James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-chizma: Bazi mamlakatlarda ortacha tarif darajasi (%)
O'qish uchun:
Frederik Bastia. «Quyosh bilan adolatsiz raqobat» Xalqaro savdoning urushdan keyingi davrlardagi ta'sirini kuzatsak, G'arbiy Evropa mamlakatlaridagi ochiqlik darajasi ikkala jahon urushlaridan keyingi tiklanish sur'atiga va milliy iqtisodiyot hajmiga ta'sir ko'rsatganligi ravshan bo'ladi. G'arbiy Evropada Birinchi jahon urushidan keyingi o'n yillikda kuzatilgan iqtisodiy turg'unlik va Ikkinchi jahon urushidan keyingi o'n yillikda kuzatilgan iqtisodiy tiklanish o'rtasidagi tafovut hayratda qoladigan darajada katta bo'lib, bu asosan savdo siyosatida olib borilgan turlicha yondoshuvlarga bog'liq (48) . Birinchi jahon urushidan keyingi iqtisodiy tiklanishga urush davrida yuzaga kelgan va urushdan keyin yanada mustahkamlashgan savdo cheklovlarini kamaytirish uchun institutsional mexanizmlar yetishmagan. Germaniya 1945-yilda taslim bo'lganidan bor-yo'g'i ikki yil o'tib, 23 ta mamlakat tariflarni kamaytirish bo'yicha majburiyatlarni nazarda tutuvchi Tariflar va savdo bo'yicha umumiy kelishuvni (GATT) imzoladi. Urushdan keyin atigi besh yil o'tib, Ga'rbiy Evropaning barcha yirik mamlakatlari uch marta alohida muzokaralar raundida ishtirok etdilar va unda GATT a'zolari soni kengaytirilib, import tariflari yanada pasaytirildi. 130 1947-yil Jenevada o'tkazilgan GATT bo'yicha birinchi muzokaralar raundining asosiy yutuqlaridan biri tariflarning keskin pasaytirilishidir. 9-chizmada tariflarning keskin pasayishi ko'rsatilgan (49) . 9-chizma: Ba'zi mamlakatlarda o'rtacha tarif darajasi (%) 1913 1925 1927 1931 1952 Belgiya 9 7 11 17 t.e. Frantsiya 14 9 23 38 19 Germaniya 12 15 24 40 16 Italiya 17 16 27 48 24 Niderlandiya 2 4 t.e. t.e. t.e. Buyuk Britaniya t.e. 4 t.e. 17 17 Qo'shma Shtatlari 32 26 t.e. t.e. 16 t.e. - taalluqli emas. Izoh: Hamma yillarni taqqoslab bo'lmaydi. Manbalar: 1913 va 1925-yillar uchun hisob-kitoblar Tariflar va savdo bo'yicha umumiy kelishuvning (GATT, 1953) 62- betida keltirilgan Millatlar Ligasidan hamda 1952-yilgi GATT hisob-kitoblari uchun manbalardan olingan. 1927 va 1931-yillar uchun tarif ma'lumotlari Liepmann (1938-yil, 415-bet), 1932-yil Buyuk Britaniya uchun ma'lumotlar Kitson va Solomou (1990-yil, 65-66-betlar) manbalaridan olingan. 10- va 11-chizmalarda (50) ikkala urushdan keyingi davrda G'arbiy Evropaning beshta yirik mamlakatlarida — Frantsiya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya va Buyuk Britaniyada eksport hajmi va real daromadlarning o'zgarishi ko'rsatilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling