O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg‘ona Politеxnika instituti Qo‘lyozma xuquqida Qo‘rg‘onova Zulayxo Rustamjon qizi


Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo shaharlarida


Download 421.5 Kb.
bet3/11
Sana12.02.2023
Hajmi421.5 Kb.
#1191950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Marg`ilon shahri turar joy arxitekturasi

1.2.

Ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo shaharlarida turar - joylarning shaharsozlikda tutgan o‘rni.


Margʻilon (boshqa nomlari Margilan, Margelan) — Oʻzbekiston shaharlaridan biri. Farg`ona viloyatida joylashgan. Aholisi 190,2 ming kishi. Shaharda 30 dan artiq millat va elatlar istiqomat qiladi. Jumladan, 91,9 % o`zbeklar, 3,1 % ruslar, 1,4 % tatarlar. Shahr iqlimi — kontinental, qish yumshoq, yoz esa juda issiq keladi.
Geografik kordinatlari:40°28' 16 N Shimoliy kenglik, 71°43' 29 E Sharqiy uzunlikda. Dengizdan 487 metr balandlikda. Margʻilon shahri ming yillardan beri oʻzining usta-hunarmandlari, olimu fuzalolari bilan dunyoga mashhurdir. 2007-yil YUNESKO qaroriga binoan shaharning 2000 yillik tantanalari oʻtkaziladi. Xitoy olimlari ilmiy ishlarida bu shahar Hozirgi Margʻilon shahriga togʻri keladi va bu shahar 2700 yil tarihga ega ekanligini isbotlaydi.
Margʻilon tarixi afsonalarga koʻra, Margʻilonga Iskandar Zulqarnayn tomonidan asos solingan. Aytishlaricha Zulqarnayn ovqatlangani toʻhtaganda, unga Murg` yaʼni tovuq va Non berilgan ekan va shundan Murg`inon boʻlib shaharni nomi kelib chiqqan ekan. Lekin boshqa ishonchliroq maʼlumotlarga qaraganda Marg`ilon Miloddan Keyingi IX asrda Buyuk Ipak Yo`lidagi muhim shaharlardan boʻlgan. XV asrda yashab oʻtkan vatandoshimiz va Boburiylar imperiyasining asoschisi Bobur oʻzinig Boburnoma kitobida «koʻb yahshi narsalarga boy shahar.Uning shaftolilari va anorlari ham koʻb yahshidur» deb yozgan. Uning aytishicha «Samarqand ning va Toshkent ning eng koʻzga koʻringan bezori va urishqoqlari Margʻilonliklardir». 1710-1876 yillarda Qo'qon xonligi davrida shahar Margʻilon bekligi markazi, xonlikning muhim strategik ahamiyatga molik kenti boʻlgan. Margʻilon Chor Rossiyasi hukmronligi davrida Turkiston guberniyasi takibidagi, Farg'ona viloyati, Margʻilon uezdi markazi boʻlgan. Shaharda hamma zamonlarda ham hunarmandchilik va savdogarlik yuksak darajada rivojlangani maʼlum. Shuningdek, Margʻilonni "Sunduqul orifiyn" (Oriflar sandigʻi) deydilar. Bunga sabab esa bu shahardan juda koʻp olimu fuzalo, oriflarning chiqqanidir. Margʻilon savdogarlari O`rta Osiyo savdo-sotiq ishlarida muhim rol oʻynaganlar va Sovet davrida bu shaharni odamlarini qonun bilan chiqishmovchiliklari boʻlgan.
Yana shaharda, Oʻzbekistondagi eng yirik Shoi ishlab chiqaradigan Yodgorlkik Shoi korhonasi va Turon shoisi korhonalari joylashgan. Farg`ona Vodiysiga shoi toʻqish qachon kelganligi nomaʼlum, lekin eski zamonlardan maʼlumki Marg`ilon bu sohada juda mashhur boʻlgan.
Marg`ilon shahri me’morchiligining o‘ziga xos tomonlarini ko‘rib chiqar ekanmiz, turur - joylardagi me’moriy - badiiy jihatdan qulayligi qurilish materiallarining chidamliligi hududning iqlim sharoitiga mosligidan bu mintaqaning qadim zamonlardan boshlab taraqqiy etgan madaniy maskanlardan biri bo‘lganligini va teran me’morchilik hamda shaharsozlik tarixiga ega ekanligini ta’kidlab o‘tmoq lozimdir. Marg`ilon shahrining shaharsozlik madaniyati miloddan oldingi II - III ming yilliklarga borib taqaladi. Jumladan, Elaton Buzilmas, Olis Iskandariya (Aleksandriya Esxata), Ok tepa, Ko‘l tepa, Munchoq tepa, mug‘qala, Ershi singari 2 - 3 ming yillik tarixni o‘zida mujassamlashtirgan shahar xarobalarining qazib o‘rganilganligi bundan dalolat berib turibdi. Shuningdek Koson, Quva, O‘zgan, Axsi shaharlari o‘rta asr tarixiy manbalarida ko‘p o‘rinlarda tilga olinadi.
Farg‘onasining yuksak madaniyati haqida ilk o‘rta asrlarda Xitoy tarixiy manbalarida ma’lumotlar saqlangan bo‘lsa, somoniylar va qoraxoniylar hukmronligi davrida bu yerda saltanatning hududiy markazlari tarxi tuzilganligi xususida biz yuqorida to‘xtalib o‘tgan edik. Temuriylar davrida esa Umar Shayx hamda Bobur Mirzo tomonidan barpo etilgan shaharlar tafsiloti shoh asar «Boburnoma” da keng: yoritilgan.
Shunday ekan, Marg`ilon shahri an’anaviy turar - joylar me’morchiligi butun O‘rta Osiyo me’moriy an’analarini o‘ziga singdirish bilan birga qadimiy Farg‘ona vodiysiga hos mahalliy madaniyat asosida yuzaga kelgan, shuning uchun ham XVIII asr Marg`ilonning shaharlari asosan o‘rta asrlarga oid feodal shaharlarga xos qurilishni ifoda etgan. Shaharlardagi tarixiy an’anaviy turar - joylar, shahar markazlari arkdan iborat bo‘lgan. Shahar markazlarida, ko‘chalar kesishgan joy - chorsuda odatdagicha bozor joylashgan.
Marg`ilonning shahridagi maqbara va dahmalar va turur - joylarning bunyod etila borishi yangi bir turdagi imorat - yo‘nalishlarini kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Madrasalar old qurilishlariga turar - joylarda ishlatiladigan yog‘och ustunli ayvon va ganch shakllari qo‘llanilishi yangi yo‘nalishdagi me’moriy fikrlashlarga olib keldi. Bu yerda Buxoro yoki Xivadagidek alohida minora qurilishini ko‘rmaymiz. Turar - joy imoratsozligi Farg‘ona va Qashg‘ar an’analarini uyg‘unlashtirib g‘oyat nafis yechimlarni keltirib chiqaradi. Ship, ustun va boshka yog‘och elementlarda o‘ymakorlik qatori rangli naqshinkorlik mahoratixalq amaliy san’atida o‘zgacha hususiyat va alohidalikni keltirib chikardi. Marg`ilon va Farg‘ona vodiysi me’morchiligi Markaziy Osiyo me’morchiligining boshqa hududlariga nisbatan kamroq o‘rganilganligini nazarda olsak, hali bu yerda ko‘p sirlarni bilib olishimiz mumkin.
Marg`ilonning badiiy me’morchiligi haqida gapirganda, hududda bunyod etilgan an’anaviy choyxonalar qurilishiga to‘xtalib o‘tishimiz kerak. Farg‘ona vodiysidagi choyxonalarning joylashuvi bir necha turli xilda qurilgan. Choyxonalar shahardan tashqarida aholi joylarini tutashtiruvchi yo‘llar va tabiatning so‘lim joylarida, karvonsaroy hamda bozorlar qoshida va mahalla markazlari turar - joylar zich joylarda qurilgan. Choyxonalar ariq yoki anhorlar ustida qurilgan. Ko‘p hollarda hovuzlar atrofiga, quyuq soya tashlab turuvchi daraxtlar bilan o‘rab olingan alohida joylarda ham dam olish maskani sifatida choyxonalar qurilgan.
Shahardagi binolar esa yopiq jamoa xonasi, samovar joyi va yozgi ayvon yoki shiyponlardan iborat. Ularga yondosh qilib o‘tinxona, idish - tovoq va boshqa jamoa hamda xo‘jalik anjomlari saqlanadigan xonalar qurilgan. Keyingi davr choyxonalari tarkibiga ovqat qilish joylari va tashrif hujralari kiritilgan.
Asosan shaharlar ko`pgina bo‘lib o‘tgan siyosiy - iqtisodiy inqirozdan keyin o‘zlarini tiklab oladilar. Yangi shaharlar ham barpo etiladi. Jumladan, Shaharixon XIX asrda vujudga kelgan shaharlardandir. Ba’zi shaharlar o‘zlarini kichikrok miqyosda o‘nglanib oladilar. Ariqlar qazilib (masalan, Toshkent tevaragidagi Xonariq) yangi manzilgohlar barpo etiladi. Chunonchi, Rossiyaning bosqinchiligiga qarshi tadbir sifatida Sirdaryo bo‘ylarida qa’lalar tizimi barpo etiladi. Ularning ichida eng mashhuri - Oq masjid qa’lasi bo‘lgan.
Markaziy Osiyoning Turkistonida ba’zi shaharlari to‘g‘risidagi chor ma’muriyati keltirgan statistik ma’lumotlarni tahlil qilishda quyidagi vaziyatga e’tibor berish kerak. Mustamlakachilar shunday ish olib borganki, uning natijasida aholisi ko‘proq bo‘lgan, qadimiy shaharlar shahar deb hisoblanmagan, kolonial maqsadlarda barpo etilgan, aholisi kam bo‘lgan joylar esa shahar hisoblangan. Bunga o‘xshash statistika sovet davrida ham davom etdi.
Shaharning aholi yashah joylarda hududiy - ma’muriy bo‘linish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Shaharlar odatda yirik va mayda, qishloqlar esa fakat mayda shaharsozlik birliklarga bo‘lingan. Bu shaharsozlik bo‘linmalar turli nom bilan yuritilgan. Buxoro 12 jarib yoki mahalla, Samarqand 4 qit’a, Qo‘qon, Marg‘ilon, Toshkent shaharlari 4 daha deb nomlangan yirik bo‘linmalarga taqsimlangan edi. Yirik bo‘linmalar o‘z navbatida maydalariga bo‘lingan. Bular ham turli - joylarda turlicha nomlangan. Mayda bo‘linmalar Buxoro, Samarqand, Qarshi kabi shaharlarda - guzar; Marg‘ilon, Qo‘qon, Toshkent kabi shaharlarda - maxalla, Xorazmda esa - masjid (masjidkavm)deb atalgan. Demak, “maxalla” iborasi qo‘llanish joyiga qarab ikki ma’noni bildiradi: Buxoroda - bu yirik bo‘linmani boshqa hollarda esa mayda bo‘linmani anglatadi.
Markaziy Osiyodek iqlimi issiq mintaqada suvning ahamiyati beqiyosdir. Shaharning suv tarmog‘i boshida bir yoki ikki bosh ariq turadi: Buxoroda - Shohrud, Samarqandda - Siyob, Xivada - Polvon yob, Farg‘onada (Isfara, So‘x, isfayramsoy, Oqbura, Shohimardonsoy), Marg‘ilonda - Marg‘ilonsoy, O‘ratepada - Kattasoy, Toshkentda - Bo‘zsuvning ikki shohi - Kalkovuz va Anhor. Xo‘jand esa Sirdaryoning o‘zidan suv ichadi. Daryo va bosh ariqlardan yon ariqchalar ajraladi. Ulardan ham maydalanib borgan ariq deyarlik har hovligacha yetib borgan va shahardan chiqib ketgan. Har honadon o‘z hovlisiga iloj bo‘lmaganda qo‘shnining hovlisi orqali o‘tkazishga haqli bo‘lgan. Bu rioya qilinishi shart bo‘lgan odat obraha haqi nomi bilan ma’lum bo‘lgan. Ariqlarning yo‘nalishi yerning past - balandligiga bog‘lik bo‘lgan va shaharning ba’zi qismlarida ko‘cha bo‘ylab o‘tgan. Iste’mol uchun suvni aholi aksar katta va kichik hovuz va hovuzchalardan olgan. Oqar suvdan tashqari bo‘lok va quduqdan ham foydalanilgan. Xivaning Bog‘cha darvozasi oldidagi kuduq, Toshkentda Chorsuda bo‘lgan Dukkosha bulog‘i ma’lum va mashhurdir. Marg`ilonda ham shu kabi ariq va quduqlardan foydalanib kelingan. Suv inshootlarining yaxshi holatda saqlanishiga alohida e’tibor berilgan.
Turkiston shaharining ko‘rkamligini ko‘p jihatdan bog‘lar ta’minlagan edi. Bog‘larga asosan mevali daraxtlar ekilgan. Ular ko‘proq shahar chekkalarida va qo‘rg‘on devor tashqarisida barpo etilgan. Yuqorida zikr etilgan mavzu va bog‘otlarning asosiy qismini bog‘lar, polizlar tashkil etgan. Ularning orasida dala hovlilari (uylar) joylashar edi.




Download 421.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling