James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Video:
Ko'rinmas qo'l 61 Kutilmagan oqibatlari muammolarni keltirib chiqaradi 1946-yilda taniqli iqtisodchi jurnalist Genri Hezlitt «Bir darslik iqtisodiyot» deb nomlangan kitob yozgan. Frederik Bastianing 1850-yildagi maqolasi (bu 1.9-elementda ta'riflangan) asosida bitilgan ushbu iqtisodiyot darsligi iqtisodiyot sohasidagi eng ommabop risola bo'lsa kerak. Bastianing do'kon deraza oynasini koptok otib sindirgan yosh bola to'g'risidagi hikoyasini eslaylik. Oqibatda do'kon egasi derazani ta'mirlash uchun oyna soluvchi ustani yollaydi. Oyna soluvchi ustaning ish bilan ta'minlanganini ko'rib, ba'zi kuzatuvchilar oyna singani bu yaxshi voqea, chunki u oyna soluvchi usta uchun ish yaratdi deb da'vo qiladilar. Lekin, Hezlitt ta'kidlaganidek, bunday fikrlash noto'g'ri, chunki u ikkilamchi ta'sirlarni inobatga olmaydi. Agar do'kon egasi pulni deraza ta'mirlashga sarflamaganda edi, u pulni boshqa maqsadlarga, masalan, bir juft poyabzalga, yangi kiyimga yoki shunga o'xshash narsalarga sarflashi mumkin edi. Agar oyna sinmaganda edi, ushbu boshqa ishlab chiqarish sohalarida bandlik darajasi yuqoriroq bo'lib, jamiyat ham butun oynaga, ham do'kon egasi sotib olgan buyumlarga ega bo'lgan bo'lar edi. Ikkilamchi ta'sirlar inobatga olinsa, toshqinlar, bo'ronlar va noto'g'ri davlat siyosati natijasidagi halokatlar jamiyatga zarar keltirishi va sof bandlik darajasini oshirmasligi yaqqol ko'rinadi. Halokatlardan tiklanish ish o'rinlari yaratadi va bu iqtisodiyot uchun foydali degan nuqtai nazar hozirda «singan deraza anglashilmovchiligi» deb ataladi. Falokatlarni tuzatish uchun ishlatilgan resurslar jamiyatning boshqa qadrli tovar va xizmatlar ishlab chiqarish qobiliyatini kamaytiradi. Ushbu yanglish tushunchaga oid bir necha misollar uchun 1.9-elementga murojaat qiling. Hezlittning yagona sabog'iga ko'ra, inson iqtisodiy rejani tahlil qilganda: Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling