Ona politexnika instituti qurilish fakulteti "arxitektura" kafedrasi


Download 30.48 Kb.
bet1/3
Sana12.02.2023
Hajmi30.48 Kb.
#1190992
  1   2   3
Bog'liq
1. Asosnoma Qo`rg`onova Z lotin tilida


FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
QURILISH FAKULTETI “ARXITEKTURA” KAFEDRASI


70730101 – “Bino va inshootlar arxitekturasi” mutaxassisligi

Marg‘ilon shahri turar-joy arxitekturasi”



ASOSNOMA


Ilmiy raxbari: arx. fan. dok., prof. Salimov Arifdjan Muslimovich
1-kurs magistranti: Qo‘rg‘onova Zulayxo Rustamjon qizi

Farg‘ona – 2022

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
Marg‘ilon shahri turar-joy arxitekturasi mavzusining dolzarbligi shundaki, vatanimiz qadimdan yuksak madaniyat, ilm-fan va me’moriy obidalari bilan ko‘pchilikni hayratga solib kelgan yurtimiz istiqlol sharofati bilan zamonaviy sayyohlik markaziga aylanmoqda. Respublikamiz hududidagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, masjid, madrasalar, tarixiy bog‘lar va boshqa noyob tarixiy yodgorliklarni ularning tarixiy qiymatiga zarar yetkazmay ta’mirlash, ularni obodonlashtirish, dunyoga tanitish, aholi uchun barcha sharoitlarga ega yangicha va zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan turar-joy loyihalarini yaratish, mavjud shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni, aholi punktlarini rekonstruksiya qilish va obodonlashtirishda, ishlab chiqarish, ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmasi ob’ektlarini qurishda shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini qo‘pol ravishda buzish xollarining oldini olish, qurilish sohasi oldida turgan muhim muammolardandir.
Farg‘ona deganda, avvalambor, Vatanimizning gavhari bo‘lgan go‘zal diyor ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Istiqlol yillarida bu maskan yanada chiroy ochdi. Ahmad Farg‘oniy, Burxoniddin Marg‘iloniy kabi allomalarimiznig xamda Marg‘ilon shahrining yubileylari jahon miqyosida nishonlanishi xorijliklarning bu zaminga bo‘lgan qiziqishini yanada orttirib, sayyohlik salohiyatini yuksalishiga xizmat qilmoqda.
Ayni paytda Farg‘onaga tashrif buyurayotgan mehmonlar uchun Marg‘ilon, Qo‘qon va Farg‘ona shaharlari hamda Quva tumani bo‘ylab sayyohlik yo‘nalishlari tashkil qilinmoqda. Yangi sayyohlik yo‘nalishlari - Marg‘ilonda Burxoniddin Marg‘iloniy, Said Ahmad Eshon majmualari, Pirsiddiq Hazrat chillaxonasi va maqbarasi, Uvaysiy uy-muzeyi, hunarmandlar ustaxonasi, Qo‘qon shahridagi O‘rda saroyi va unda joylashgan O‘lkani o‘rganish muzeyi, Jo’me, Kamolqozi masjidlari, Norbo‘tabiy majmuasi, Dahmai Shohon va Madalixon tarixiy yodgorliklari, Farg‘ona shahri hamda Ahmad Farg‘oniy majmualari bo‘ylab uyushtirilayotgan ekskursiyalar sayyohlarda katta taassurot qoldirmoqda. Milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasining tashkil etilishi ham yangi imkoniyatlarga yo‘l ochmoqda.
Xozirgi kunda bu mavzuning dolzarbligi biz bilamiz dunyo halqlari qadimiy halqlarning yashash tarzini, urf-odatlarini, qadimda nimalar bilan shug‘ullanganligi, me’morchiligi bilan yaqindan tanishish, o‘rganish, yaqindan bilish niyatidagi turistlar ko‘plab topiladi. SHuning uchun biz tarixiy urf-odatlarimizni, yodgorliklarimizni yaqindan tanitish uchun yurtimizdagi bunday yuzlab obidalarni qayta tiklashi (rekonstruksiya) miz hamda dunyoga tanitishimiz shart. Buning uchun Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev tomonidan qator qonun hamda farmonlar chiqarilmoqda, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2-apreldagi “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (PF-5392-son) Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–6186-son, 11.03.2021 y.), “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-2660, 22.11.2016 y.), “ Joylardagi ijroiya hokimiyat organlari va davlat organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari uchun xizmat uy-joylari qurish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-2693, 22.12.2016 y.), “ 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-2639, 21.10.2016 y.), “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida 2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-2812, 02.03.2017 y.), farmoyishlari va boshqa ko‘plab normativ hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ular o‘z navbatida sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni huquqiy asosi bo‘lib, uni rivojiga xissa qo‘shmoqda.
Marg‘ilon turar-joy binolari diniy binolari bilan organik ravishda birlashtirilgan bo‘lib, ulardan juda oz qismi omon qolgan. Yuqorida keltirib o‘tilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqqan holda, Marg‘ilon shahridagi qadimiy ichki va tashqi hovlili turar-joylarini yangicha va zamonaviy ruhda barpo etishimiz mumkin.

Download 30.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling