James d. Gwartney


Video: Soliq islohoti iqtisodiyoti: Ponchik do'konidan saboqlar


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Soliq islohoti iqtisodiyoti: Ponchik do'konidan saboqlar
Albatta, past soliq stavkalari soliq to'lanmaydi degani emas. Quyida 3-bobda
muhokama qilinganidek, bozorlar yetkazishi qiyin bo'lgan ba'zi mahsulot va xizmatlarni davlat
tomonidan ta'minlashga qonuniy asoslar mavjud. Rag'batlar va kutilmagan oqibatlar ta'siri
inobatga olingandan keyin halq soliqlar va davlat xarajatlarini daromad taqsimoti uchun
ishlatilishini hal qilishga ham erkin. Nihoyat, 3-bobda ham muhokama qilinganidek,
iqtisodchilarning ko'pi soliqlar va davlat xarajatining (fiskal siyosat deb nomlanadi) iqtisodiy
faoliyatdagi tabiiy o'zgaruvchanligini kamaytirishda ahamiyati borligiga ishonadilar.
Albatta, soliqlarning salbiy oqibatlari soliq uchun yig'ilgan mablag' miqdori ta'siridan


120
kattaroq (ayniqsa, agar ushbu mablag'lar unumdorlikni oshiradigan jamiyat investitsiyasi
uchun ishlatilsa). Yuqori soliq yuki korxonalarni qora bozorda ishlab chiqarishga
rag'batlantirsa ham, ular soliq organlari nazariga tushish ehtimolini kamaytirish uchun
unumdorligi past bo'lgan kichik korxona bo'lib qolishga moyil. Buning ustiga, soliq tizimi
qanchalik keng ko'lamli va murakkab bo'lsa, korxonalar soliqni to'lash uchun shuncha ko'p
vaqt va mablag' sarflaydilar.
Murakkab masalalar bo'yicha indeks yaratish doimo qiyin va natijalari munozarali
bo'lsa ham, «Biznesni yuritish qulayligi» indeksining (unda ham soliq stavkalari, hamda uning
murakkabligi inobatga olingan) bir qismi sifatida Jahon bankining hisoblagan soliq yuklari
reytingi intuitiv nuqtai nazaridan to'g'riga o'xshaydi
(39)
. 2019-yilda soliq tizimi eng qulay
bo'lgan davlatlar qatoriga, kutilgandek, Gongkong
(40)
, Singapur, Yangi Zellandiya, Irlandiya va
Finlandiya (va neft daromari tufayli korxona solig'i deyarli yo'q bo'lgan Fors ko'rfazidagi ba'zi
kichik davlatlar) kiradi. Ko'rsatkichi eng past bo'lganlarga ham, kutilgandek, Venesuela,
Somali, Boliviya, Chad va Markaziy Afrika Respublikasi kiradi. Post-kommunist davlatlar
ichida soliq tizimi eng qulay bo'lganlar qatoriga Estoniya (12-o'rinda), Gruziya (14), Latviya
(16) va Litva(18) kiradi. O'rtaxol o'tish davri mamlakati 67-o'rinda, ya'ni taqlid qilishga loyiq
bo'lmagan Gretsiya qatorida turadi. Agar post-kommunist davlatlar soliq yuklarini Baltika
yetakchilari va Gruziya darajalarigacha pasaytira olsalar, ularning o'sish darajalari ko'tarilishi
aniq.


121

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling