James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- ELEMENT 1.11 Bozor narxlarining «korinmas qoli» xaridorlar va sotuvchilarni umumiy farovonlikka eltuvchi fayloiyatga yollaydi.
— Adam Smit (1776)
Video: Ko'rinmas qo'l va steyk Shaxsiy manfaat kuchli motivatordir. Adam Smit uzoq o'tmishda aytib o'tganidek, agar o'z manfaatini ko'zlovchi shaxslar ko'rinmas qo'l (?) tomonidan boshqarilsa, ularda jamiyat yoki mamlakat umumiy farovonligiga ko'maklashuvchi faoliyatni tanlashlari uchun kuchli rag'bat paydo bo'ladi. Adam Smit aytib o'tgan «ko'rinmas qo'l» narx tizimidan iboratdir. Inson «faqat o'z foydasini ko'zlaydi», lekin bozor narxlarining ko'rinmas qo'li uni boshqalarning maqsadlariga erishish tomon yo'naltirib, farovonlikning oshishiga olib keladi. Ko'p odamlar uchun «ko'rinmas qo'l» printsipini tushunish qiyin. Tartibli natijalarga faqat kimningdir nazorati ostida yoki markazlashgan hokimiyat ko'rsatmalari orqali erishish ELEMENT 1.11 Bozor narxlarining «ko'rinmas qo'li» xaridorlar va sotuvchilarni umumiy farovonlikka eltuvchi fayloiyatga yo'llaydi. 58 mumkin degan tushuncha keng tarqalgan. Biroq, shaxsiy manfaatni ko'zlash tartibli jamiyatga olib kelib, unda talablar markazlashgan rejalashtirishsiz ham muntazam ravishda qoniqtirib borilishini Adam Smit ta'kidlab o'tgan. Bunday tartibning yuzaga kelishisga sabab, xususiy mulk va erkin ayirboshlash sharoitlarida bozor narxlari shaxsiy manfaatlarni ko'zlovchi inson faoliyatini muvofiqlashtiradi. Ma'lum tovar yoki xizmatning joriy bozor narxlari xaridorlar va sotuvchilarni o'z faoliyatlarini boshqalarning faoliyatlari va istaklari bilan muvofiqlashtirishlari uchun eng kerakli joriy ma'lumotlar bilan ta'minlaydi. Bozor narxlari millionlab iste'molchilar, ishlab chiqaruvchilar va resurs ta'minotchilarining tanlovlarini aks ettiradi. Ular iste'molchilarning istaklari, mahsulot tannarxi hamda vaqt, manzil va boshqa vaziyatlar bo'yicha ma'lumotlarni aks ettiradi. Har qanday katta bozordagi ma'lumotlar yagona shaxs yoki markazlashgan rejalashtirish tashkiloti tushunishi mumkin bo'lgan doiradan tashqariga chiqadi. Siz mahallangizdagi supermarketlarda sut, non, sabzavot va boshqa mahsulotlar aynan kerakli miqdorda, ya'ni sotib olish uchun deyarli doimo yetarli darajada, lekin hech qachon aynib qoladigan yoki isrof bo'ladigan miqdorda bo'lmasligi sabablari to'g'risida hech o'ylab ko'rganmisiz? Qanday qilib dunyoning turli chekkalarida ishlab chiqarilgan xolodilniklar, avtomobillar va sensorli ekranli planshetlar mahalliy do'koningizda iste'molchilar istagan miqdorda mavjud? Bularni amalga oshirish uchun korxonalarda biror texnik qo'llanma bormi? Albatta, bunday qo'llanmaning o'zi yo'q. Javob bozor narxlarining ko'rinmas qo'lida. U o'z manfaatlari yo'lida harakat qiluvchi odamlarni boshqalar bilan hamkorlik qilishga chaqirib, ularning harakatlarini narx signallari orqali bir-biri bilan muvofiqlashtiradi. Bu jarayon 1.6- elementda batafsil tasvirlangan. 1974-yilning Nobel mukofoti sovrindori Fredrik Hayek bozor tizimini «mo'jiza» deb ta'riflagan, chunki faqat yagona ko'rsatkich, mahsulotning bozor narxi o'zida shunchalik ko'p ma'lumotlarni aks ettiradiki, u xaridor va sotuvchilarni o'z talablarini qondirishga ko'maklashuvchi qarorlar qabul qilishga yo'naltiradi (9) . Mahsulotning bozor narxi dunyodagi odamlarning, garchi ular bir-birlarining faoliyatidan bexabar bo'lsalarda, minglab, hattoki millionlab qarorlarini aks ettiradi. Har bir mahsulot yoki xizmat uchun bozor xuddi ulkan kompyuter tarmog'idek faoliyat ko'rsatib, u barcha ishtirokchilarni ham kerakli ma'lumotlar bilan, ham shu asosda harakat qilish uchun rag'bat bilan ta'minlovchi ko'rsatkichni yaratadi. Hech bir shaxs yoki markazlashgan rejalashtirish tashkiloti millionlab iste'molchilar 59 hamda minglab turli xil mahsulot va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarning faoliyatlarini bozorlar kabi muvofiqlashtirish uchun kerakli ma'lumotlarni ola olmaydi yoki uni tahlil qila olmaydi. Undan tashqari, bozor narxlari bu ma'lumotlarni sof shaklda o'z ichiga oladi. Ular ishlab chiqaruvchilar va resurs ta'minotchilarini iste'molchilar eng qadrlagan mahsulotlarni (mahsulot tannarxiga nisbatan) ishlab chiqarishga yo'naltiradi. Hech kim dehqonni olma yetishtirishga majburlashi yoki qurilish korxonasiga uy qurishni aytishi yoki mebel ishlab chiqaruvchini stul yasashga ko'ndirishi shart bo'lmaydi. Agar mahsulotlarning narxlari iste'molchilar shu mahsulotlarni ishlab chiqarish xarajatlaridan balandroq baholashini aks ettirsa, unda foydani ko'zlovchi ishlab chiqaruvchilar ularni ishlab chiqaradilar. Shu bilan bir qatorda, hech kim ishlab chiqaruvchilarga ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yo'llarini izlab topishni va undan foydalanishni eslatishi shart bo'lmaydi. Bozor narxlarining ko'rinmas qo'li orqali boshqarilgan shaxsiy manfaatlar ishlab chiqaruvchilarni resurslarning eng oqilona birikmasini va iqtisodiy samarali (?) ishlab chiqarish usullarini topishga rag'batlantiradi. Ishlab chiqarish xarajatlarining kamayishi ko'proq daromad olinishini ta'minlashi tufayli har bir ishlab chiqaruvchu xarajatlarni kamaytirishga va mahsulot sifatini oshirishga harakat qiladi. Aslini olganda, raqobat ularni shunday yo'l tutishga majburlaydi. Zamonaviy iqtisodiyotda bozor narxlarining ko'rinmas qo'li orqali shaxsiy manfaatlarning boshqarilishi va undan kelib chiqadigan hamkorlik haqiqatan ham hayratlanarlidir. Keyingi gal kechki ovqatga o'tirganingizda, uni yaratishda ishtirok etgan barcha odamlar to'g'risida bir o'ylab ko'ring-a. Na dehqon, na yuk mashinasi haydovchisi, na do'kon egasi siz mazali taomni eng arzon narxda olib, iste'mol qilishingiz to'g'risida g'amxo'rlik qilgani amri mahol. Biroq, bozor narxlari ularning maqsadini sizniki bilan uyg'unlashtirdi. Eng yaxshi mol yoki ko'rka go'shtini ishlab chiqargan fermerlar yuqoriroq daromad oladilar, yuk mashinasi haydovchilari va do'kondorlar mahsulotlarni muddatidan o'tkazmasdan yaxshi holatda iste'molchiga yetkazib berganlarida ko'proq daromad oladilar va hokazo. Bu jarayonda ularning barchasi xarajatlarni kamaytirish usullaridan foydalanadilar. Mubolag'asiz, biz ko'pchiligini hayotda uchratishimiz ehtimoli bo'lmagan o'n minglab odamlar o'zimiz mustaqil ishlab chiqarishimiz mumkin bo'lgan miqdorga nisbatan ancha ko'p miqdorda mahsulot iste'mol qilishimizga o'z hissalarini qo'shadilar. Bundan tashqari, ko'rinmas qo'l shunchalik sezilarsiz va avtomatik ravishda ishlaydiki, biz tartib, hamkorlik hamda keng turdagi tovar va 60 xizmatlarning mavjudligini odatdagidek qabul qilamiz. Garchi yetarlicha e'tibor berilmasada, shaxsiy manfaat va ko'rinmas qo'l birgalikda iqtisodiy taraqqiyotning qudratli kuchi hisoblanadi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling