O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg‘ona Politеxnika instituti Qo‘lyozma xuquqida Qo‘rg‘onova Zulayxo Rustamjon qizi


Download 421.5 Kb.
bet1/11
Sana12.02.2023
Hajmi421.5 Kb.
#1191950
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Marg`ilon shahri turar joy arxitekturasi


O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Farg‘ona Politеxnika instituti
Qo‘lyozma xuquqida


Qo‘rg‘onova Zulayxo Rustamjon qizi

Marg‘ilon shahri turar-joy arxitekturasi”


Mutaxassislik: 70730101 - “Bino inshootlar arxitekturasi”


Arxitеktura magistri akademik darajasini olish uchun yozilgan

DISSЕRTATSIYA
Dissertatsiya “Arxitektura” kafedrasida Ilmiy rahbar
Ko‘rib chiqildi va himoyaga qo‘yildi. prof. O. M. Salimov
____Bayonnoma__________2023 y.
Arxitektura”
kafedra mudiri
dots. J. D. Axmedov____________
____”____________2023 y.
Farg‘ona – 2023 yil


MUNDARIJA

KIRISh................................................................................................

3



I-bob.



O‘rta Osiyo tarixiy shaharlarida turar – joy uylarini me’moriy shakllanishi




1.1.

Tarixiy shaharlarda turar – joy arxitekturasining rivojlanishi.




1.2.

Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo shaharlarida turar - joylarning shaharsozlikda tutgan o‘rni.




1.3.

Farg‘ona vodiysi shaharlarida turar - joylarning me’moriy - fazoviy yechimlari.







1 - bob bo‘yicha xulosa.













II-bob. Tarixiy shaharlar an’anaviy turar - joylarining arxitekturaviy yechimlari




2.1.

Ana’naviy turar – joy uylarining shaharsozlik talablari va tarxiy yechimlari............................................................



33

2.2.

Tarixiy shahar markazlarida an’anaviy turar - joylarning me’moriy tendensiyalari …………………………………...



41

2.3.

O’rta Osiyo tarixiy shaharlarida an’anaviy turar - joylar konstruktiv yechimlari………………………………………



51




2 - bob bo‘yicha xulosa..............................................................

61










III-bob. Qo‘qon shahari tarixiy markazida an’anaviy turar - joylarni saqlash tamoyillari




3.1.

Qo‘qon shahari tarixiy mahallalarni qayta tiklashda shaharsozlik va landshaft yechimlari..............................................................



62

3.2.

Qo‘qon shahari an’anaviy turar - joylarni shakllantirish va qayta tiklash usullari……………………………………………………...



66

3.3.

Qo‘qon tarixiy an’anaviy turar - joylarni saqlash tamoyillari (taklif va mulohazalar)……………………………………………..



69




3 - bob bo‘yicha xulosa..............................................................

84










Umumiy xulosa va takliflar.................................................................................

85

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati...................................................................

89

Ilovalar (illyustrativ materiallar).......................................................................

91

Kirish
Margʻilon — Fargʻona viloyatidagi shahar. Fargʻona vodiysining jan. qismida, Oloy togʻlari etagida joylashgan. Fargʻona shahridan 10–12 km shim.da, 475 m balandlikda. Yaqin t.i. stansiyasi — Margʻilon (4 km). Iyulning oʻrtacha temperaturasi 25—26°, yanv.niki —3,5°. Margʻilonning jan. chekkasidan Jan. Fargʻona kanali va shahar ichidan Margʻilonsoy oqib oʻtadi. Aholisi 183,2 ming kishi (2002; 1973 yilda 117 ming , 1939 yilda 46 ming , 1897 yilda 36 ming kishini tashkil etgan), asosan, oʻzbeklar (89,3%), shuningdek, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. M.dan 3–4 km janubroqda joylashgan Yangi Margʻilon (sobiq Gorchakova) shaharchasi M. shahar Kengashiga qaraydi.
Mahalliy maʼlumotlar boʻyicha shaharning 12 darvozasi boʻlgan. Buyuk ipak yoʻlida joylashgan Marg`ilon aholisi qadimdan atlas toʻqish bilan shugʻullanib kelgan va shu tariqa uni jahonga mashhur qilgan. Marg`ilonning shoyi matolari Misr, Eron va Yunoniston, Qashgʻar savdogarlari tomonidan koʻplab harid qilingan. Shuningdek, Marg`ilonda doʻppidoʻzlik, misgarlik rivojlangan, shaharda vaqt-vaqti bilan tanga ham zarb qilingan. Shahar turli davrlarda Temuriylar, Shayboniylar davlatlari, keyingi davrda Qoʻqon xonligi tarkibida boʻlgan. 1875 yilda rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. Marg`ilonda oq podsho maʼmurlari zulmiga qarshi qaratilgan, tarixda maʼlum boʻlgan "Poʻlatxon qoʻzgʻoloni" (1873— 76), mahalliy aholini Rossiyadagi front orti ishlariga zoʻrlab olib ketilishiga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (1916) boʻlib oʻtgan. Marg`ilon 1876—1926 yillarda Fargʻona viloyatining uyezd shahri boʻlgan, soʻngra Fargʻona okrugi miqyosidagi shaharga aylantirilgan.
1927 yilda Marg`ilonda birinchi pillakashlik fabrikasi qurishga kirishildi. Bundan tashqari, ikkita elektr stansiyasi, bosmaxona, mexanika ustaxonasi, non va limonad zavodlari bor edi. Keyinroq mexanizatsiyalashgan koʻnchilik zavodi, taxta tilish sexi, poyabzal fabrikasi foydalanishga topshirildi. Shoyi toʻqish artellari yiriklashtirildi, bir qancha yangi hunarmandchilik korxonalari ishga tushirildi. 1963 yilda badiiy gazlamalar ishlab chiqaruvchi hunarmandchilik artellari negizida "Atlas" firmasi vujudga keldi (1976 yildan "Atlas" ishlab chiqarish birlashmasi). Shaharda 20ga yaqin sanoat, 8 avtotransport korxonalari, 17 qurilish tashkiloti bor (2002). "Turonshoyi", A. Navoiy nomli ipak gazlamalar va mexanika, "Fargʻonasut", yogʻochsozlik korxonalari mavjud. "Doʻstlik— Margʻilon" qoʻshma korxonasi, 600 dan ortiq kichik va xususiy korxona, markaziy dehqon bozori, "Margʻilon" mehmonxonasi, avtobuslar shohbekati, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Marg`ilonda hunarmandchilik (ayniqsa, doʻppidoʻzlik, tandirchilik, misgarlik) rivojlangan. 34 umumiy taʼlim maktabi, "Istiqbol" gimnaziyasi, milliy xunarmandchilik va aniq fanlar litseylari mavjud boʻlib, ularda 200 oʻquvchi taʼlim oladi. 2 musiqa, 2 kasb-hunar maktabi, qurilish, tijorat, hisob-kredit, tibbiyot va pedagogika kollejlari, maxsus maktab, mehribonlik uyi, "Shoyi" kompaniyasining ipakchilik instituti faoliyat koʻrsatmoqda.
12 jamoat va bolalar kutubxonasi (168 ming kitob), 6 madaniyat uyi (jumladan, markaziy madaniyat uyi), Y. Oxunboboyev memorial muzeyi, madaniyat va sanʼat muzeyi, "Nurxon" xalq teatri, madaniyat va istirohat bogʻi bor. "Al Hidoya" xotira majmui mavjud. Shahar televideniyesi va radioeshittirishlari qoʻmitasi ishlab turibdi.
Marg`ilondagi yirik shaharlar bilan avtomobil yoʻllari orqali bogʻlangan. "Margʻilon haqiqati", "Turon shoyisi" gazetalari chiqarilmoqda. Shaharda 1037 oʻringa moʻljallangan kasalxonalar, 2 tibbiyot sanitariya qismi, Salomatlik markazi, tez tibbiy yordam markazi va boshqa tibbiy muassasalarda 422 vrach, 1599 oʻrta tibbiy xodim xizmat qiladi. "Atlaschi" va "Turon" stadionlari, 33 sport zali, koʻplab voleybol, basketbol va futbol maydonlari, 3 bolalar va yoshlar sport maktabi bor. 56 ta jismoniy tarbiya jamoasida 43 ming nafardan ziyod yoshlar shugʻullanmoqda. Meʼmoriy yodgorliklardan Pir Siddiq majmui ("Kaptarlik", 18-asr oʻrtalari), Xoʻja Magʻiz maqbarasi (18-asrning birinchi yarmi), Chokar, Toronbozor masjidlari (20-asr boshlari), Saidahmad Xoja Eshon madrasasi (19-asr oxiri) va boshqa saqlanib qolgan. M.da buyuk alloma Burhoniddin Margʻinoniy yashab oʻtgan, shoira Uvaysiy (Jahon Otin) tugʻilgan va boshqa bir qancha mashhur kishilar ijod qilganlar.
Turar - joy (boshqa nomlar: uy - joy, makon, istiqomatgoh) odam yoki hayvonlar istiqomat qiladigan inshootga aytiladi. Oila istiqomat qiladigan uy, oilaning maishiy hayoti muhit. Turar - joylar ibtidoiy davrlardanoq taom tayyorlash, libos kiyish qatorida paydo bo‘lgan. Turar - joy me’morligi eng ko‘p tarqalgan inshoot turi bo‘lib, boshqa turdagi inshootlarni shakllanishini va rivojlanishini ko‘p jihatdan belgilab bergan.
Xulosa: Tarixga nazar soladigan bo`lsak qadimgi Xitoy manba’lari, arxeologik tadqiqotlar natijalari va boshqa ma’lumotlarga tayanib, shuni ta’kidlash mumkinki, Marg`ilon shahari milodiy eradan avvalgi II asrda ham yirik aholi maskani, shahar sifatida mavjud bo‘lgan. Mo‘yimuborakdagi arxeologik qazuv ishlari davom ettirilsa, bu dalilni tasdiqlaydigan yanada ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin1.
Vatanimizda qadimdan yuksak madaniyat va ilm - fan, me’moriy obidalari bilan ko‘pchilikni hayratga solib kelgan yurtimiz Istiqlol sharofati bilan zamonaviy sayyohlik markaziga aylanmoqda. Respublikamiz hududida turli davr va sivilizatsiyaga dahldor to‘rt mingdan ortiq qadimiy me’morlik va san’at yodgorliklari mavjud. Ulardan 140 tasi YUNESKO tomonidan muhofazaga olingan tarixiy obyektlar ro’yxatiga kiradi. Aynan madaniy - tarixiy merosimiz, mangulikka dahldor ko‘hna shaharlarimizdagi noyob me’moriy obidalar O‘zbekistonning xalqaro sayyohlik bozoridagi yuksak salohiyatidan dalolat beradi. Farg‘ona viloyatida ham mazkur yo‘nalishda muayyan ishlar amalga oshirilmokda.
Bizning viloyatimiz O‘zbekistonimizning gavhari bo‘lgan go‘zal diyor sifatida ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Istiqlol yillarida bu maskan yanada chiroy ochdi. Ahmad Farg‘oniy, Burxoniddin Marg‘iloniy kabi allomalarimiznig hamda Marg‘ilon shaharining yubileylari jahon miqyosida nishonlanishi xorijliklarning bu zaminga bo‘lgan qiziqishini yanada ortirib, sayyohlik salohiyatini yuksalishiga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda Farg‘onaga tashrif buyurayotgan mehmonlar uchun Marg‘ilon, Qo‘qon va Farg‘ona shaharlari hamda Rishton, Quva tumani bo‘ylab sayyohlik yo‘nalishlari tashkil qilinmoqda. Yangi sayyohlik yo‘nalishlari - Marg‘ilonda Burxoniddin Marg‘iloniy, Said Ahmad Eshon majmualari, Pirsiddiq Hazrat chillaxonasi va maqbarasi, Kaptarli mozor, Uvaysiy uy - muzeyi, hunarmandlar ustaxonasi, Qo‘qon shaharidagi O‘rda saroyi va unda joylashgan o‘lkani o`rganish muzeyi, Jome, Kamol qozi masjidlari, Norbo‘tabiy majmuasi, Dahmai Shohon va Madalixon tarixiy yodgorliklari, Farg‘ona shahri hamda Ahmad Farg‘oniy majmualari bo‘ylab uyushtirilayotgan ekskursiyalar sayyohlarda katta taassurot qoldirmoqda. Milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasining tashkil etilishi ham yangi imkoniyatlarga yo‘l ochmoqda.
Viloyatda bugungi kunda 15 tadan ziyod sayyohlik firmalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, bunday sayyohlik firmalarning soni yil sayin ko‘payib bormoqda. Bunday firmalarning ko‘payishi, yurtimizga kelayotgan sayyohlarga xizmat ko‘rsatish darajasini oshishiga hamda yurtimining nurli tarixini dunyo xalqlariga tanitish uchun xizmat qiladi.
Bugungi kunda ushbu dissertatsita mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, qadimiy xalqlarning yashash tarzi, urf - odatlari, qadimda nimalar bilan shug‘ullanganligi, me’morchiligi bilan yaqindan tanishish, o‘rganish, yaqindan bilish uchun turistlar kelmoqda. Biz tarixiy urf - odatlarimizni, yodgorliklarimizni yaqindan tanitish uchun yurtimizdagi bunday obidalarni qayta tiklash (rekonstruksiya) qilishimiz hamda, dunyo xalqlariga tanitish bilan birga turistlarni jalb qilishimiz kerak. Buning uchun Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan qator qonun hamda farmonlar chiqarilgan bo‘lib, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining arxitektura va shaharsozlik to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasining madaniy me’ros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF - 4068 - son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 yanvardagi “Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risida” gi farmoyishlari2 va boshqa ko‘plab normativ hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ular o‘z navbatida sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarni xuquqiy asosi bo‘lib, uni rivojiga hissa qo‘shmoqda.
Hozirgi kunda Respublikamiz hududidagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, masjid, madrasalar, tarixiy bog‘lar va boshqa noyob tarixiy yodgorliklarni ularning tarixiy qiymatiga zarar yetgazmay ta’mirlash, ularni obodonlashtirish, dunyoga tanitish va O‘zbekistonni turistik salohiyatini oshirish, hamda bunday joylar atrofidagi bog‘larni zamonaviy va yangicha qurilishda tashkil qilish, mavjud shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchiligimizni asosiy prinsplari sanaladi.



I-bob.



O‘rta Osiyo tarixiy shaharlarida turar – joy uylarini me’moriy shakllanishi





Download 421.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling