James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
ELEMENT 1.10
Savdo, investitsiya, samaradorlik va sog'lom iqtisodiy institutlar iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omillaridir. 55 investitsiyalar bir-biriga bog'liq. Ishchilar zamonaviy asbob-uskunalar yordamida ko'proq ishlab chiqara oladilar. Daraxt kesuvchi oddiy arradan ko'ra motorli arra bilan ko'poq daraxt kesib tayyorlaydi. Shu kabi, transport ishchisi eshak-aravadan ko'ra yuk mashinada ko'proq yuk tashiydi. Ikkinchidan, texnologiyani takomillashtirish (yangi buyumlar va kam chiqimli ishlab chiqarish usullarini kashf etishga aql-idrokni ishlatish) iqtisodiy taraqqiyotni rag'batlantiradi. 1750-yildan so'ng bug' dvigateli, undan so'ng ichki yonish dvigateli, elektr energiyasi va yadroviy energiya asosiy energiya manbai bo'lgan inson va hayvon kuchi o'rnini bosdi. Avtomobillar, avtobuslar, poezdlar va samolyotlar asosiy transport vositasi sifatida ot-arava (va piyoda yurish) o'rnini bosdi. Texnologik taraqqiyot hayot tarzimizni o'zgartirishda davom etyapti. Shaxsiy kompyuterlar, mikroto'lqinli pechlar, uyali telefonlar, davomli televizion dasturlar, yurak operatsiyalari, tos suyagini almashtirish operatsiyalari, avtomobil konditsionerlari, hattoki garaj eshigini ochgichlarning ta'siri to'g'risida bir o'ylab ko'ring. Oxirgi ellik yil ichida ushbu mahsulotlarning yaratilishi va hayotga tatbiq etilishi bizning ishlash, o'ynash va ko'ngil ochish tarzimizni keskin o'zgartirib yubordi. Ular farovonligimizni oshirdi. Uchinchidan, iqtisodiy tashkil etishning yahshilanishi o'sishni rag'batlantirishi mumkin. Iqtisodiy tashkil etish deganda biz inson faoliyatini tashkil etish yo'llarini va ularni boshqaradigan qoidalarni nazarda tutamiz. Ko'pincha bu omillar e'tibordan chetda qoladi. Kishi savdo bilan shug'ullanishi yoki korxona ochishi qanchalik oson? Mamlakat huquqiy tizimi aholining savdo, investitsiya va iqtisodiy hamkorlik darajasini belgilashda muhim rol o'ynaydi. Fuqarolar va ularning mulklarini himoya qilishga, shartnomalar ijrosi xolisligini ta'minlashga va munozaralarni hal qilishga qaratilgan huquqiy tizim iqtisodiy taraqqiyotning muhim qismidir. Uning yo'qligi investitsiya yetishmovchiligiga, savdoning bo'g'ilishiga va innovatsion g'oyalarning yaratilishida qiyinchiliklarga olib keladi. Ushbu kitobning ikkinchi qismida huquqiy tizimning ahamiyati va iqtisodiyotni tartibga solishning boshqa elementlari batafsil ko'rib chiqiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling