James d. Gwartney


ELEMENT 1.9 Faqat ish o'rinlari emas, balki odamlar qadrlaydigan tovar va xizmatlarni yaratish yuqori


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

ELEMENT 1.9
Faqat ish o'rinlari emas, balki odamlar qadrlaydigan tovar va xizmatlarni yaratish yuqori
hayot standartlarining manbai hisoblanadi.


49
«Qishloq xo'jaligini tartibga solish» to'g'risidagi (Agricultural Adjustment Act — AAA)
qonunni qabul qildi. Shu «Yangi kelishuv» doirasida paxta, makkajo'xori, bug'doy va boshqa
ekinlarning bir qismini yerga ko'mib tashlash uchun federal hukumat dehqonlarga
kompensatsiya to'lovlari to'lagan. Kartoshka yetishtiruvchi dehqonlarga kartoshkani bo'yoq
sepish orqali iste'molga yaroqsiz holatga keltirish uchun haq to'langan. Sog'lom chorva
mollari, qo'y va cho'chqalar bozorga keltirilishining oldini olish uchun ular so'yilib, ommaviy
ko'mib yuborilgan. 1933-yilning o'zida AAA qonuni doirasida olti million cho'chqa bolalari
o'ldirilgan. 1936-yilda Oliy Sud bu qonunni konstitutsiyaga zid deb topdi, lekin bungacha
qonun Amerika iste'molchilarini millionlab qimmatli qishloq xo'jaligi mahsulotlaridan mahrum
qilishga ulgurdi. Undan tashqari, qonunning o'zgartirilgan shakllari doirasida Qo'shma
Shtatlari hukumati hozirgi davrda ham turli dehqonlarga ishlab chiqarishni cheklash uchun
kompensatsiya to'lab kelmoqda. Garchi ushbu dasturlardan manfaatdorlarning siyosiy talablari
tushunarli bo'lsada, bunday dasturlar qimmatli resurslarni yo'q qilib, mamlakatni
kambag'allashtiradi.
Qo'shma Shtatlari siyosiy bosim ostida soliq to'lovchilar va iste'molchilar hisobiga
dehqonlarni «qo'llab-quvvatlovchi» yagona mamlakat emas. Evropa Ittifoqining (YI) «Yagona
qishloq xo'jalik siyosati» YI buydjetining eng katta va eng munozarali qismlaridan biridir.
Video:
Oltin dalalar: Evropada qishloq xo'jaligi uchun ajratiladigan
subsidiyalarga bir nazar
Qishloq xo'jaligi bunga misol boladigan yagona sanoat emas. Qo'shma Shtatlarining
2009-yildagi «Xarob avtomobillar uchun naqd pul» dasturi siyosatchilarning ishlab chiqarish
aktivlarini (usbu misolda, eski avtomobillarni) vayron qilish evaziga farovonlik darajasini
oshirishga urinishlariga yana bir misol bo'ladi. «Xarob avtomobillar uchun naqd pul» dasturi
doirasida avtodilerlarga yangi avtomobil hisobiga almashtirilgan eski avtomobillarni yo'q
qilishlari uchun 3500 dan 4500 dollargacha miqdorda mablag' to'langan. Avtomobil
qismlaridan kelajakda qayta foydalanilishga yo'l qo'ymaslik uchun avtodilerlardan avtomobil


50
motorini natriy silikat eritmasi bilan barbod qilish, keyin pachaqlash, undan keyin tashlandiq
buyumlar poligoniga jo'natish talab qilingan. Dastur tarafdorlari bu odamlarni yangi
avtomobillar sotib olishga undash orqali iqtisodiy tiklanishga ko'maklashadi degan fikrni
bildirishdi. Yangi avtomobillar eskilariga nisbatan qimmatroq turadi. Biroq, eski
avtomobillarning taklifi kamaygani sababli ularning ham narxi ko'tarildi. Natijada,
iste'molchilarning (eski yoki yangi) avtomobil olish uchun xarajatlari oshib, boshqa
mahsulotlar olish uchun mavjud mablag'lari miqdori kamaydi. Shunday qilib, jami talab
miqdorini oshirishga qaratilgan «Xarob avtomobillar uchun naqd pul» dasturi muvaffaqiyatsiz
yakunlandi. Amalda, soliq to'lovchilar hisobidan yangi avtomobil xaridini ko'paytirish uchun 3
milliard dollar subsidiya ajratilgan. Ayni damda, jami qiymati 2 milliard dollarga yaqin 700
ming eski avtomobillar yo'q qilingan. Yangi mashina sotib olish imkoniyatiga ega bo'lgan
shaxslar xarid uchun subsidiya oldilar, faqat eski mashina sotib olishga qurbi yetadigan
kambag'alroq aholi esa zarar ko'rdi. Dasturning amal qilish muddati tugashi bilan yangi
mashinalar savdosi keskin kamaydi. Germaniya eski avtomobillarni yo'q qilish bo'yicha o'z
dasturini ishlab chiqdi va u soliq to'lovchilarga kamida 7 milliard dollarga tushgan. Bu miqdor
Qo'shma Shtatlari dasturiga nisbatan kamida ikki barovarga ko'pdir.
Ko'pgina Sharqiy Evropa mamlakatlarida ham, jumladan Rossiya va Slovakiyada,
shunga o'xshash dasturlar amal qilgan. Ruminiyada «Rabla» (talofot ko'rgan mashina) dasturi
doirasida kamida sakkiz yil avval chiqarilgan 525 mingdan ortiq avtomobillar 1500
yevrogacha miqdordagi vaucherlarga almashtirilib, foydalanishdan olingan. Dastur 2005–
2015-yillarda amal qilgan bo'lib, bunda har bir kishi yangi avtomobil vaucheri uchun
uchtagacha eski avtomobil topshirishi mumkin edi.
Agar eski avtomobillarni vayron qilish yaxshi fikr bo'lsa, balki avtomobil egalaridan o'z
avtomobillarini har yili vayron qilishni talab qilish kerakdir. Bu yangi avtomobillar savdosini
qanchaga oshirishini bir o'ylab ko'ring. Bularning barchasi iqtisodiy jihatdan nooqilona
dasturlardir. Ehtimol, ayrim ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari taqchilligini oshirish orqali
ularga yordam berish mumkindir, lekin iste'mol qiymatiga ega bozori chaqqon tovarlarni yo'q
qilish orqali aholi farovonligini oshirib bo'lmaydi.
Turli tovarlarning muqobil qiymatini oshirishga qaratilgan davlat tadbirlari
mahsulotlarni vayron qilishning takomillashgan shaklidir. Jahon bo'lylab mamlakatlar


51
baliqchilik sohasiga yiliga 30 milliard dollar subsidiya ajratadilar. Ushbu subsidiyalarning 60
foizi barqaror bo'lmagan, zararli yoki noqonuniy faoliyatga bevosita ko'maklashadi. Buning
oqibatida bozor muvozanatining buzilishi dunyo baliqchiligi sohasida xo'jasizlik surunkali tus
olishiga asosiy sabab bo'ldi. Natijada, Jahon bankining hisobi bo'yicha 2012-yilda dunyo
iqtisodiyoti 83 milliard dollar zarar ko'rdi. Undan tashqari, dunyo bo'yicha baliqchilik uchun
ajratiladigan subsidiyalarning 70 foizi rivojlangan mamlakatlar (xususan, Yaponiya, Qo'shma
Shtatlari, Frantsiya va Ispaniya) hamda Xitoy va Janubiy Koreya hissasiga to'g'ri keladi.
Bunday transfert to'lovlari baliqchilikka qaram minglab aholi jamoalarini subsidiya berilgan
raqobatchilar bilan raqobat qilishlarini qiyinlashtiradi. Boshqa chekka mamlakatlardan kelgan
sanoat kemalari ularning okean zaxiralarini kamaytirishi natijasida millionlab odamlarning
oziq-ovqat havfsizligi tahdid ostida qoladi. Bu, ayniqsa, baliqchilik hayotiy muhim
hisoblangan G'arbiy Afrikadagi mahalliy aholiga katta salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. 1990-
yillardan boshlab, asosan YI va Xitoyga tegishli chet el kemalari Afrika qirg'oqlarida sanoat
miqyosida baliq ovlashi natijasida mahalliy baliqchilarning tirikchilik qilishi yoki oilalarini
boqishi uchun imkoniyat qolmadi.
Siyosatchilar va davlat xarajatlarini oshirish tarafdorlari davlat dasturlari yangi ish
o'rinlari yaratganligi bilan maqtanadilar va bunday dasturlarning manfaatlarini bo'rttirib
ko'rsatadilar. Shu sababli iqtisodiy savodxonlikni oshirish o'ta muhimdir. Garchi bandlikdan
tez-tez boylik yaratish vositasi sifatida foydalanilsada, iqtisodiy farovonlikni shunchaki ish
o'rinlari emas, balki odamlar uchun qimmatli tovar va xizmatlarni yaratuvchi ish o'rinlari
oshirishini yodda tutishimiz lozim. Agar shu oddiy haqiqat unutilsa, odamlar boylikni
yaratuvchi emas, balki uni kamaytiruvchi loyihalarni qo'llab-quvvatlashga tez-tez
chalg'itilishlari mumkin.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling