Ona politexnika instituti qurilish fakulteti "arxitektura" kafedrasi


Muammoning o‘rganilganlik darajasi


Download 30.48 Kb.
bet2/3
Sana12.02.2023
Hajmi30.48 Kb.
#1190992
1   2   3
Bog'liq
1. Asosnoma Qo`rg`onova Z lotin tilida

Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
Istiqlol yillarida halqimizga asrlar davomida shakllangan shaharsozlik madaniyatini yuksaltirish yo‘lidagi bunyodkorlik ishlariga keng yo‘l ochib berildi.. Shunday yangi shaharsozlik namunasi Farg‘ona vodiysidagi Marg‘ilon shahrida ham barpo qilindi.
Marg‘ilon Farg‘ona vodiysidagi eng qadimiy shaharlardan biri hisoblanadi. Uning tarixi haqidagi Marg‘ilon to‘g‘risidagi dastlabki yozma ma’lumotlar X asrga taalluqli. O‘sha davrlarda shahar "Marg‘inon" deb atalgan va keyinchalik har ikki nomi ham ishlatilib kelingan. Marg‘ilon nomining kelib chiqishi haqida aniq bir ma’lumot yo‘q. Ayrim toponimistlar "marg‘" — "maysazor", "o‘tzor"dan deb taxmin qiladilar. Marg‘ilon "murg‘" va "yunon" so‘zlaridan olingan degan mahalliy to‘qima rivoyat ham bor. Ibratning "Tarixi Farg‘ona" qo‘lyozma asarida yozilishicha, shaharga 883 yilda asos solingan. Arxeologik topilmalar Marg‘ilon o‘rnida mil.boshlaridan aholi yashab kelayotganligini, X asrda u katta qishloq bo‘lganligini, XI-XII asrlarda esa shaharga aylanganligi tasdiqlamoqda. V.V.Bartold "Mo‘g‘ullar istilosi davrida Turkiston" asarida Qoraxoniylar davrida ham Marg‘ilon viloyatning bosh shahri hisoblanganligini qayd etgan. "Boburnoma"da Marg‘ilon Farg‘onadagi 8 ta shahardan biri ekanligi, shaharning obodligi, shirin mevalari haqida so‘z yuritilib, uning "donai kalon" deb ataluvchi anori va "subhoniy" navli o‘rigi maqtaladi. Shaharning qadimiy qismida o‘tkazilgan arxeologik qazilmalar natijasida Marg‘ilonga bundan 2 ming yil avval asos solinganligi aniqlandi. Qadimiy Xitoy yozma manbalarida Dovonda Largi shahri keltirilgan, Xitoy olimlari ilmiy ishlarida bu shahar hozirgi Marg‘ilon shahriga tog‘ri keladi va bu shahar 2700 yil tarixga ega ekanligini isbotlaydi.
O‘rta Osiyo hamda Yevropa olimlari, yurtimizning boy tarixi va tarixiy obidalari ustida ko‘plab izlanishlar olib borishgan. Jumladan: Sodiq Sayhun. “Ko‘hna go‘sha, qutlug‘ qadamjo”., //Namangan. 2013., /Muhammadjonov A.R. Buyuk ipak yo‘li va “Farg‘ona” gidrotoponimining etimoni haqida “Buyuk ipak yo‘li va Farg‘ona vodiysi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. // Toshkent 2004., Matbabaev B. Qadimiy Farg‘onada ilk davlatchilik ildizlari. //O‘zbekiston tarixi №1. T. 2002., Matbabaev B. Dalvarzin shahar xarobasi. Farg‘ona vodiysining qadimiy shaharlari. //T. 2008.

Download 30.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling