|
Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi
Urganch tuman Kambag‘allikni qisqartirish vabandlikka ko‘maklashish bo‘limi
|
220500,Urganch tumani, Yangi shovot yo`li ko’chasi, 77-uy Tel: (8 362) 22-6-02-71
E-mail: xorazm@mehnat.uz web:mehnat.uz
|
20 ___-yil “_____”_________
|
№___________________
|
Urganch tumani Beruniy mahallasi,
Xayratchilar ko’chasi 1-uyda yashovchi
R.Quryazovga
Nusxasi: Xorazm viloyati Kambag‘allikni
qisqartirish va bandlik bosh
boshqarmasiga
Urganch tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi Sizning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Xalq qabulxonasi orqali 2023-yil 05-maydagi 45019-xq/23-sonli qilgan murojaatingiz yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Siz o‘z murojaatingizda davolanish uchun sixatgoh yo‘llanmasi bilan taʼminlashda amaliy yordam berishni so‘ragansiz.
Ushbu murojaatingiz yuzasidan Siz bilan uchrashildi. Sizga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi “Аholiga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish sohasida axborot-texnologiyalarni joriy etish to‘g‘risida”gi 693-sonli Qaroriga asosan 2022-yil oktyabr oyidan sixatgoh yo‘llanmalari tuman, shahar tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlari tomonidan 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 2 (ikki) yilda bir marotaba, yoshga doir pensiya oluvchi shaxslarga 3 (uch) yilda bir marotaba, O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi “Tovoqsoy”, “Oltiariq”, “Kosonsoy”, “Marjon suvi”, “Taxiatosh”, “Nuroniylar” va “Urganch” sixatgohlariga navbat asosida, davolanish muddati 12 kunlik bepul yo‘llanmalar ajratilishi to‘liq Davlat xizmatlari markazi tomonidan navbat asosida berilishi yuzasidan huquqiy maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, Siz Urganch tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan 2022-yil 9-sentyabrdan 20-sentyabrgacha bo‘lgan muddatda 190413-raqamli yo‘llanma bilan taʼminlanib, Tovoqsoy sanatoriyasida davolanib qaytganligingiz aniqlandi. Shu bilan birga Sizga 693-sonli Qarorga asosan Sizga 2025-yil qayta Davlat xizmatlari markaziga ariza berishi mumkinligi tushuntirildi.
Yuqorida ko‘rsatilgan Qaror talablariga asosan Davlat xizmatlari markazlari tomonidan elektron platforma orqali navbat asosida amalga oshirilishini yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Siz tushuntirishlardan qoniqish hosil qilganligingiz to‘g‘risida yozma fikrni berishdan va dalolatnomaga imzo chekishdan bosh tortdingiz.
Ushbu javobdan norozi bo‘lgan taqdiringizda, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 32-moddasiga asosan yuqori turuvchi organlarga murojaat qilish huquqiga egaligingiz ma’lum qilinadi.
Urganch tuman Kambag‘allikni qisqartirish va
bandlikka ko‘maklashish bo‘lim boshlig‘i A.Ruzmetov
Bajaruvchi: A.Fayzullaev
Do'stlaringiz bilan baham: |