James d. Gwartney


Video: Kartoshka chipsining tashqi ta'sirlari


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Kartoshka chipsining tashqi ta'sirlari
Bizning tahlilimiz jamoat mollari va tashqi ta'sirlar bozor faoliyatining samarali
ishlashiga halaqit qilishini ko'rsatadi. Amaldagi rag'batlantirish tuzilmasi shaxsiy manfaat va
mavjud resurslardan maksimal foyda olish o'rtasida nizoga olib kelishi bilan bog'liq holatni
iqtisodchilar bozor muvaffaqiyatsizligi
(?)
deb tariflaydilar. Bozor muvaffaqiyatsizligi o'z
manfaatini ko'zlovchi bozor ishtirokchilarini unumsiz faoliyatga undaydi.
Bozor muvaffaqiyatsizligi iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun davlat aralashuviga
zamin yaratadi. Biroq, siyosiy jarayon orqali davlat aralashuvi iqtisodiy tizimni tashkil
etishning muqobil shakli xolos. Bunday tashkiliy tuzilish shaklini bozor tizimi bilan
solishtirish uchun u to'g'risida batafsilroq ma'lumot kerak
(54)
. Quyida shu mavzuni ko'rib
chiqamiz.


162
Siyosiy bosimlarni tushunish
Iqtisodiyotning birinchi darsi resurslar taqchillikdan iborat: odamlar talabini
to'liq qondirish uchun resurslar hech qachon yetarli bo'lmaydi. Siyosatning
birinchi darsi iqtisodiyotning birinchi darsiga e'tibor bermaslikdan iborat
(55)
.
— Tomas Sauell [Thomas Sowell], Stenford Universitetining iqtisodiyot fanlari professori
Video:
Jamiyat tanlovi
Siyosiy jarayon iqtisodiy tizimning muqobil shaklidir. U muammolar yuzaga kelganda
ishonchli choralar ko'rish uchun tayanadigan xatolarni tuzatuvchi qurilma emas. Davlat
faoliyati saylangan siyosatchilar (masalan, yakka hokimiyatchilik tizimiga nisbatan)
tomonidan nazorat qilinganda ham, uning faoliyati samarali amalga oshirilishiga ishonch yo'q.
Bu, ayniqsa, davlat taqchil resurslarni imtiyozga ega sohalar, korxonlar va manfaatdor guruhlar
orasida taqsimlashda faol aralashganida yaqqol kuzatiladi. 3-bobning kirish qismida ta'kidlab
o'tilganidek, keyingi yarim asr davomida ishlab chiqilgan jamiyat tanlovining tahlili
demokratik siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonini batafsil tushunishda yordam beradi.
Ko'pchilik ma'qul ko'rgan siyosiy qarorlar har doim ham jamiyatga ijobiy ta'sir
ko'rsatmasligi shubhasiz. Keling, fikrlash orqali tajriba o'tkazamiz. Besh saylovchidan iborat
oddiy iqtisodiyotni faraz qiling. Deylik, saylovchilardan uchtasi har biriga 2 yevrodan sof
foyda keltirib, ammo qolgan ikki saylovchining har biriga 5 yevrodan sof chiqim yuklaydigan
loyihani ma'qullaydi. Jamini olganda, loyihaning tannarxi 10 yevroga teng, sof foydasi esa 6

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling