James d. Gwartney


Video: Milton Fridman inflyatsiya to'g'risida


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Milton Fridman inflyatsiya to'g'risida
Inflyatsiya darajasi yuqori bo'lgan mamlakatlarda odatda inflyatsiya darajasida ham
katta tebranishlar kuzatiladi. Inflyatsiyaning o'zgaruvchan bo'lishi uning yuqori, lekin barqaror
bo'lishidan ham ko'ra kelajakni rejalashtirishni mushkullashtiradi va farovonlikka salbiy ta'sir
ko'rsatadi. Narxlar birinchi yilda 20 foiz, keyingi yilda 50 foiz, undan keyin 15 foiz va
hokazoga ko'tarilsa, shaxslar va korxonalar uzoq-muddatli rejalarni tuza olmaydilar. Bu
noaniqlik kapital investitsiya loyihalarini rejalashtirish va amalga oshirishda riskni oshiradi va
ularning maqbulligini pasaytiradi. Inflyatsiya darajasidagi kutilmagan o'zgarishlar aslida


109
foydali hisoblangan loyihalarni tezda iqtisodiy jihatdan falokatga aylantirishi mumkin. Ushbu
noaniqliklarni boshdan kechirgandan ko'ra, ko'plab qaror qabul qilishga javobgar shaxslar
kapital investitsiyalardan va shu kabi uzoq muddatli majburiyatlarni o'ziga oluvchi
loyihalardan shunchaki voz kechadilar. Ba'zilar hatto o'z bizneslari va investitsiya faoliyatlarini
barqaror muhitga ega mamlakatlarga ko'chiradilar. Natijada, savdo, biznes faoliyati va kapital
shakllanishidan keladigan potensial manfaatlar amalga oshmay qoladi.
Bundan tashqari, agar davlat inflyatsiya siyosatini olib borsa, odamlar ishlab
chiqarishga kamroq, boyliklarini himoya qilishga esa ko'proq vaqt sarflaydilar. Inflyatsiya
darajasini oldindan aniq bashorat qila olmaslik odamlar boyliklarini yo'qotishlariga olib kelishi
mumkin. Shu tufayli odamlar taqchil resurslarni tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishdan olib,
ularni inflyatsiyadan himoyalangan faoliyatlarga yo'naltiradilar. Biznes qarorlari qabul qilishga
mas'ul shaxslar uchun narxlardagi o'zgarishlarni oldindan bashorat qila olish qobiliyati ishlab
chiqarishni boshqarish va tashkillashtirishdan ham muhimroqqa aylanadi. Inflyatsiya darajasi
noaniq bo'lganda, korxonalar uzoq-muddatli shartnomalar tuzishni istamaydi, investitsiya
loyihalarining ko'pini to'xtatib qo'yadi hamda resurslar va vaqtini samarasiz faoliyatlarga
yo'naltiradi. Mablag'lar binolar, mashinalar va texnologik tadqiqotlar kabi samarali
investitsiyarlga yo'naltirilmay, o'rniga narxlari inflyatsiya darajasida o'sadi degan umidda oltin,
kumush va san'at buyumlarini sotib olish uchun yo'naltiriladi. Resurslar unumli faoliyatlardan
olinib, unumsiz faoliyatlarga yo'naltirilishi natijasida iqtisodiy taraqqiyot sekinlashadi.
Monetar siyosat yurituvchilar pul massasini kengaytirish (ekspansiya) yoki cheklash
(restriktsiya) siyosatini qo'llash o'rtasida qarorini muntazam o'zgartishi ham iqtisodiy
taqraqqiyotni sekinlashtiradi. Monetar siyosat yurituvchilar pul massasini keskin oshirganda,
dastlab ekspansiya monetar siyosati
(?)
foiz stavkasini odatda pasaytirib, joriy investitsiyani
rag'batlantiradi va sun'iy iqtisodiy o'sishga olib keladi. Biroq, iqtisodiy o'sish barqaror
bo'lmaydi. Agar ekspanision monetar siyosati davom ettirilsa, u inflyatsiyaga olib keladi va bu,
o'z navbatida, monetar siyosatchilarni restriktsion siyosatni olib borishga undaydi. Shunda foiz
stavkasi ko'tarilib, bu esa xususiy investitsiya
(?)
faoliyatini sekinlashtiradi va iqtisodiyotni
resessiyaga olib keladi. Demak, agar monetar siyosat ekspansion va restriktsion siyosatlari
o'rtasida o'zgarib tursa, bu iqtisodiyotni bir kengaytirib va bir qisqartirib, iqtisodiy beqarorlikka
sabab bo'ladi. Monetar siyosatdagi ushbu xususiyat noaniqlikni keltirib chiqaradi, xususiy


110
investitsiyani kamaytiradi va iqtisodiy o'sish darajasini pasaytiradi.
Nima uchun pul massasini nazorat qilishga javobgar muassasa (monetar siyosati
yurituvchilar) ekspansiya tartibidan restriktsiya tartibiga (va aksincha) o'tishi mumkin? Pul
massasining keskin ko'payishidan so'ng qisqa muddatli iqtisodiy o'sish ehtimoli borligiga
ahamiyat bering. Agar monetar siyosatchilar siyosiy rahbarlar nazoratida yoki ular ta'siri ostida
bo'lsa, ushbu rahbarlar muqarrar resessiya boshlanishidan oldin yana saylanish umidida
saylovdan oldin shunday iqtisodiy o'sishni yaratishdan manfaatdor bo'lishlari mumkin.
Bu kabi «siyosiy biznes tsikllari»
(?)
dunyoning ko'plab mamlakatlarida kuzatilsada,
o'tish davri iqtisodiyotlarida o'zgacha munosabat vujudga kelgan. Har doimgidek, siyosiy
barqarorlik tadbirkorlik ishonchini yaratish uchun, demak, investitsiya jalb qilish va iqtisodiy
o'sish uchun ahamiyatga ega. Post-kommunist mamlakatlari bozor iqtisodiyoti

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling