James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
O'qish uchun:
Duayt Li. «Ish o'rinlari yoki boylik yaratish» 54 Taraqqiyotning bir necha manbasi mavjud Boshlang'ich iqtisodiyot kursining birinchi kuni biz ko'pincha talabalarga bugungi kunda Qo'shma Shatlari kabi rivojlangan mamlakatlardagi ishchilar 1750-yilga nisbatan kishi boshiga 30 barobar ko'p daromad olishlari to'g'risida aytib beramiz. Keyin quyidagi savol bilan ularning fikrini so'raymiz: «Nima sababdan ishchilar hozirgi davrda ikki yarim asr avvalga nisbatan unumdorliroq?» Shu savolga javobingizni o'ylab ko'ringchi. Odatda talabalarimiz uchta narsani ta'kidlashadilar. Birinchidan, zamonaviy ilm-fan va texnologik qobiliyat 1750-yillardagiga nisbatan aql-bovar qilmas darajada o'zib ketgan. Ikkinchidan, bizda mukammal asbob-uskunalar, zavodlar, sifatli yo'llar va rivojlangan kommunikatsiya tizimi mavjud. Nihoyatda, 1750-yilda aholi iste'mol qiladigan mahsulotlarining aksariyatini o'zlari ishlab chiqarganlar. Hozirgi kunda esa biz odatda mahsulotlarni boshqalardan sotib olamiz. Umuman olganda, talabalar iqtisodiyot to'g'risida kam tushunchaga ega bo'lsalarda, to'g'ri javob beradilar. Ular texnologiya, kapital (ishlab chiqarish aktivlari) va savdoning ahamiyatini tushunadilar. Ularning javoblari iqtisodiyot bu «mantiqiy fan» degan qarashimizni mustahkamlaydi. Biz savdo manfaatlari va tranzaksion xarajatlarni qisqartirish iqtisodiy taraqqiyot omillari ekanligi to'g'risida oldin ta'kidlab o'tdik. Iqtisodiy tahlil iqtisodiy o'sishning (?) yana uch omilini belgilaydi. Bular inson kapitali va ishlab chiqarish aktivlariga investitsiyalar, texnologiyani takomillashtirish hamda iqtisodni tashkillashtirishni yaxshilashdan iborat. Birinchidan, jismoniy kapital (?) (masalan, asbob-uskunalar va binolar) va inson kapitaliga (?) (ta'lim, ko'nikmalar, malaka oshirish va ishchilarning tajriba darajasi) qilingan investitsiyalar tovar va xizmatlar ishlab chiqarish qobiliyatimizni oshiradi. Bu ikki turdagi Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling