James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
ketidan quvish
(?) deb ataladi va u odatda davlat boshqaruvi natijasida vujudga keladi. Video: Ezgu niyatlarning xavfi Uchinchidan, narx nazoratini o'rnatish savdoni ham bo'g'adi. Davlat gohida narxlarni bozor darajasidagidan yuqori qilib o'rnatadi. Misol uchun, ba'zi davlatlar turli qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari uchun o'rnatilgan minimum narxda haq to'lashni talab qiladi. Xaridorlar o'rnatilgan yuqoriroq narxda aksinchasiga nisbatan kamroq miqdor sotib oladilar. Ba'zi davlatalar narxlarni bozor darajasidan past qilib o'rnatishlari ham mumkin. Bunga ijara to'lovi nazorati va elektr energiyasi tariflari misol bo'ladi. Ishlab chiqarish va sotish hajmi nuqtai nazaridan narxlarni nazorat qilish narxlarning ko'tarilishiga yoki pasayishiga olib kelishining farqi yo'q. Har ikkala holatda ham savdo hajmi, ishlab chiqarish va ayirboshlashdan manfaat kamayadi. Ehtimol, eng kam ish haqi (?) darajasi dunyoda eng keng tarqalgan narx nazorati turi hisoblanadi. Eng kam ish haqi narxning quyi darajasini (?) belgilaydi va ba'zi ishchilarning (va ishlarning) soatlik ish haqini bozor darajasidan yuqoriroqqa ko'taradi. Hozirda bu Shimoliy Makedoniyada va ko'plab boshqa Yevropa mamlakatlarida qizg'in mavzu hisoblanadi. Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlarida 2017-yilda yillik o'rtacha eng kam ish haqi (narxlar darajasidagi tafovutlarni hisobga olganda) Latviyadagi 7 900 dollardan to Niderlandiyadagi 22 600 91 dollargacha bo'lgan. Iqtisodiyotning asosiy postulati eng kam ish haqining oshishi past malakali ishchilar bandligini kamayishiga olib kelishini izohlaydi. Bandlikning kamayish darajasi ba'zi munozaralardan xolis bo'lmasada, empirik dalillarga asosan, eng kam ish haqining har 10 foizlik oshishi bandlik darajasini 1-2 foizga kamaytiradi. Ish haqining oshish darajasi bandlik darajasining kamayishidan ancha kattaligi sababli, eng kam ish haqining oshishi past malakali ishchilarning jami daromadlarini deyarli har doim oshiradi. Eng kam ish haqini oshirish tarafdorlari jami daromadlarning bandlikning nisbatan kichik qisqarishlari hisobiga oshishini arzigulik ish deb ishonadilar. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling