James d. Gwartney
ELEMENT 1.8 Odamlar boshqalar uchun qadrli mahsulotlarni ta'minlash orqali daromad topadilar
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
ELEMENT 1.8
Odamlar boshqalar uchun qadrli mahsulotlarni ta'minlash orqali daromad topadilar. 46 nimani xohlashiga qattiq e'tibor berishga harakat qiladilar. Hattoki dunyoni yaxshi tomonga o'zgartirishni istagan odamlarga ham bu maqsadga erishish uchun ta'lim va malakani oshirish to'g'risida ma'lumot kerak bo'ladi. Bu ma'lumotlar asosan turli kasblarning daromad topish imkoniyatlarida o'z aksini topadi. Ba'zilar yuqori daromadli odamlar boshqalarni ekspluatatsiya qiladi deb o'ylaydilar. Biroq, yaxshi amal qiladigan bozor sharoitida yuqori daromad oluvchi shaxslar bunga boshqalar uchun qadrli va sotib olishga tayyor bo'lgan narsalarni yetkazib berish orqali erishadilar. Google xizmatlari «Yahoo!» yoki «Ask Jeeves» xizmatlariga nisbatan foydalanuvchilar ehtiyojini yaxshiroq qoniqtirganligi sababli, Larri Peyj va Sergey Brinlar milliarderga aylanganlar. Mashhur ashulachilar bunga yana bir misol. Beyonse va Teylor Svift juda katta daromad topadilar, chunki millionlab odamlarga ularning musiqasi yoqadi. Jamiyatning vazifasi yaxshi o'yinchilarning katta yutuqlarga erishishiga to'sqinlik qilish emas, balki o'yin «qoidalari» odilona ekanligini ta'minlashdan iborat. Chaqqon tadbirkorlar vaqti kelib eskiradigan, lekin o'rnini almashtirish qiyin bo'lgan texnologiyalarga investitsiya qilganda muammolar kelib chiqadi. Bunday holat katta siyosiy munozalarni keltirib chiqarib, ko'pincha oqilona iqtisodiy tahlilni emas, balki siyosiy qarashlarni aks ettiradi. Juda muvaffaqiyatli tadbirkorlar bunga millionlab iste'molchilarni jalb qiluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali erishganlar. Walmart do'konlari asoschisi marhum Sem Uolton Qo'shma Shtatlarining eng badavlat odamlaridan biriga aylandi, chunki u katta zaxiralardan samarali foydalanish va taniqli brend mollarini kichik Amerika shaharlarida chegirma narxlarda sotish yo'lini izlab topdi. Microsoft asoschilari Bil Geyts va Pol Allen shaxsiy kompyuterlar samaradorligini va texnik uyg'unligini keskin oshiruvchi bir qator mahsulotlarni yaratib, milliarderga aylandilar. Uolton, Geyts yoki Allenning nomini hech qachon eshitmagan millionlab iste'molchilarga ularning iste'dodlari va mahsulotlari foyda keltirdi. Ular juda ko'p odamlarga ko'maklashganliklari tufayli ko'p pul ishlab topdilar. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling