James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Substandart kreditlar () boyicha defolt va musodara qilish darajasi
qobiliyatsizligiga
(?) uchrashidan avvalgi o'n yillik davrda Fannie Mae va Freddie Mac banklar va boshqa ipoteka kreditorlari sotgan jami ipoteka kreditlarining 80 foizidan ko'prog'ini sotib oladi. Fannie Mae va Freddie Mac Kongressdan lobbi faoliyati orqali imtiyozlarga egalik 101 qilgan bir paytda, Kongress a'zolari ulardan siyosiy maqsadlarda ham foydalandilar, jumladan kam va o'rta daromadli qarz oluvchilarga uy-joy sotib olishlari uchun ipoteka kreditlari olishni osonlashtirishga erishdilar. Kongress ko'rsatmalariga javoban Uy-joy va shahar rivojlantirish departamenti 1996-yilgacha Fannie Mae va Freddie Mac moliyalashtirgan ipoteka kreditlarining 40 foizi kam daromadli uy xo'jaliklariga ajratilishi to'g'risida qaror qabul qildi. Bu raqam 2000-yilga kelib 50 foizga, 2008-yilga kelib esa 56 foizgacha oshdi. Bu qaror talablarini bajarish maqsadida Fannie Mae va Freddie Mac boshlang'ich to'lovi (?) kichik bo'lgan yoki umuman to'lovi bo'lmagan ipoteka kreditlarni ko'proq qabul qila boshladi. Ular substandart qarz oluvchilarga, ya'ni yomon kredit tarixiga ega qarz oluvchilarga beriladigan ipoteka kreditlarining ulushini ham keskin oshirib yubordilar. Ikkilamchi bozordagi hukmronligi sababli, ularning qarz berish amaliyoti ipoteka krediti beruvchilarning amaldagi qarz berish standartlariga jiddiy ta'sir ko'rsatdi. Yuqori riskli kreditlarni Fannie Mae va Freddie Macga o'tkazish mumkinligini tushunib yetgan kredit beruvchilar qarz oluvchilarning kredit qobiliyatini tekshirishga yoki kredit mablag'larini qaytarish ehtimoliga uncha ahamiyat bermadi. Fannie Mae va Freddie Macga ipoteka kreditini sotish orqali kredit riskini ham ularga o'tkazishadi, axir. 6-chizmadan ko'rinib turibdiki, substandart ipoteka kreditlarining (jumladan, to'liq hujjatlarsiz rasmiylashtirilgan kreditlar ham) jami yangi ajratilgan ipoteka kreditlaridagi ulushi 1994-yilda 4,5 foizdan 2000-yilda 13,2 foizga, 2006-yilda esa jami ajratilgan ipoteka kreditlaridagi ulushi 33,6 foizigacha ko'tarildi. Ushbu davr mobaynida qarz oluvchilardan kamida 20 foiz miqdorda boshlang'ich to'lov talab qilinadigan an'anaviy kreditlarning ulushi uchdan ikki qismdan to uchdan bir qismgacha kamaydi. Substandart kreditlar (?) bo'yicha defolt va musodara qilish darajasi (?) birinchi tabaqali qarz oluvchilarga ajratilgan an'anaviy kreditlar bo'yicha ayni ko'rsatkichlardan 7-10 marta yuqori. Kutilganidek, zaifroq kredit tarixiga ega bo'lgan qarz oluvchilarga ajratilgan kreditlar ulushining o'sishi oxir oqibat defolt va mulkni musodara qilish darajasining oshishiga olib keldi. Ham Kongress, ham prezidentlar Bill Klinton va Jorj U. Bushning ma'muriyatlari ushbu qoida-tartiblarni qattiq qo'llab-quvvatlagan hamda uy-joy mulkdorlari sonining ko'payishini ular olib borgan siyosat natijasi deb qaraganlar. Davlat siyosati ipoteka krediti berish standartlarini kuchsizlantirgan paytda yuqori riskli qarzlarga kredit ajratish osonlashdi 102 va dastlabki natijalar ijobiydek tuyuldi. 2001-2005-yillarda uy-joyga bo'lgan talab va uy-joy narxlari tez ko'tarildi, qurilish sanoatida esa o'sish tezlashdi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling