg'i iste'molini kamaytirishga qaratilgan siyosatlari tajribasini ko'rib
chiqishimiz kerak bo'ladi. Ma'lumotlarga qaraganda, odamlarning avtomobil xaydashi


63
ko'paygan, chunki yengil avtomobillarning kam yoqilg'i sarflashi mashina xaydashni arzonron
qiladi. Bu, o'z navbatida, tirbandlikni oshiradi va yoqilg'i iste'moli dastur bo'yicha kutilgan
rejaga nisbatan kamroq pasayishiga olib keladi. Bundan tashqari, yangi standartlarga javob
beruvchi yengilroq avtomobillar yo'l-transport hodisalari paytida yo'lovchilar uchun og'irroq,
katta motorli avtomobillar kabi himoya darajasini ta'minlay olmaydi. Natijada, yo'l harakati
bilan bog'liq o'lim darajasi va jarohatlar soni oshishi mumkin. Ikkilamchi ta'sirlar inobatga
olingandan so'ng, yoqilg'i unumdorligi bo'yicha tartiblar o'ylagandek samarali bo'lmasligi
mumkin.
Shu kabi kutilmagan oqibatlar xavfsizlik kamaridan foydalanishni talab qiluvchi
qonunlar qabul qilinganidan keyin ham kuzatilgan. Buyuk Britaniya Transport vazirligiga
ko'ra, haydovchilar va old o'rindiqdagi yo'lovchilardan xavfsizlik kamarlarini taqishni talab
qiluvchi qonun kuchga kirganidan 20 oy o'tib, old o'rindiqdagi yo'lovchilar orasida halok
bo'lganlar soni 656 taga kamaygan. Biroq, aftidan, haydovchilar xavfsizlik kamarlarini
taqishdan so'ng o'zlarini xavfsizroq his qilganliklari tufayli avtomobilni xavfliroq boshqara
boshladilar. Natijada, ayni vaqt davomida piyodalar (77), velosipedchilar (63) va orqa
o'rindiqdagi yo'lovchilar (69)
(11)
 orasida halok bo'lganlar soni oshdi.
Mamlakatlar o'rtasidagi savdo cheklovlari ham muhim ikkilamchi ta'sirlarga ega. Chet
el tovarlariga tarif va import kvotalari joriy etish tarafdorlari deyarli har doim o'z
siyosatlarining ikkilamchi ta'sirlarini hisobga olmaydilar. Tarif va kvotalar o'xshash
mahsulotlarni yuqoriroq tannarxda ishlab chiqaruvchi mamlakat ishchilarini dastlab himoya
qilishi mumkin, lekin buning kutilmagan ikkilamchi oqibatlari ham mavjud.
Evropa Ittifoqining (YI) Yagona qishloq xo'jalik siyosatini (YQXS) ko'rib chiqaylik.
Bu siyosatga ko'ra, chet elda ishlab chiqarilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlari savdosi tarif va
kvotalar orqali cheklanib, a'zo mamlakatlarning qishloq xo'jalik sektori YI byudjetidan
bevosita subsidiyalanadi. Siyosatning 50 yilligiga bag'ishlangan hujjatda shunday deyiladi:
«YQXS aholi sifatli oziq-ovat mahsulotlarini arzon narxlarda iste'mol qilishlari va dehqonlar
munosib hayot kechirishlari uchun yaratilgan»
(12)
. Umuman olganda, YQXS orqali
ajratiladigan subsidiyalar jami YI byudjetining uchdan bir qismidan sal ko'prog'ini tashkil
etadi. Ushbu siyosat tarafdorlariga ko'ra, YQXSsiz YIning qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat
sektorlari 8 foizga qisqargan bo'lar edi
(13)
. Shuning uchun ham u ish o'rinlarini «saqlab» qolib,


64
bandlik darajasini oshiradi deb da'vo qiladilar. YQXS yordamida bu sohalarning kengaygani
shubhasiz, lekin ikkilamchi ta'sirlarning oqibatichi?
YQXSga xarajatlar ushbu mablag'larni YI byudjeti doirasida boshqa maqsadlarga
yo'naltirish imkonini siqib chiqaradi hamda YI mablag'larini boshqa jamoat mollari bilan
bog'liq faoliyatga ajratishning oldini oladi. Evropa komissiyasiga ko'ra, subsidiyalar har bir YI
fuqarosiga yiliga 100 yevrodan qimmatroqqa tushadi. Undan tashqari, tarif va kvotalar
mahalliy narxlarni raqobatbardosh jahon narxlariga nisbatan balandroq darajada ushlab
turadi
(14)
, shu sababli YI iste'molchilari uchun qishloq xo'jalik mahsulotlari yanada
qimmatroqqa tushadi. Aslini olganda, har bir oila oziq-ovqat uchun to'lovni ikki marta amalga
oshirmoqda: birinchi marta qishloq xo'jalik sektorining protektsionizmi natijasida
do'konlardagi narxlarning ko'tarilishi orqali; ikkinchi marta esa qishloq xo'jaligi uchun
subsidiyalarni qoplash uchun to'lanadigan soliq orqali. Shuningdek, tarif va kvotalar qishloq
xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash orqali oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi
korxonalarga bilvosita ta'sir ko'rsatadi. Masalan, 2007-yilda Frantsiyada YQXS ishlab
chiqarish sohasi hajmini 1,5 foizga qisqartirdi, shu bilan birga yirik xizmat ko'rsatish
sohasidagi ish kuchi va kapitalning atigi 0,1 foizi YQXSdan manfaatdor sohalarga jalb etildi.
YQXSning bekor qilinishi kapital (yer va asbob-uskunalar) narxini pasaytirib, YQXSdan
manfaatdor bo'lmagan dehqon xo'jaliklariga foyda keltiradi. Buning ustiga, YQXS ekin yerlari
uchun boshqa qishloq xo'jalik faoliyatlari bilan bevosita raqobatdosh bo'lgan o'rmonchilik
sektori hajmini ham qisqartiradi. (Frantsiyada YQXS natijasida o'rmonchilikka mo'ljallangan
yer maydoni 3,6 foizga qisqardi). Shuningdek, YI a'zosi bo'lmagan mamlakatlar tarif va
kvotalar sababli YI bozorida kamroq miqdorda qishloq xo'jalik mahsulotlari sotadilar. Bu esa
ularning YI eksport qilgan tovarlarni sotib olish qobiliyatlarini kamaytirib, ushbu sektorlardagi
bandlik darajasini pasaytiradi.
Agar YQXS kabi savdo cheklovlarining ikkilamchi ta'sirlari hisobga olinsa, natijada
YIda bandlik darajasi va jami ishlab chiqarish hajmining oshishini kutishga asos yo'q. Imtioyz
berilgan sohalarda ish o'rinlari soni ko'payishi, boshqa sohalarda esa bandlik darajasi pasayishi
mumkin. Savdo cheklovlari ish o'rinlari sonini oshirmaydi, balki boshqa sohalarga qayta
taqsimlaydi. Biroq, ikkilamchi ta'sirlarni e'tiborga olmaganlar buni anglab yetmaydilar.
Ikkilamchi ta'sirlar faqat siyosiy qarorlar bilan bog'liq muammo emas. Ular aholi uchun


65
ham kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin. G'arbiy Virjiniyadagi birinchi sinf
o'qituvchisining yaqinda boshidan kechirgan tajribasi bunga yaqqol misoldir. O'quvchilari
doimo qalamlarini yo'qotib qo'yganliklari sababli, u agar har bir qalamdan qolgan qoldiqqa 10
tsentdan to'lasam, o'quvchilar rag'batga javoban qalamni to to'liq ishlatib bo'lguncha
yo'qotmaslikka harakat qiladilar, degan qarorga keladi. Afsuski, ko'p o'tmay o'quvchilar qalam
ochadigan asbob oldida uzun navbatga turib, qalamni tagigacha shunchalik tez charxlab
tashlashdiki, u arang ular uchun to'lashga ulgurardi. Kutilmagan oqibatlarga diqqat-e'tiborli
bo'lish kerak!

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling