O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg‘ona Politеxnika instituti Qo‘lyozma xuquqida Qo‘rg‘onova Zulayxo Rustamjon qizi


Tarixiy shaharlarda an’anaviy turar - joylar qurilish ashyolari va badiiy yechimlari


Download 421.5 Kb.
bet7/11
Sana12.02.2023
Hajmi421.5 Kb.
#1191950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Marg`ilon shahri turar joy arxitekturasi

2.3. Tarixiy shaharlarda an’anaviy turar - joylar qurilish ashyolari va badiiy yechimlari
IX asr boshlarida O‘rta Osiyoda asosan hom g‘isht, paxsa ishlatilgan bo‘lsa keyinchalik pishgan g‘isht ma’muriy va jamoat binolari qurilishida asosiy material bo‘lib qoldi. Turar joy binolari qurilishida esa sinchli kontruksich keng tarqaldi. Pardoz ishlarida somonli loysuvoq qatorida ganchning har xil turlari ishlatilgan. Keyinchalik sirlanmagan koshin va sopol plitkalar, XII asrga kelib qisman sirlangan koshin va sirlangan yaxlit o‘ymakorlikda pishirilgan loy bo‘laklari - parchin (mayolika) ishlatish usuli kashf etildi.
Eng qadimgm obidalardan Qadimiy Xorazimdagi Qavat qa’la, Samarqand (Afrosiyob) dagi somoniylar qasrining bir qismi va Termiz yaqinidagi Qirq qiz qa’lasini qayd qilish mumkin. Bularning har uchalasi hom g‘isht pa paxsadan bunyod etilgan.
Afrosiyobdagi somoniylar qasrining bir qismi hisoblanuvchi binoning old tomoni yog‘och ustunli, peshayvonli bo‘lib, o‘rtada tomi gumbaz bilan yopilgan katta xona va uning ikki yonida yana ikkita qo‘shimcha xona bo‘lgan. Asosiy zal shtuk deb (yevropacha) nomlanuvcha ohaktoshli ganchning ichiga tolasimon o‘simliklar qo‘sxilgan materialdan juda nafis o‘ymakorlik usulida hashamdor qilib ishlangan.
Termiz yaqinidagi Qirq qiz qa’lasi o‘zining kostruktiv va me’moriy yechimlari bilan hammani 1000 yildan beri lol qildirib kelmoqda. Uning tarhi kvadratga yaqin ko‘rinishda bo‘lib (53,8 x 54,8 m) to‘rt burchagida guldastasimon burchagi bor. Diqqatga sazovor joyi shundaki, paxsa va hom g‘ishtdan tiklangan bu imoratning asosiy devori mana ming yildirki qad ko‘tarib turibdi. Buning bir necha omillari bor. Birinchidan bino atrofi qandaq bilan o‘rab olingan bo‘lib, u qam yaxshi saqlangan. Bu esa qazib olingan tuproqning qurilish matsriali sifatida ishlatilganligidan tashqari, binoning sun’iy tepaligiga yotqizish bo‘lishi, mudofaa inshootini tashkil etishda qamda yer osti suvlarini mana shu chohga to‘plab bino poydsvoriga sizib chiqishini bartaraf etishda muhim o‘rin tutgan. Ikkinchidan minglab yillar davomida yaratilgan va bugungi kunda e’tiborsizlik natijasida unutilib ketgan maxsus loy qorish va uni ishlatish texnologiyasi afzalligini ko‘rsatib o‘tish lozim. Nomigagicha dayalat tomonidan muhofaza etiladigan, aslida qarovsiz yotgan bu binoning oxirgi gumbazlari qulab hozirgi kunda bir necha uzunchoq dahlsiz yopmalari nuragan qolda saqlanib turibdi.
Umuman olganda IX - X asrlarda hom g‘isht va paxsadan qurilgan imoratlarning turli holatda saqlanib qolgan xarobalari Mari atroflari, Qadimgi Xorazm yerlarida uchraydi. Lekin pishiq g‘ishtdan ishlangan dastlabki imoratlar qatorida Buxoroda saqlanib qolgan Somoniylar maqbarasini misol keltirish mumkin. Bu inshoot Ismoil Somoniy davrida (873/4 - 907 yillar) qurilgan deb hisoblanadi. O‘rta Osiyo me’morchiligi durdonasi hisoblanadigan bu maqbara kubsimon hajmda bo‘lib, tomonlarining tashqi uzunligi 10 mga yaqindir. Nihoyatda jozibador ishlangan bu binoning ichki tomonlari 7,2 x 7,2 m bo‘lib, usti gumbaz tarzida yopilgan. Kompozitsion jihatlaridan somoniylar maqbarasi qadimgi Eron va O‘rta Osiyo me’morchiligidan ma’lum bo‘lgan “chortoq” kompozitsiya tipini tashkil etadi va V - VIII asrlarda keng tarqalgan otashparastlar ibodatxonasi - olovxonani eslatadi. Uning tavsifi kup adabiyotlarda berilganligini hisobga olib, binoning qurilishida ishlatilgan asosiy g‘isht razmeri 23 x 23 x 3 sm ekanligini, shu bilan birga kichkina gishtchalardan boshlab (12 x 12 x 3 sm toqida ishlatilgan), to yirik razmerli (60 x 63 x 6,5 sm) gishtlar qo‘llanilgakligini ko‘rsatib o‘tamiz.
Yana bir diqqatga sazovor bino - bu Samarqand viloyati, Tim qishlog‘idagi Arab - Ota maqbarasidir. Bu inshootni qator olimlar 977/78 yillarda maqbara sifatida qurilgan deb hisoblashsa, P. Sh. Zohidov uni keyinchalik maqbaraga aylantirilgan, aslida somoniylar qasrlaridan' birining saqlanib qolgan qismi, deb hisoblaydi. Arab - Ota maqbarasi ham 23 x 23x3,5 sm li pishiq g‘ishtdan bunyod etilgan bo‘lib, ichki razmeri 5,6 x 5,6 mni tashkil etadi. Uning farqi shundaki, kirish yo‘ly bitta bo‘lib, hashamdor peshtoq orqali yo‘nalgan.
Garchi olimlar orasida O‘rta Osiyo me’morchiligida peshtoqning ishlatilishi qaralayotgan davrdan birmuncha oldin ma’lum edi, degan fikr mavjud bo‘lsada, saqlanib qolgan obidalar orasida Arab - Ota maqbarasiga bu jihatdan dastlabki namuna deb qarash mumkin. Bu yerda peshtoq butun bir (sharqiy) devorni tashkil etadi. Kiraverishdagi toqining sechorak (silindrning 3/4i) qismi ustunga o‘rnatilganligi somoniylar maqbarasidagi kirishni eslatadi. Kiraverishdagi ravoq ustida yana uchta yorug‘lik tushuvchi ravoqchalar joylashganki, bu uslub keyingi davrlarda peshtoqlar ustki qismini ravoqlar bilan bezatish yo‘nalishini keltirib chiqaradi.
Qurilish uslubiga qarab X asr oxiri XI asr boshlarida qurilgan deb hisoblanadigan Karmanadagi (Navoiy rayoni) Mirsaid Bahrom maqbarasining ham old fasadini peshtoq tashkil etadi. Uning ichki razmerlari 4,47 x 4,4 m ni tashkil etib, 21 x 21 x 2,5 sm li pishiq g‘ishtdan qurilgan.
Umuman olganda IX - XII asrga oid maqbaralar O‘rta Osiyo hududida anchagina saqlanib qolgan. Bular jumlasiga Termiz yaqinidagi Sulton Saodat kompleksidagi, O‘zgan, Miyona, Seraxs, Mari (Ko‘hna Marv) dagi va boshqa maqbaralar kiradi. Shularning ichida ayniqsa Marvdagi Sulton Sanjar maqbarasi diqqatga sazovordir. 1175 yilda vafot etgan va Xuroson hokimi bo‘lgan saljuqiy Sulton Sanjar o‘zi hayotlik vaqtida qurdirgan, deb taxmin qilinuvchi bu bino devorlarining qalinligi 5 mni tashkil etib, maqbaraning ichki tomonlari 17 mni tashkil etuvchi kvadratdan iboratdir. Ichki balandligi 35 mga teng bo‘lgan bu imorat nihoyatda mahobatlilir. Kirish eshigi g‘arb tomonda joylashgan. To‘rtburchak qismining balandligi 15 m. Undan yuqoridagi gumbazga o‘tuvchi sakkizburchak qismi tashqi va ichki tarafdan ravoq dor galereyani tashkil etadi. Sakkiz burchakning har uchidan gumbaz konstruksiyasini tashkil etuvchi qobirgalar intersrda ko‘rinib turadi. Ular o‘zaro kesishgan toqlar Slinga zarba” usuli) majmuasidan iboratdir. Bino gisht va ganchdan iborat girih hamda chizma naqshlar bilan ziynatlangan. Gumbaz tashqi ko‘rinishi moviy rangda bo‘lganligi haqida o‘sha vaqtda yashab o‘tgan mualliflarning ma’lumoti saqlanib qolgan. Sirli koshinning qo‘llanila boshlanishi mana shu davr ya’ni XII asrdan boshlanganligini ko‘pgina olimlar qayd etganlar.
Yana diqqatga sazovor hol shuki, O‘rta asrlarda O‘rta Osiyo me’morchiligida keng ishlatilgan ikki gumbazli (ichki va ustki) konstruksiya ham dastlab XI - XII asrlarda Xurosonda uchraydi. Misol tariqasida Seraxsdagi Abul Fazl, Miyonadagi Abu Said, Tusdagi al G‘azOliy maqbaralarini ko‘rsatib o‘tish kifoya. Shuningdek butun dunyoga mashhur Marv (qadimda Xuroson markazi, hozirgi Mari va Bayram Ali shaharlari oralig‘idagi xarobalar) yaqinidagi eng katta bir xonali imoratlardan hisoblanadigan Sulton Sanjar maqbarasi ham ikki qavatli gumbaz bilan yopilgan.
XI - XII asrlarda bunyod etilgan maqbaralar ichida chodirsimon (sxatroviye) gumbaz bilan yopilganlari alohida ajralib turadi. Bu turdagi gumbazlar Pokiston, Hindiston va Qo‘qonda ham shu kabi “gumbazli turkistoni” deb nomlanishini e’tiborga olib biz ham shu iborani qabul qilamiz. Gumbazi turkistoni bilan yopilgan maqbaralar turkumiga Qadimgi Toroz (hozirgi Jambul) yaqinidagi XI asrda qurilgan Bobaji Xotun va Ko‘hna Urgaichdagi Faxriddin Roziy hamda Sulton Tekesh maqbara va turar joylarini misol keltirish mumkin. Bu binolar ham pishiq g‘ishtdan qurilgan bo‘lib ichki va sirtqi gumbazlardan iborat bo‘lgan.
Hovlili masjidlardan dastlab barpo etilganlari Afrosiyob qazishmalaridan ma’lum. Somoniylar davrida paxsa va 52 x 26 x 12 sm razmerli hom g‘ishtdan bunyod etilgan bu masjid dastlab tashqi tomonlari 84,6 x 84,6 m li kvadrat tarzida bo‘lgan. Uning ichki hovlisining to‘rt tomonida hom gishtdan tiklangan ustunlar ko‘tarib turgan aynonlar bo‘lgan. Keyinchalik masjid bir necha marta qayta qurilib mo‘g‘illar istilosi davri (1220 yil) da uning tomonlari o‘lchami 84,6 x 137,4 mni tashkil etadi. Uning Makka (qibla) ga qaratilgan mehrob tomoni ayvonining eni chuqurligi 34,5 mli bo‘lib qolgan uch tomon ayvonidan 1,5 martaba kengdir. Buxorodagi Kalon masjidining ham shu davrda yog‘ochdan (sinchli bo‘lsa kerak) qurilganligi va uni Chingizxon yoqib yuborganligi ma’lum. Shu davrda Xurosonda bunyod etilgan hovli atrofi ayvonlar bilan o‘ralgan masjidlar qatoriga Dandonakon (hozirgi Turkmaniston) dagi va Boshondagi masjidlarni misol keltirish mumkin. Ulardan birinchisi eni 25 va uzunligi 35 m ga yaqin bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishida bo‘lsa, ikkinchisi kvadrat shaklidagi tomonlari 35 m dan ortiq va kiraverish tomonining chap (shimolmy - sharqiy) burchagida minorasi bo‘lgan.
X - XI asr masjidlaridan yana Termizdagi Chorsutun na Karmana yaqinidagi Hazora qishlogidagi Deggaron masjidlarini qayd etib o‘tish lozim. Deggaron masjidi xona markazida joylashgan pishiq gishtdan bunyod etilgan to‘rt silindrik ustunlar vositasida yopilgan imoratdan iborat. To‘rt ustunning ustida diami 6,4 m bo‘lgan markaziy gumbaz va uning atrofida 8 ta yana kichikroq gumbazlar bino yopmasini tashkil etadi. Yon devorlar hom gisht va paxsadan iborat.
Tarixchi Muhammad Narshohiyning ma’lumotiga qaraganda Buxoroda (shu jumladan Movarounnahrda) gi ilk masjid 713 yilda shu shahar arkida sanamlar butxonasi o‘rnida qurilgan. Ayni shu tariqa nafis Buxoro markazidan o‘tadigan Shoqrud yeqasida, sanam va but bozori yaqinida ibodatxonani qayta qurish natijasida paydo bo‘lgan Moq masjidi haqida qam yozadi. V. V. Bartold va undan keyingi olimlar bu masjidni hozirgi Mag‘oki Attori (hozirgi peshtoqi XII asrda qurilgan, asos qismlari X asr) o‘rnida bo‘lgan deb taxmin qilishadi. Bizga ma’lum, necha - necha ming yilliklar davomida shakllangan odatga ko‘ra namoz o‘qish azonga chiqarishdan boshlanadi. Shuning uchun ham masjidlarni minorasiz tasavvur etish qiyin IX asrga oid minora poydevori Afrosiyob masjidining Shimoliy devori tashqarisida topilgan. Lekin uning yomon holatda saqlanganligi boshlang‘ich ko‘rinishi haqida fikr yuritish imkonini bermaydi. Shuningdek XII asr boshlarida qurilgan minoralar To‘qmoq (Bishkek yaqinida) shaharida, Ko‘hna Urganchda, Termizda va Qo‘qonda saqlanib qolgan. Ammo Jarqo‘rg‘on (to‘liq balandligida bo‘lmasada), Buxoro va Vobkent minoralari yaxshi saqlanib qolganligi tufayli ularning tavsifiga mufassalroq to‘xtalamiz.
Jarqo‘rg‘ondagi minora 1108 - 1109 yillarda Seraxslik usto Ali ibn Muqammad tomonidan qurilganligi ma’lum. Uning dastlabki balandligi ancha viqorli bo‘lib uch oshiyonadan iborat bo‘lgan deb taxmin etiladi. Hozirgi saqlanib qolgan balandligi 21,6 m va ostki diami 6,4 mga teng. Devorlari yarim aylanasimon bo‘rtmalar tarzida olinib ular yuqori qismida ravoqchalar bilan tutashtirilgan. Bu shakl O‘rta Osiyo me’morchiligida ko‘p qadim davrlardan boshlab mavjud bo‘lgan va 1220 yilda Dehlida qurilgan Qutb Minorada ham qaytariladi. Yana bir dunyoga mashhur obida - bu Buxoroda 1127 yilda qoraxoniy Arslonxon buyurtmasi bilan qurilgan Minorai Kalon hisoblanadi. Uning balandligi 45 m 60 sm, 10 burchakli poydevor ustidagi asosining diami 9 mga yaqin. Juda qam nafis ishlangan bu inshootning mezanadan pastroq qismida uni qurgan usta - me’mor Baqo nomi koshinlar orasiga yashirincha yozilgan deb sanaladi.
Xalq orasnda Minorai Kalonni qurgan ustaning shogirdi bunyod etgan deb hisoblanuvchi Vobkent minorasi ham diqqatga sazovordir. Balandligi 38,7 m, burchakli poydevorga qurilgan bu minora 1196 - 1197 yillarda qurilgan bo‘lib, ostki asosining diami 6,2 m. Bu minora qam pishiq gisht bilan naqshinkor etib ziynatlanib Minorai Kalon singari mezana ostida sirli koshinlik xalqa naqshga ega.



Download 421.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling