James d. Gwartney
Video: Davlat mulkini qayta hisoblash
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Video:
Davlat mulkini qayta hisoblash Davlatning ikkinchi asosiy vazifasi – ishlab chiqarish funksiyasi (?) – bozorlar orqali ta'minlash qiyin bo'lgan faoliyatni amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu ishlab chiqarish funksiyasi ham bilvosita, ham bevosita tarkibiy qismlardan iborat. Bilvosita tarkibiy qismi bozorlar samarali faoliyati uchun muhit yaratishni o'z ichiga oladi. Ta'kidlab o'tilganidek, mulkchilik huquqini himoya qiliuvchi va shartnomalar ijrosini ta'minlovchi huquq tizimi savdo manfaatlarini hamda bozor samaradorligini oshiradi. Shu tarzda, aholining yildan-yilga barqaror xarid qilish qobiliyatiga ega pulni ta'minlaydigan monetar tizim ishonchsizlikni kamaytiradi va ayirboshlashdan foyda olishni yengillashtiradi. Barqaror monetar va narx muhitini ta'minlash davlatning eng muhim ishlab chiqarish funksiyalaridan biridir. 2-bob, 5- elementda muhokama qilinganidek, bu vazifani davlat to'g'ri bajarganda, odamlar ko'proq investitsiya qiladilar, savdo orqali to'laqonli hamkorlik qiladilar va yuqori daromad darajasiga erishadilar. Gohida davlatning ishlab chiqarish funksiyasi bevosita ham bo'lishi mumkin. Ba'zi tovarlar uchun to'langan narx va yetkazib berilgan miqdor o'rtasida birga-bir munosabat o'rnatish qiyin. Masalan, milliy mudofaa barcha fuqarolar uchun bir xil miqdorda ta'minlanadi. Xorijiy tajovuzdan hammani bir vaqtning o'zida himoya qilmasdan, faqatgina ayrim fuqarolarni himoya qilishning ilojisi deyarli yo'q. Bozorlar shunday xususiyatlarga ega tovarlarni odatda juda kam miqdorda ta'minlaydi. Shu sababli bularni davlat tomonidan ta'minlash iqtisodiy holatni yaxshilashi mumkin. Bu masala quyida 3-elementda batafsil ko'rib chiqilgan. Boshqa holatlarda, foydalanishni nazorat qilish va iste'molchilardan to'lovni bevosita o'ndirish juda qimmatga tushishi mumkin. Ushbu holatlarda bu tovarlarni bozor orqali ta'minlash samarasiz bo'lishi mumkin. Yo'llar, ayniqsa shahar yo'llari, bunga misol bo'ladi. Yo'ldan foydalanish uchun bevosita to'lovni joriy etish va uni yig'ib olish juda qimmat bo'lar edi. Shu sababli, odatda, yo'llardan foydalanishni hammaga ruxsat berib, yo'l qurilishini soliqlar orqali moliyalashtirish samaraliroq hisoblanadi. 152 Har safar ta'kidlaganimizdek, resurslarimizdan maksimal qiymat olish uchun faoliyatning foydasi u bilan bog'liq xarajatlardan katta bo'lishini talab qiladi. Bu printsip ham davlatga, ham bozor faoliyatiga taaluqlidir. Afsuski, soliqlar yoki qarz hisobiga moliyalishtiriladigan loyiha bilan bog'liq davlat faoliyatiga kelganda, foyda va xarajatlarning ikkalasini ham hisoblash qiyin kechadi. Bozor sharoitida xaridorlar va sotuvchilarning tanlovlari foyda va xarajatlar to'g'risidagi ma'lumotni oshkor qiladi. Agar iste'molchi tovarni uni narxidan yuqoriroq qadrlamasa, unda uni sotib olmaydi. Shuningdek, agar ishlab chiqaruvchi tovarning tannarhini qoplay olmasa, unda u tovarni ishlab chiqarmaydi. Biroq, agar davlat faoliyatni soliq tushumlari hisobidan moliyalashtirsa, xaridorlar va ishlab chiqaruvchilarning tanlovida oshkor bo'ladigan ma'lumot yo'qoladi. O'z mablag'ini sarflaydigan xaridor mavjud bo'lmaganligi u oladigan manfaat to'g'risidagi ma'lumotni oshkor qilmaydi. Bundan tashqari, yetkazib beruvchilarning daromadlari majburiy soliq tushumlaridan tashkil topganligi sababli, loyihaning qiymati uning xarajatidan kattaligiga kafolat bermaydi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling