James d. Gwartney
Video: Eng kam ish haqi halokati
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Video:
Eng kam ish haqi halokati Eng kam ish haqini oshirishning ko'plab tarafdorlari bu qashshoqlik (?) darajasini ham pasaytiradi deb ishonadilar. Bir qarashda bu haqiqatdek ko'rinadi, lekin ma'lumotlarning tahlili buning shubhali ekanligidan dalolat beradi. Buning bir necha muhim sabablari mavjud. Ma'lumotlarni Qo'shma Shtatlari misolida ko'rib chiqaylik. Eng kam ish haqi oluvchi ishchilarning asosiy qismi, ya'ni 80 foizi daromadi qashshoqlik darajasidan yuqori bo'lgan uy xo'jaligi (?) a'zolaridir; uchdan bir qismi esa o'rtacha daromadli oilalarda yashaydilar. Eng kam ish haqi oluvchilarning yarmi 16 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan ishchilardan iborat va ularning asosiy qismi to'liqsiz ish kuni rejasida ishlaydi. Eng kam ish haqi oluvchilarning faqat har yettitasidan biri (deyarli 15%) bir va undan ko'p bolali oilalarning asosiy boquvchisi hisoblanadi. Demak, eng kam ish haqi oluvchi o'rtacha ishchi daromadi qashshoqlik darajasidan yuqori bo'lgan oilada yashovchi bo'ydoq, yosh, to'liqsiz ish kuni rejasidagi past malakali ishchidir. Ikkinchidan, eng kam ish haqini oshirish kutilmagan oqibatlarga olib keladi. Ish beruvchilar ish haqini oshirish bilan bog'liq xarajatlarni nazorat qilish (yoki zararni qoplash) bo'yicha choralar ko'radilar. Bular ish soatlarini qisqartirish, malaka oshirish imkoniyatlarini cheklash, noqulay ish jadvali va qo'shimcha imtiyozlarni kamaytirish kabilarni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, eng kam ish haqi oluvchi ishchilarning ko'pchiligi eng kam 92 ish haqi oshirilishi ta'sir qilgan mahsulotlarning iste'molchilari hamdir. Bu ishchilar va pensionerlar kabi boshqa kam daromadli iste'molchilar tez tayyorlanadigan ovqatlardek tovarlarni qimmatroq narxlarda sotib olishlariga to'g'ri keladi. Demak, eng kam ish haqi oluvchi ishchilarning haqiqiy ish haqi eng kam ish haqi oshish sur'atidan kamroq miqdorga oshadi (26) . Nihoyat, Qo'shma Shtatlarida qashshoq oilalarning yarmidan ko'prog'ida hech kim ishlamaydi, shuning uchun eng kam ish haqi miqdorini oshirish ularga yordam bermaydi. Kam rivojlangan mamlakatlarda eng kam ish haqiga tegishli dalillar noaniq, lekin ular agar eng kam ish haqi yetarlicha baland bo'lsa, u katta miqdordagi ishchilarni daromadlar darajasi pastroq va juda o'zgaruvchan bo'lgan noqonuniy sektorga yo'naltirish evaziga qonuniy bozordagi ish haqini oshirishi mumkinligini namoyish etadi. Eng kam ish haqini oshirishning yosh past malakali ishchilarga ta'sirini qarab chiqqanda, uning qisqa va uzoq muddatli ta'sirlarini inobatga olish muhimdir. Ish tajribasi ishchilarda bo'lajak ish beruvchilar qadrlaydigan xususiyatlarni, jumladan o'ziga ishonch, kerakli ish odatlari, mahorat va yaxshi xulqni rivojlantirishga imkoniyat yaratadi. Bu imkoniyat, ayniqsa, o'rta maktabni tugatmagan va zaif bilim darajasiga ega shaxslar uchun juda muhim. Bu yoshlar ish beruvchilarga o'z qiymatlarini isbotlab, ish malakalarini oshirmaguncha, ularning ish pog'onasidan ko'tarilishi va kelajakdagi daromadlarini oshirishishi amri mahol. Ish tajribasi va malaka oshirish yuqori ma'lumotli shaxslar uchun muhimligi keng tan olingan. Misol uchun, universitet talabalari bo'lajak daromad topish imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida tajriba orttirish uchun ko'pincha davlat muassasalarida va notijorat tashkilotlarida to'lovsiz, ya'ni nolga teng ish haqi uchun amaliyot mashg'ulotlarini o'tadilar. Haqiqatan ham, Qo'shma Shtatlari Kongressi a'zolari universitet talabalariga to'lovsiz amaliyot o'tishni e'lon qilganlarida, ishning quyi bosqichlarida ish tajribasining afzalliklarini ta'kidlab o'tadilar. Shunga qaramay, ushbu siyosatchilarning ko'pi kam ta'minlangan yoshlarning ish topish istiqbollarini kengaytiradigan ish tajribasi va malaka oshirish imkoniyatlarini cheklovchi eng kam ish haqi darajasini qo'llab-quvvatlaydilar. Past malakali yoshlarga bo'lgan bu salbiy ta'sir iqtisodchilardan boshqa deyarli barchaning e'tiboridan chetda qolmoqda. Shunday bo'lsada, bu eng kam ish haqining muhim salbiy ikkilamchi ta'siri bo'lib, u, ayniqsa, kam ma'lumotli yoshlarning uzoq muddatli bandlik darajasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling