James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

rentabellik darajasi
(?)
yuqori, lekin soliqdan qochish imkoniyatlari kam loyihalardan uzoqda
turadi. Bu kabi soliq boshpanalari resurslar qiymatini oshirmaydigan loyihalardan shaxsiy
manfaat yo'lida foydalanishga imkoniyat yaratadi. Yana bir bor, taqchil kapital bekorga
sarflanadi, resurslar esa eng unumli faoliyatdan olinib, unumsiz faoliyatlarga yo'naltiriladi.
Uchinchidan, yuqori marjinal soliq stavkasi shaxslarni soliqqa imtiyozli
(?)
bo'lmagan,
lekin iste'molchi istagan xususiyatlarga ega bo'lgan mahsulotlar o'rniga, soliq nuqtai nazaridan
imtiyozli bo'lgan mahsulotlarni iste'mol qilishga rag'batlantiradi. Agar xaridlar soliq imtiyoziga
ega bo'lsa, xaridorlar ularning jami bahosini to'lamaydi, chunki ushbu xaridlar xaridorlar aks
holda to'lashi kerak bo'lgan soliqlarni kamaytiradi. Marjinal soliq stavkasi yuqori bo'lganda,
soliq imityozi berilgan xaridlar nisbatan arzonlashadi.
Ushbu nuqtai nazarga 1970-yillarda Britaniyada ishlab chiqarilgan «Rolls-Royce»
lyuks avtomobillari savdosi yaqqol misol bo'ladi. O'sha davrda Buyuk Britaniyada yuqori
daromad uchun marjinal daromad soliq stavkasi 98 foizgacha yetgan. Ushbu soliq stavkasini
to'lovchi tadbirkor mashina sotib olsa, uni biznes xarajati sifatida soliqdan chegirishi mumkin
edi. Shunday ekan, nega u ekzotik, qimmatroq mashina sotib olmasin? Xarid avtomobil


117
egasining foydasini avtomobil narxiga teng miqdorga — deylik, 100 ming funt sterlingga —
kamaytirar edi — aks holda, unda foydasidan atigi 2 ming funt sterling qolar edi xolos, chunki
98 foizlik marjinal soliq stavkasida 100 ming funt sterlingdan 2 ming funt sterling qoladi.
Aslida, avtomobil bahosining 98 foizini davlat to'ladi (soliq daromadini yo'qotish orqali).
Buyuk Britaniya marjinal soliq stavkasini 70 foizgacha pasaytirganda, «Rolls-Royce»
avtomobillari savdosi keskin qisqardi. Soliq stavkasi pasaytirilgandan so'ng, 100 ming funtlik
avtomobil tadbirkorga endi 2 ming funtga emas, balki 30 ming funtga tushar edi. Marjinal
soliq stavkasining pasaytirilishi badavlat Britaniyaliklar uchun «Rolls- Royce» avtomobillari
bahosini qimmatlashtirdi va ular ushbu avtomobil xaridlarini kamaytirdi.
Yuqori marjinal soliq stavkalari soliq imtiyozi mavjud yoki biznes xarajatlari deb
qarash mumkin bo'lgan tovarlar uchun shaxsiy xarajatlarni sun'iy ravishda qisqartiradi, lekin
jamiyat xarajatlarini qisqartirmaydi. Kutilganidek, yuqori marjinal soliq stavkasiga duch
kelgan soliq to'lovchilar soliq imtiyoziga ega narsalarga, xususan, serhasham idoralarga,
Gavayi orolida biznes konferentsiyalariga, korporativ bayramlarga va korxona mashinalariga
ko'proq pul sarflaydilar. Soliq imtiyozi bo'lgan bu kabi xarajatlar ularning soliqlarini
pasaytirgani uchun odamlar odatda to'liq narxini to'laganda xarid qilmaydigan narsalarni sotib
oladilar. Yuqori marjinal soliq stavkalari va ular natijasida yuzaga keladigan noto'g'ri rag'batlar
isrofgarchilik va samarasizlik kabi salbiy oqibatlarga olib keladi.
Soliq stavkalarini, ayniqsa, yuqori stavkalarni pasaytirish odatda daromad topishga va
resurslardan samarali foydalanishga bo'lgan rag'batni oshiradi. 2005–2008-yillarda Gruziya
hukumati soliq qonunchiligiga tub o'zgartirishlar kiritdi. 2004-yilda amal qilgan 21 turdagi
soliq stavkalari 2005-yilga 6 tagacha kamaytirildi. 2009-yildan boshlab, ijtimoiy soliqni bekor
qilish va shaxsiy daromad
(?)
solig'ini joriy etish orqali jami soliqlar (daromad solig'i va
ijtimoiy soliq birgalikda) pasaytirildi. Marjinal daromad solig'i 32 foizdan 20 foizgacha
pasaytirildi.
Yuqorida muhokama qilingan salbiy rag'batlar tufayli ko'p iqtisodchilar «qat'iy soliq
stavkasi»ni tavsiya qiladi. Unga ko'ra, ma'lum minimal summadan oshgan barcha daromadga
bir xil marjinal soliq stavkasi qo'llaniladi. Agar soliqqa tortilmaydigan minimal daromad
yetarlicha yuqori belgilansa, oilalarning daromadi ko'payishi bilan haqiqatda to'langan
soliqning daromaddagi ulushi oshishi mumkin. Ko'p sobiq kommunist mamlakatlar, jumladan,


118
Rossiya, Gruziya, Slovakiya va Serbiya «qat'iy soliq stavkasi»ga o'tishda peshqadamlik
qildilar. Kutilganidek, tadqiqotlarga ko'ra, bunday siyosat qora bozor yoki xufiyona iqtisodiyot
deb ataluvchi norasmiy iqtisodiy faoliyat ulushini kamaytiradi.
Soliqlarni katta miqdorda oshirish esa, aksincha, iqtisodiyot uchun halokatli oqibatlarga
olib kelishi mumkin. Qo'shma Shtatlarining Buyuk depressiya davridagi soliq siyosati bunga
yaqqol misol bo'ladi. 1932-yilda federal byudjet defitsitini kamaytirish maqsadida Guver
respublikachilar ma'muriyati demokratlar boshchiligidagi Kongress bilan hamkorlikda
Qo'shma Shtatlari tarixida tinchlik davridagi eng katta soliq stavkalarini oshirish bo'yicha
qarorni qabul qildi. Shaxsiy daromadga eng past marjinal soliq stavkasi 1,5 foizdan 4
foizgacha oshirildi. Daromadning tepa shkalasida esa, eng yuqori marjinal soliq stavkasi 25
foizdan 63 foizgacha oshirilgan edi. Umuman olganda, jismoniy shaxslar uchun daromad
solig'i bir yilda ikki barobardan ko'proqqa ko'tarildi! Soliqning bu darajada katta oshirilishi uy-
xo'jaliklarining soliq to'lashdan keyin qolgan daromadlarini kamaytirdi va daromad ishlab
topishga, iste'mol qilishga, jamg'arishga hamda investitsiya qilishga rag'batni pasaytirdi.
Buning oqibatlari halokatli yakunlandi. 1932-yilda real ishlab chiqarish hajmi 13 foizga
qisqarib, bu Buyuk depressiya davridagi eng katta yillik qisqarish edi. Ishsizlik darajasi 1931-
yilda 15,9 foizdan 1932-yilda 23,6 foizgacha ko'tarildi.
Atigi to'rt yildan so'ng, Ruzvelt ma'muriyati soliqlarni yana oshirdi va 1936-yilda eng
yuqori marjinal stavka 79 foizni tashkil qildi. Demak, 1930-yillarning ikkinchi yarmida yuqori
daromadli aholi uchun har bir qo'shimcha dollar daromaddan bor-yo'g'i 21 tsenti ular ixtiyorida
qolar edi. (Izoh: Prezidentlikka nomzod Ruzveltning ushbu element boshida keltirilgan
so'zlarini uning prezidentlik davridagi soliq siyosati bilan solishtirish juda qiziq.) Buyuk
depressiyaning jiddiyligi va davomiyligiga boshqa omillar, jumladan, pul massasining keskin
qisqarishi va tarif stavkalarining katta miqdorda oshirilishi hissa qo'shdi. Shunisi aniqki, ham
Guver, ham Ruzvelt ma'muriyatlari davrida soliqlarning oshirilishi Amerika tarixining ushbu
musibatli sahifasida katta rol o'ynagan.
Yuqori marjinal soliq stavkasining salbiy rag'batlantiruvchi ta'sirlari nafaqat yuqori
daromadli aholi uchun muammo yaratdi. Nisbatan kam daromadli ko'p odamlar ham
qo'shimcha soliq to'lash bilan birga daromad darajasiga bog'liq transfert manfaatlarini
yo'qotishlari sababli bilvosita yuqori marjinal soliq stavkasiga duch keladilar. Misol uchun,


119
jismoniy shaxsning daromadi 20 000 yevrodan 30 000 yevroga oshib, natijada, daromad va ish
haqidan olinadigan soliq qo'shimcha daromadning 30 foizini tashkil etadi, deb faraz qiling.
Undan tashqari, daromadning bu kabi oshishi tufayli jismoniy shaxs amaldagi ijtimoiy himoya
dasturidan 5000 yevrolik manfaatdan ayriladi. Demak, ushbu shaxs 80 foizga teng bilvosita
marjinal soliq stavkasiga duch keladi! Ushbu raqamning 30 foizi yuqori soliq majburiyatidan
va yana 50 foizi yo'qotilgan transfert to'lovidan iborat.
Bunday vaziyatda qo'shimcha 10 000 yevro daromad ishlab topuvchi shaxslarda uning
atigi 20 foizi ular ixtiyorida qoladi. Shunisi ravshanki, bu ularning ishlab daromad topishlariga
rag'batni ancha pasaytirib, daromad pog'onasida tepaga ko'tarilishlarini qiyinlashtiradi. Biz bu
masalaga 3-bob, 8-elementda transfert to'lovlari bo'yicha dasturlarning qashshoqlik darajasiga
ta'sirini tahlil qilganda yana qaytamiz.
Xulosa qilib aytganda, iqtisodiy tahlillar shuni ko'rsatadiki, yuqori soliq stavkalari,
jumladan, transfert manfaatlarini yo'qotishni aks ettiruvchi bilvosita soliq stavkalari, ishlab
chiqarish faoliyatini qisqartiradi, bandlik va investitsiyaga to'sqinlik qiladi hamda resurslardan
isrofgarchilik bilan foydalanishga olib keladi. Ular rivojlanishga va daromadlarning o'sishiga
g'ovdir. Undan tashqari, iqtisodiy turg'unlik davrida soliq stavkalarining keskin oshirilishi
iqtisodiyotda halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling