James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Erkin savdo
Erkin savdo
(?)
odamlarga o'zlari istagancha oldi-sotdi qilishlariga imkoniyat
berishdan iborat. Proteksionistik tariflar
(?)
harbiy blokada kabi kuch
ishlatishga o'xshash bo'lib, ularning maqsadi bitta — savdoni chekalsh. Ular
o'rtasidagi farq quyidagicha: agar harbiy blokada dushman mamlakat savdo
qilishiga to'sqinlik qilish bo'lsa, proteksionistik tariflar orqali davlat o'z aholisi
savdo qilishiga to'sqinlik qilishga harakat qiladi
(41)
.
— Genri Jorj, XIX asrning siyosiy iqtisodchisi
Xalqaro savdo
(?)
printsiplari ixtiyoriy ayirboshlash asosida yotuvchi printsiplarga o'xshash.
Ichki savdo kabi, xalqaro savdo ham savdo ishtirokchilariga ko'proq ishlab chiqarishga va
iste'mol qilishga imkoniyat yaratadi. Buning sabablari uchta.
Video:
Erkin savdo kambag'allarni ekspluatatsiya qiladimi?
Birinchidan, agar har bir mamlakat aholisi ichki bozorda ishlab chiqarishdan ko'ra,
xalqaro savdo orqali mahsulot va xizmatlarni arzonroqga ola olsa, ular bundan yutadi.
Mamlakatlarning resurslar zahirasi bir-biridan juda farq qiladi. Bir mamalakatda ishlab
chiqarish qimmat bo'lgan tovarlarni boshqasida arzonroq ishlab chiqarish mumkin. Masalan,
Braziliya va Kolumbiya kabi iliq va nam iqlimga ega mamlakatlarda kofe ishlab chiqarishga
ixtisoslashish afzalroqdir. Moldova va Gruziya kabi mo''tadil kontinental iqlimlar vino ishlab
ELEMENT 2.7
Boshqa davlatlar bilan erkin savdo aholi daromadlarini oshiradi.


122
chiqarishni va mevazorlarga ixtisoslashishini, Sibir esa botqoqlikda o'sadigan klyukvalarni
export qilishini ko'rishimiz mumkin. Yeri katta va aholisi siyrak bo'lgan Kanada va Avstraliya
aholisi bug'doy, ozuqa ekinlari va mol go'shti kabi katta yer hududlarini talab qiluvchi
mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishga harakat qiladi. Yer tanqis va yuqori malakali
ishchi kuchiga ega Yaponiyada fuqarolar fotoapparatlar, avtomashinalar va elektron
mahsulotlar kabilarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadilar. Savdo hamkorlarning har biriga katta
tannarxli mahsulotlar ishlab chiqarishdan ko'ra, ular eng samarali ishlab chiqarishi mumkin
bo'lgan mahsulotlarni ko'proq o'z resurslaridan foydalanib ishlab chiqarishlariga imkoniyat
beradi. Bunday ixtisoslashuv va savdo natijasida jami ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi oshib,
har bir mamlakat aholisi yuqoriroq turmush darajasiga erishishi mumkin bo'ladi.
Ikkinchidan, xalqaro savdo mahalliy ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarga ko'plab
yirik ishlab chiqarish jarayonlariga xos miqyos samarasidan foydalanish imkonini beradi. Bu,
ayniqsa, kichik mamlakatlar uchun o'ta muhim. Xalqaro savdo orqali mahalliy ishlab
chiqaruvchilar kattaroq miqyosda ishlab chiqara oladilar va shu sababli faqat ichki bozorga
qaram bo'lgan holatga nisbatan mahsulot birligi tannarxini pasaytirishga erishadilar. Masalan,
savdo tufayli Kosta-Rika, Gvatemala, Tayland va Vetnam kabi mamlakatlardagi tekstil
mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar katta miqyosli ishlab chiqarishning afzalliklaridan foydalana
oladilar. Agar ular mahsulotlarini xorijga sota olmaganda edi, ularning mahsulot birligi
tannarxi ancha katta bo'lar edi, chunki mahalliy tekstil mahsulotlari bozori yirik, lekin tannarxi
past sanoat korxonalarini qo'llab-quvvatlash uchun kichiklik qiladi. Xalqaro savdo orqali esa,
ushbu mamlakatlardagi tekstil korxonalari katta hajmda ishlab chiqarishi va sotishi hamda
jahon bozorida samarali raqobat qilishi mumkin.
Xalqaro savdo mahalliy iste'molchilarga ham katta miqyosda ishlab chiqaruvchi xorijiy
korxonalardan xarid qilish orqali manfaat ko'rishga imkon beradi. Masalan, bugungi
samolyotlarning dizayn va muhandislik xarajatlari juda kattaligini hisobga olsak, hech qaysi
mamlakatning ichki bozori hatto yagona samolyot ishlab chiqaruvchisi uchun miqyos
samarasidan to'la foydalanishga yetarlicha katta emas. Biroq, xalqaro savdo tufayli «Boeing»
va «Airbus» ko'proq va arzonroq samolyotlar sotishi mumkin. Natijada, dunyo mamlakatlari
iste'molchilari katta miqyosda ishlab chiqarilgan va arzonroq narxlarda sotib olingan
samolyotlarda uchishlari mumkin.


123
Uchinchidan, xalqaro savdo mahalliy bozorlarda raqobatni kuchaytiradi va
iste'molchilarga ko'proq turdagi mahsulotlarni arzonroq narxlarda sotib olishlariga imkon
beradi. Chet el raqobati mahalliy ishlab chiqaruvchilarni hushyor turishga chaqiradi. Ularni
sifatni yaxshilashga va tannarxni pasaytirishga majbur qiladi. Shu bilan birga, turli chet el
mahsulotlarining mahalliy bozorda mavjudligi iste'molchilar uchun xalqaro savdo bo'lmagan
vaziyatga nisbatan tanlovlar xilma-xilligini ko'paytiradi.
Davlatlar ko'pincha xalqaro savdoni cheklovchi tartiblarni joriy etadilar. Bularga tariflar
(import tovarlari uchun soliqlar), kvotalar (import hajmini cheklash), valyuta kursi
(?)
ustidan
nazorat o'rnatish (import hajmini kamaytirish va eksportni oshirish maqsadida mahalliy
valyuta kursini sun'iy ravishda past darajada ushlab turish) va importchi yoki eksportchilar
uchun joriy qilingan byurokratik qarorlar kiradi. Bu kabi savdo cheklovlari tranzaksion
xarajatlarni oshirib, ayirboshlash manfaatlarini kamaytiradi. Ushbu elementning boshida
keltirilgan Genri Jorjning so'zlariga ko'ra, savdo cheklovlari xuddi davlat o'z fuqarolari uchun
harbiy blokada joriy qilganga o'xshaydi. Dushman mamlakatning blokadasi mamlakatga zarar
yetkazgani kabi, savdo cheklovlari ko'rinishida joriy qilingan blokada ham aholiga zarar
yetkazadi.
Barcha mamlakatlarni erkin savdo tarafdori deb hisoblash mumkinmi? Mahalliy savdo
markazlari va supermarketlarda turli tuman mahsulotlar bo'lsa, mamlakat erkin savdoni
qo'llab-quvvatlaydi degan xulosaga kelish mumkin, lekin bu butunlay to'g'ri emas. Masalan,
Ukrainada barcha sanoat mahsulotlari uchun o'rtacha tarif 10 foizdan yuqori, qishloq xo'jaligi
mahsulotlari uchun esa u 20 foizgacha yetadi. Boshqa mahsulotlar importi bundan ham ko'proq
cheklangan, masalan, shakar uchun 50 foiz va kungaboqar yog'i uchun 30 foiz tarif joriy
etilgan. Bolgariyada YIga a'zo bo'lmagan mamlakatlardan import uchun tariflar 5 foizdan 45
foizgachani tashkil qiladi. Qo'shma Shtatlari sut mahsulotlari, shakar, etil spirti, paxta, mol
go'shti, tunets balig'idan konservalar va tamaki mahsulotlariga kvota o'rnatgan. Kvotadan
oshgan import uchun nihoyatda yuqori tarif stavkalari belgilangan.
Tarifdan tashqari, mamlakatlar kvota o'rnatishi (import hajmini cheklash), boshqa
mamlakatlar mahsulotlarini yoki ayrim mamlakatlar mahsulotlarini butunlay taqiqlab qo'yishi
ham mumkin. Tariflar, kvotalar va taqiqlar nafaqat savdo siyosati maqsadlarida qo'llaniladi.
Masalan, Rossiya 
Ukraina bilan ziddiyatlar paydo bo'lgandan keyin siyosiy


124
kelishmovchiliklarga javoban Evropa Ittifoqi, Qo'shma Shtatlari, Kanada, Avstraliya va
Norvegiyaning deyarli barcha qishloq xo'jaligi mahsulotlari importini taqiqlab qo'ydi. 2018 va
2019-yillarda Qo'shma Shtatlari prezidenti Tramp Xitoy bilan kelishmovchiliklarda tarif
siyosatidan foydalandi.
Iqtisodchi bo'lmagan odamlar import cheklovlari ish o'rinlarini yaratadi deb tez-tez
da'vo qilib turadilar. Birinchi bobning 9-elementida muhokama qilganimizdek, ish o'rinlari
emas, balki qiymat yaratish haqiqatan ahamiyatga ega. Agar ish o'rinlari yuqori daromad
darajasini ta'minlaganda edi, biz ularni istaganimizcha ko'p yaratishimiz mumkin edi.
Barchamiz bir kun chuqur qazib, keyingi kun chuqurni ko'mishimiz mumkin edi. Biz
hammamiz ish bilan band bo'lar edik, lekin bunday ish o'rinlari odamlar qadrlaydigan tovar va
xizmatlarni yaratmaganligi sababli biz nihoyatda qashshoq bo'lib qolaverar edik.
Import cheklovlari avvaliga bandlik darajasini oshirgandek tuyulishi mumkin, chunki
import cheklovlari orqali himoyalangan sanoatlar kengayishi yoki, hech bo'lmaganda,
kichraymasligi mumkin. Biroq, bu cheklovlar jami bandlik darajasini oshiradi degani emas.
Birinchi bobning 12-elementida muhokama qilgan ikkilamchi ta'sirlarni eslaylik. Agar biror
mamlakat tariflar, kvotalar va boshqa cheklovlarni joriy etish orqali xorijliklarning u
mamlakatda sotish qobiliyatini cheklasa, u shu bilan birga xorijliklarning o'zidan xarid qilish
qobiliyatini ham kamaytiradi. Import
(?)
tufayli boshqa mamlakatlar aholisining import
qiluvchi mamlakat eksportini
(?)
 sotib olish yoki unda investitsiya qilish qobiliyatini oshiradi.
Demak, import cheklovlari eksport hajmini bilvosita qisqartiradi. Eksport qiluvchi sanoatlarda
ishlab chiqarish hajmi va bandlik darajasi pasayishi natijasida himoyalangan sanoatlarda
«saqlab qolingan» ish o'rinlaridan keladigan manfaatlar yo'qqa chiqadi
(42)
.
Savdo cheklovlari na ish o'rinlari yaratadi, na ularni vayron qiladi, balki ularning
o'rinlarini almashtiradi
(43)
. Cheklovlar ishchi kuchi va boshqa resurslarni sun'iy ravishda
mahsulotlarni boshqa mamlakatlarga nisbatan qimmatroq tannarxda ishlab chiqarishga
yo'naltiradi. Mamlakatning resurslari samaraliroq qo'llaniladigan sohalarda, ya'ni import
cheklovlarisiz korxonalar jahon bozorida raqobat qila oladigan sohalarda, ishlab chiqarish
hajmi va bandlik darajasi pasayadi. Demak, ish kuchi va boshqa resurslar yuqori unumdorlikka
ega sohalardan unumdorlik past sohalarga yo'naltiriladi. Bunday siyosatga amal qilgan
mamlakatlarda ham ishlab chiqarish hajmi, ham daromad darajasi pasayadi.


125

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling