O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Farg‘ona Politеxnika instituti Qo‘lyozma xuquqida Qo‘rg‘onova Zulayxo Rustamjon qizi


Tarixiy shahar markazlarida an’anaviy turar - joylarning hajmiy - fazoviy, konstruktiv yechimlari


Download 421.5 Kb.
bet6/11
Sana12.02.2023
Hajmi421.5 Kb.
#1191950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Marg`ilon shahri turar joy arxitekturasi

2.2. Tarixiy shahar markazlarida an’anaviy turar - joylarning hajmiy - fazoviy, konstruktiv yechimlari
Mahobatli me’morlikni ko‘p jihatdan turar uylar me’morchiligi belgilagan. Boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi turar uylar mahalliy qurilish ashyolaridan bunyod etilib tabiiy - iqlimiy muhit bilan bog‘liq holda rivoj topgan. Ularni qurishda toshdan, ko‘proq esa tuproqdan (guvalak, hom va pishiq g‘isht, paxsa holatlarida), yog‘ochdan, qamishdan, ganchdan (ganch xok, gulganch va boshqa holatlarida) foydalanishgan. Uylarning shakllanishida yil davomida issiq (iliq) kunlar ko‘pligi, hovlining (ochiq muhitning) ahamiyati katta bo‘lishiga olib kelgan; atrofi Qizil va Qoraqum sahrolari bilan qurshalgan iqlimi qattiq Xorazm bundan mustasnodir. Uylarning konstruksiyasi asosan tayanch - to‘sinli bo‘lgan uylar tarqalmagan. Turar - uylarning shakl shamoyiliga xalqlarning mentaliteti (mahalla bo‘lib yashashga intilishi, bolajonligi, mehnatsevarligi kabilar), urf - odatlari, turmush tarzi, kasbkori, moddiy imkoniyati va boshqalar ta’sir ko‘rsatgan, davrning taraqqiyot darajasini ifoda etib kelgan. Turar uylar me’morligida oilani toza suv bilan ta’minlash, oqavani bartaraf etish, xonalarni yoritish, shamollatish, isitish, zilzilabardoshlik kabi muammolar turli davrlarda turlicha xal etilgan. Uylar ichida asosan shahar va qishloq uylarini farqlash mumkin. Uylarning qiyofalarini belgilashda ulardagi jihoz (xonumon) katta rol o‘ynaydi. Uylar qadimdanoq xonalar (yopiq muhitlar) va hovlilar (ochiq muhitlar), ba’zan yana bog‘dan iborat holda shakllangan11.
Miloddan oldingi 2 ming yillikning oxirlari va I ming yillikning boshlari O‘rta Osiyo tarixida quldorlik munosabatlarining yuzaga kelishi bilan belgilanadi. Amudaryoning quyi etaklarida, Farg‘ona vodiysi va Zarafshon vohasida chorvachilik bilan shug‘ullangan qabilalarning qarorgohlari va qabrgohlari ma’lum. Shu vaqtga qadar tuyalar uy hayvonlari sifatida ma’lum bo‘lgan bo‘lsa, endilikda otdan ham shu maqsadlarda foydalanila boshlaydi. Miloddan oldingi X - VII asrlarda bir qator ish qurollari temirdan yasalib, yirik sug‘orish inshootlari barlo etilganligi izlanishlar asosida aniqlangan. Mana shu davrga kelib quldorlik munosabatlariga asoslangan ilk davlat kurtaklari paydo bo‘la boshlaydi. Bir - birovi bilan yer va mulk talashgan qabilalarning o‘zaro urushlari natijasida va yengilgan tomon odamlarining qul qilib olinishi arzon ish kuchini keltirib chiqaradi. Natijada ma’lum xalq - “banda” va uning hokimi “xudo” yuzaga keladi. Bu esa eziluvchi va ezuvchi sinf munosabatlarini keltirib chiqaradi.
Bu davrga kelib sug‘orma dehqonchilik olib borilgan yerlar shimolga qarab kengayadi va ilk davlatchilikning shakllanishidagi dastlabki birlashmalar yuzaga keladi. O‘rta Osiyoning shimolida va Sharqiy Eronda olov muqaddas hisoblanganligi miloddan oldingi 1 ming yillikning boshlariga to‘g‘ri keladi va bir necha yue yildan so‘ng Midiya va Fors davlatining boshqa yerlariga tarqaladi. Otashparastlarning muqaddas kitobi “Averto” ayni shu paytda (m. o. X - IV asrlar) yozila boshlangan degan fikrlar bor. Chunki unda miloddan oldingi VI asrning ikkinchi yarmida shakllangan markazlashgan Eron davlati haqida hech qanday gap yuritilmaydi. Atrsk, Go‘rgon, Qunduz, Murg‘ob, Amudaryo va Zarafshon daryolari havzalarida bir qancha yurtlar yuzaga keladi. Miloddan oldingi X - VI asrlarda qadimgi G‘irqoniya (Kaspiy dengizining janubi sharqiy qirgoqlarida), Parfiya (hozirgi Turkmaniston janubida)12 Areya (Tedjen - Garirud havzalarida), Marg‘iyona (hozirgi Mari, burungi Marv vohasi), Sug‘diyona (Zarafshon vohasi), Baqtriya (Amudaryoning so‘l soxillarida) va Drangiyona (hozirgi Afg‘onistonning janubiy - g‘arbida) madaniyatlari yuzaga kelganligi ma’lum. Bular o‘ziga xos viloyatlarni tashkil etardilar. Bundan tashqari qadimgi Farg‘ona (yunon tarixchilari sharhida Parakan - Parkanus) va qadimgi Xorazm mamlakatlari haqida ham ma’lumotlar bor. Jumladan Abu Rayhon Beruniyning xabariga ko‘ra Qadimgi Xorazm markazlashgan davlat bo‘lib, u o‘z davlat tiliga, hamda yil hisobiga ega bo‘lgan, Iskandar Zulqarnayn (yoki Maqduniy va yana Aleksandr Makedonskiy miloddan oldingi IV asr) boshchiligidagi grek - makedoniya askarlari bostirib kelishganda mahalliy taqvim hisobi bilan X asr bo‘lgan.
Qadimgi yunon manbalarida Baqtriya hokimi “ming shahar egasi” deb nomlangan va Farg‘anada 70 tacha katta va kichik shahar bo‘lgan deyiladi. Haqiqatdan ham O‘rta Osiyodagi ko‘pgina darslar vohalarida ko‘plab shahar xarobalari endilikda jonsiz pastroq tepaliklar sifatila yastanib yotganini ko‘ramiz. Jumladan miloddan oldingi VI - IV asrlarda mavjud bo‘lgan Qadimgi Xoraemdagi Ko‘zali qir, Boaor qa’la, Farg‘onadagi Elaton buzilmas, Tojikistondagi Qa’lai Mor, Qabadiyon, Turkmanistondagi Gaur qa’la va butun dunyoga mashhur Maroqand - hozirgi Samarqand shaharining (Afrosiyob) xarobalarini aytib o‘tish kerak. Yana shuni ham aytib o‘tish joizki, eng qadimgi shaharlarga tegishli deb hisoblangan xarobalar orasida qiziqarli bir turi aniqlangan. U ham bo‘lsa atrofi ko‘pincha to‘g‘ri burchakli va ba’zan to‘g‘ri to‘rt burchakli bo‘lmagan o‘ziga xos turarjoylar bo‘lib, ular atrofi dsnorlar bilan o‘rab olingan shaharlardir. Bular jumlasiga Qa’lali qir, Ko‘eali qir kabi shzhar xarobalari kiradi. Bunday shaharchalarni o‘sha vaqtda 40 x 40 x 10 sm o‘lchamli hom g‘ishtdan ikki yoki uch qator qilib yonma - sn tiklangan, usti ellips shaklidagi ravoq bilan bir necha qator yo‘laklardan iborat hudud tashkil etib, shahar maydoni maxsus devor bilan o‘rab olinganligi aniqlangan. Ma’lum masafada shaharni mudofaa qilish minoralari jaylashgan. Shaharga kirish joylari maxsus labirint tareida qurilgan darvozaxonadan iborat bo‘lib, mudofaa aqamiyatiga ega bo‘lgan, Devor orasidagi yo‘lkalar tomida tuynuklar qoldirilgan deb hisoblanadi. Ular mo‘ri hamda yorug‘lik tushish manbai bo‘lib xizmat qilgan. Endi mana shu ssvor bilan o‘rab olingan maydon nega bo‘sh holdirilganligi masalasiga kelsak, uning suv ohadigan manbalar sahnidan balandligini hisobga olib S. P. Tolstov bu yerda shahar aholisining mol - holi sahlangan bo‘lsa kerak deb taxmin qiladi.

Download 421.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling