James d. Gwartney


Video: «Odamlardan yiroqda» kinofilmida iqtisodiyot


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
«Odamlardan yiroqda» kinofilmida iqtisodiyot
Investitsiya va texnologik rivojlanish o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. Ular foyda umidida
tavakkal qiluvchi odamlar va tadbirkorlarning faoliyatlarini aks ettiradi. Keyingi innovatsion
kashfiyot nima bo'lishini yoki qaysi ishlab chiqarish usullari xarajatlarni kamaytirishini hech
kim oldindan bilmaydi. Undan tashqari, tadbirkorlar ko'pincha kutilmagan joylarda paydo
bo'ladilar. Demak, iqtisodiy taraqqiyot turli odamlar o'z g'oyalarining foydaliligini amalda
sinab ko'rishlariga, shuningdek, resurslarning samarasiz sarflanishini oldini olishga
ko'maklashuvchi tizimga bog'liq.
Video:
Iqtisodiy o'sish jumbog'i
Bunday taraqqiyotning amalga oshishi va odamlarning innovatision g'oyalarini sinab
ko'rishlari uchun bozorlar ochiq bo'lishi kerak. Yangi mahsulot yoki texnologiya yaratgan
tadbirkor o'z loyihasini moliyalashtirishi uchun yetarlicha investorlar yordamini qo'lga kiritishi
kerak bo'ladi. Biroq, tadbirkorlar va investorlar o'z resurslaridan samarali foydalanishlari
uchun raqobat
(?)
zarur bo'ladi: ularning g'oyalari amalda iste'molchilar «sinoviga» dosh
berishi kerak, chunki mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqarish tannarxidan balandroq narxda
sotib olishni iste'molchilar hal qiladi. Bunday sharoitlarda iste'molchi hal qiluvchi hakamdir.
Agar ular innovatsion mahsulot yoki xizmatni tannarxidan balandroq miqdorda baholamasalar,
bunday mahsulot yoki xizmat bozorda o'rin egallay olmaydi. Davlatning vazifasi
mahsulotlarning qaysi biriga imtiyoz berish emas, balki yangi va yaxshiroq mahsulotlarga
raqobat imkoniyatini yaratishdan iborat.


57
«Ko'rinmas qo'lning» ahamiyati
Har bir shaxs o'zi qo'li ostidagi kapitalni qanday qilib eng samarali faoliyatga
yo'naltirish ustida tinmay izlanadi. Haqiqatan ham, bunda shaxs jamiyatning
emas, balki o'z manfaatini ko'zlaydi. Lekin o'z manfaatini izlash uni tabiiy yoki
muqarrar ravishda jamiyat uchun eng foydali faoliyatni tanlashga olib keladi.
U faqat o'z manfaatini ko'zlaydi va bunda uni ko'plab boshqa holatlardagi kabi
ko'rinmas qo'l pirovard maqsadga yo'naltiradi, garchi bu uning niyatiga
kirmagan bo'lsa ham
(8)
.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling