James d. Gwartney


Video: «Robokop» filmida iqtisodiy tushunchalar


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
«Robokop» filmida iqtisodiy tushunchalar
Tashqi ta'sirlar
Gohida biror shaxs yoki guruhning faoliyati «tarqaladi» va boshqalarning ijozatisiz


159
ularning hayotiga ta'sir ko'rsatadi. Bunday tarqalish effekti tashqi ta'sirlar
(?)
deb ataladi.
Masalan, agar kvartirangiz yoki yotoqxonangizdagi biror bir shaxs baland musiqa qo'yib dars
qilishingizga xalaqit bersa, unda ular sizga tashqi ta'sir ko'rsatyapti. Siz bu yerda bilvosita
ishtirokchisiz, ya'ni siz tranzaksiya, faoliyat yoki ayirboshlashga bevosita ishtirok etmaysiz,
lekin u sizga ta'sir, ushbu misolda - salbiy, etadi.
Tarqalish effekti tashqi ishtirokchilarga yoki foyda olib kelishi, yoki zarar yetkazishi
mumkin. Agar tarqalish effekti salbiy ta'sir ko'rsatsa, unda bu tashqi xarajat deb ataladi. Bu
xarajatlar bilvosita ishtirokchilarga ularning roziligisiz yuklanganligi tufayli resurslar qiymati
tannarxidan kichik bo'lgan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan bo'lishi mumkin. Bu
iqtisodiy samarasizlikka olib keladi.
Qog'oz ishlab chiqarishni kurib chiqaylik. Korxonalar bozordan daraxt, ish kuchi va
boshqa resurslarni sotib olib, avval tsellyuloza, keyin qog'oz ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarish
jarayonida chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar fabrika atrofidagi aholiga zarar keltiradi:
oltingugurt hidi tarqalishi, organik birikmalar sababli smog paydo bo'lishi, hatto
ifloslantiruvchi moddalar binolarning bo'yog'iga zarar yetkazishi mumkin. Bunday
ifloslantiruvchi moddalar ayrim odamlarning nafas olishini qiyinlashtirishi va boshqa sog'liq
muammolariga olib kelishi mumkin.
Agar tsellyuloza-qog'oz fabrikasi yaqinida yashovchi aholi zarar ko'rganliginini
isbotlab bera olsa, ular fabrikani sudga berishlari va qog'oz ishlab chiqaruvchini yetkazilgan
zarar xarajatlarini qoplashga majburlashlari mumkin. Biroq, yetkazilgan zararni va bunga
aynan tsellyuloza-qog'oz fabrikasi aybdorligini isbotlash odatda qiyin. Ushbu hollarda bozor
tizimi aholiga yetkazilgan zarar xarajatlarni aks ettirmaydi va shuning uchun qog'oz ishlab
chiqarishning tannarxi kichraytirib ko'rsatilgan bo'ladi. Bu esa samarasizlikka olib keladi,
chunki ishlab chiqarilgan qog'oz birligining qiymati uning tashqi xarajatlarini hisobga
olgandagi tannarxidan pastroq bo'ladi.
Tashqi xarajatlarning yuzaga kelishi asosan xususiy mulk huquqining aniq
belgilanmaganligi va unga amal qilinmaganligi bilan bog'liq. Xususiy mulk huquqini resursga,
misol uchun toza havoga, joriy etish oson bo'lmaganligi uchun, korxona ushbu resursdan
foydalanish bilan bog'liq xarajatni to'liq qoplamaydi. Shuning uchun ham shu kabi resurslardan
foydalanib tovar va xizmatlar ishlab chiqarishning tannarxi kichraytirib ko'rsatilgan bo'ladi.


160
Gohida tarqalish effekti boshqalarga manfaat keltirishi mumkin. Tarqalish effekti
boshqalarga manfaat keltirsa, ular tashqi manfaatlar deb ataladi. Biroq, tashqi manfaatlar
bozorlar uchun muammolar ham keltirishi mumkin. Agar tashqi manfaatlar keltirib
chiqaruvchi shaxslar kompensatsiya olmasa, ular qiymati tannarxidan yuqori bo'lgan mahsulot
birliklarini ishlab chiqarmasliklari mumkin.
Misol uchun, farmatsevtika kompaniyasi xavfli virusga qarshi vaksina ishlab chiqdi,
deb faraz qilaylik. Vaksinani foydasi tegadigan iste'molchilarga osonlik bilan sotish mumkin.
Ammo viruslar jamoa orasida osonlik bilan tarqalishi sababli, ko'proq aholi vaksina bilan
emlansa, aholining vaksinani sotib olmagan qismining virus yuqtirish ehtimoli ham kamayadi.
Shunga qaramay, vaksinadan foydalanmaganlar topgan manfaatlarini farmatsevtika
korxonalariga o'tkazib berish juda murakkab masala. Natijada, ular juda kam vaksina ishlab
chiqarishlari mumkin. Demak, tashqi manfaatlar mavjud hollarda, bozor kuchlari iqtisodiy
samaradorlikka mos miqdordan kamroq miqdorda ishlab chiqarishi mumkin.
Ushbu hollarda davlat aralashuvi oqilona bo'lishi mumkin. Tashqi xarajatlar mavjud
holatlarda ularni vujudga keltiradigan faoliyatga soliq solish shaxs yoki korxonaning ushbu
faoliyatni qisqartirishiga va ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlikka olib kelishi mumkin.
Xuddi shunday, tashqi manfaatlar mavjud holda davlat subsidiyasi ishlab chiqarishni
rag'batlantirib, samarali ishlab chiqarish darajasiga olib kelishi mumkin.
Biroq, tashqi ta'sirlarning potensial salbiy oqibatlarini gohida davlat aralashuvisiz ham
nazorat qilish mumkin. Tashqi manfaatlarga kelganda, tadbirkorlar o'z faoliyatlarining
boshqalarga yetkazadigan foydasiga to'laroq egalik qilish yo'llarini izlab topishdan manfaatdor.
Golf maydonini barpo etish ushbu g'oyani tasvirlaydi. Golf maydonining chiroyliligi va
ochiqligi sababli juda ko'p odamlar unga yaqinroq joyda yashashni ma'qul ko'radi. Shuning
uchun ham golf maydonini barpo etish odatda tashqi manfaatlarga, ya'ni atrofdagi ko'chmas
mulk bahosining ko'tarilishiga olib keladi. Oxirgi yillarda golf maydonini barpo etish bilan
shug'ullanuvchi tadbirkorlar ushbu manfaatga egalik qilish yo'llarini izlab topishgan. Endi ular
odatda rejalashtirilgan golf maydoning qurilishidan oldin uning atrofidagi yerlarning katta
qismini sotib oladilar. Golf maydonini qurilishi nihoyasiga yetganda va uning atrofidagi
yerlarning bahosi ko'tarilganidan keyin ular yer uchastkalarini yuqoriroq narxlarda sotishlari
mumkin bo'ladi. O'z faoliyatlari doirasini ko'chmas mulk va golf maydonini qurish bilan


161
kengaytirish orqali ular aks holda tashqi manfaatlar bo'lgan manbadan daromad olishlari
mumkin.
Tashqi xarajatlarga kelsak, oddiy qoidalar orqali ularni ham nazorat qilish mumkin
bo'ladi. Qo'shnilardan keladigan shovqinni misol tariqasida kurib chiqsak, kvartira egalari
ko'pincha kechqi payt musiqani baland qilib qo'yishga qarshi tartib joriy qiladilar va unga amal
qilishini ta'minlash uchun tartibni buzganlarni kvartiradan chiqarib yuboradilar. Shuningdek,
odob va odatlar hamda ijtimoiy tartib qoidalari ham rol o'ynashi mumkin. Agar
xonadoshlaringiz televizor ovozi dars qilishingizga halaqit berishini bilsa, ular odob yuzasidan
uni o'chirishlari mumkin. Umumiy qilib aytganda, vaqt o'tishi bilan aholi va atrof-muhitga
zarar etkazadigan ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish kompaniyalar uchun «noma'qul
ijtimoiy xulq-atvorga» aylandi. Korxonalar jamiyatning foydali a'zolari bo'lish bosimlari
kuchaymoqda, ular mas'uliyatsiz bo'lganda, ekologik guruhlar kabi xususiy nazorat
tashkilotlari ularning faoliyatilarini fosh qiladilar.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling