James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19-chizma: Ovoz savdosi va unumsiz qonunlarning qabul qilinishi Aholi soni teng bolgan tuman saylovchilarining sof foydasi (+) yoki xarajatlari (-)
«bochkadagi yog'»
(?) siyosati va boshqa maxsus manfaatdor guruh dasturlaridan zarar ko'rgan saylovchilarning bu loyihalar to'g'risida hatto xabardor bo'lishi amri mahol. Demak, maxsus manfaatdor guruhlarning loyihalarini, jumladan samarasizlarini ham, qo'llab-quvvatlashga bo'lgan rag'bat 19-chizmada namoyish etilgan oddiy misoldagidan ham ancha kuchli. 171 19-chizma: Ovoz savdosi va unumsiz qonunlarning qabul qilinishi Aholi soni teng bo'lgan tuman saylovchilarining sof foydasi (+) yoki xarajatlari (-) Tumanlarning ovozi Sport stadioni Yopiq tropik o'rmon loyihasi Etanol uchun subsidiya Jami A €100 -€30 -€30 €40 B -€30 €100 -€30 €40 C -€30 -€30 €100 €40 D -€30 -€30 -€30 -€90 E -€30 -€30 -€30 -€90 Jami -€20 -€20 -€20 -€60 Bozor ayirboshashuvi o'zaro foydali faoliyatdir: savdo hamkorlarining har ikkalasi ham manfaatdor bo'ladi, aks holda ayirboshlash amalga oshmaydi. «Siyosiy ayirboshlash» esa, aksincha, tomonlardan biriga foydali, lekin ikkinchisiga zararli bo'lishi mumkin. Bunda yutgan loyihaga ovoz bergan ko'pchilik manfaat ko'radi, lekin yutqazgan loyihaga ovoz bergan kamchilik ko'proq yutqazadi. Bunday hollarda, yutgan tomonning oladigan foydasi yutqazgan tomonning zarar miqdoridan katta bo'lishiga hech qanday ishonch yo'q. Cheklanmagan siyosiy jarayonning yaxshi uyushgan guruhlar foydasiga ishlashiga moyilligi iqtisodiy pirog hajmining qisqarishiga olib keluvchi ko'p dasturlarning mavjudligini tushunishga yordam beradi. Misol tariqasida deyarli 20 000 sonli Amerikalik shakar yetishtiruvchilarni ko'rib chiqaylik. Ko'p yillar davomida Amerikalik iste'molchilar shakar uchun dunyo narxlaridan 50-100% yuqori narx to'lab kelganlar. Sababi federal hukumatning narxni qo'llab-quvvatlovchi dasturi va shakar importini cheklovchi kuchli kvotaning amal qilishidir. Bu dasturlar natijasida shakar yetishtiruvchilar jami 1,7 milliard dollar yoki har bir yetishtiruvchi taxminan 85 000 dollardan foyda oladilar. Bu foydaning katta qismi daromadi mamlakat o'rtacha daromadidan ancha katta bo'lgan yirik yetishtiruvchilar tomonidan o'zlashtiriladi. Ikkinchi tomondan, shakar iste'molchilari 2,9 milliard dollardan to 3,5 milliard dollargacha yoki har bir uy xo'jaligi taxminan 25 dollardan yuqori narx to'laydilar (56) . Buning natijasida Amerikaliklar ishlab chiqarishda ustunlikka ega bo'lmagan va savdo orqali ancha arzon narxlarda olish mumkin bo'lgan tovarni ishlab chiqarish orqali resurslarning isrof 172 qilinganidan yutqazadi. Shunday bo'lsada, Kongress shakar dasturini qo'llab-quvvatlshni davom etmoqda va buning sababini ko'rish qiyin emas. Bu dasturlarning shaxsiy boylikka ta'sirining kattaligini hisobga olsak, shakar yetishtiruvchilarning, ayniqsa kattalarining, o'z boyliklari va siyosiy ta'sirini ularning manfaatini ko'zlovchi siyosatchilarni ko'maklashga ishlatish sababini tushunsa bo'ladi. Ular aynan shunday yo'l tutadilar. O'tgan to'rt-yillik saylov davrida shakar lobbichilari nomzodlarni va siyosiy harakat qo'mitalarini qo'llab-quvvatlash uchun 16 million dollar ajratdi. «American Crystal Sugar» kompaniyasining bir o'zi o'tgan saylov davrida Kongressning 221 ta a'zosiga 1,3 million dollar va Kongressni lobbi qilish faoliyatiga 1,4 million dollar ajratdi. Aksincha, oddiy saylovchi uchun bu masalani tekshirib chiqish yoki kimga ovoz berishni hal qilganida bunga katta e'tibor berish mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Aslida, saylovchilarning ko'pi mazkur dastur ularqa qimmatga tushushidan bexabarlar. Demak, bu siyosat resurslar isrofgarchiligi va xalq farovonligining pasayishiga olib kelsa ham, siyosatchilar shakar sanoatiga subsidiya berishni davom ettirishdan manfaatdor. Zamonaviy siyosatning asosiy biznes modeli resurslarni jamiyatdan olib, ularni yaxshi uyushgan saylovchilar bloklariga ovoz beruvchi ko'pchilikni shakllantirish maqsadida berishdan iborat deb aytsa bo'ladi. Bunga misollar talaygina. Butun dunyo bo'ylab soliq to'lovchilar va iste'molchilar iqtisodiyotning ayrim sohalarini, demakki mamlakatlaridagi ayrim manfaatdor guruhlarni qo'llab-quvvatlash uchun o'z daromadlarini sarflaydilar. Kulgili tomoni shundaki, tenglik uchun deb targ'ib qilingan subsidiya dasturi deyarli hech qachon maqsadiga erishmaydi va aksariyat hollarda u ko'pincha teskari natijalarga olib keladi. 2014- yilda Misrning oziq-ovqat subsidiyalarining 20 foizdan kamroq'i kambag'al aholiga manfaat keltirgan. Ko'plab mamlakatlardagi benzin subsidiyalari o'rta tabaqali aholiga manfaat keltiradi, chunki kambag'al aholi asosan piyoda yuradi, yoki jamoat transportidan foydalanadi. Xindistonda suyultirilgan gaz uchun ajratiladigan qishloq xo'jaligi subsidiyalarining 0,1 foizdan kamroq qismi eng kambag'al 20 foiz aholiga, 52,6 foizi esa badavlat aholi hissasiga to'g'ri keladi. Dunyo bo'ylab qazib olinadigan yoqilg'iga ajratiladigan subsidiyalarning 20 foizdan kamroq qismini aholining eng kambag'al 20 foiz qismi oladi (57) . Garchi bu dasturlarning yakka o'zi mamlakatlar uchun kichik yuk bo'lsa ham, birgalikda ular davlat byudjeti defitsitini oshiradi, resurslarni behuda sarflaydi va bizning turmush darajamizni 173 sezilarli darajada pasaytiradi. Maxsus manfaatdor guruhning siyosiy hukmronligi bevosita subsidiyalar, tariflar yoki ba'zi mahsulotlar kvotalarining joriy etilishini izohlaydi. Bu dasturlarning barchasi butun aholi manfaatini ko'zlab emas, balki alohida manfaatdor guruhning ta'siri ostida siyosiy tus olgan. Shuningdek, alohida manfaatdor guruhning ta'siri yangilik yaratishni va raqobat jarayonini ham orqaga tortadi. Eski va avvaldan faoliyat yuritib kelayotgan korxonalar siyosiy in'omlar berish bo'yicha kuchliroq obro'ga ega, ular lobbi faoliyatini yaxshiroq tushunadi hamda yirik siyosiy arboblar bilan yaqin aloqalar o'rnatgan. Kutilganidek, odatda tajribaga ega korxonalarning yangi korxonalarga nisbatan ko'proq siyosiy ta'siri bor va ular bu ustunlikdan innovatsion raqobatchilarga to'sqinlik qilish uchun foydalanadilar. Uber kompaniyasining tajribasini misol tariqasida ko'rib chiqaylik. Uber qiziqish bildirgan haydovchilarni yer usti transportining potensial yo'lovchilari bilan yuzma-yuz keltirish uchun texnologiyadan foydalanadi. Yer usti transportiga muhtoj iste'molchilar smartfon orqali avtomobilga buyurtma jo'natgandan so'ng Uber ilovasi ularga avtomobilni kutish vaqtini darhol ma'lum qiladi. Shuningdek, Uber potensial yo'lovchilarga haydovchilar to'g'risida va, aksincha haydovchilarga potensial yo'lovchilar to'g'risida ma'lumot beradi. Texnologiya tranzaksion xarajatlarni qisqartiradi va an'anaviy taksi xizmatiga solishtirganda, bu jarayon odatda ham tezroq, ham arzonroqdir. Uber kompaniyasining dunyodagi katta shaharlar bozorlariga kirishga harakat qilgan vaqtda an'anaviy taksi sanoati bunga qarshi kurashdi va ko'p hollarda Uber va shunga o'xshash kompaniyalar texnologiyalarini taqiqlovchi qonunlarning qabul qilinishiga erishdi (58) . Natijada innovatsion texnologiyani tatbiq etishdan keladigan manfaat va ayirboshlash hajmi sekinlashdi. Tesla elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasining tajribasi amaldagi ishlab chiqaruvchilar yangi raqobatchilarning bozorga kirishiga to'sqinlik qilish uchun siyosiy jarayondan foydalanishning yana bir misolidir. Teslaning biznes modeli avtomobillarni to'g'ridan-to'g'ri iste'molchilarga sotishga asoslangan. Biroq mustahkam o'rnashib olgan avtodilerlardan iborat yaxshi uyushgan manfaatdor guruh ishlab chiqaruvchilar avtomobillarini iste'molchilarga to'g'ridan-to'g'ri sotishini taqiqlovchi qonun qabul qilinishini shtatlarning qonunchilik organlaridan so'rab, lobbi faoliyatini olib bordi. Shtatlarning taxminan yarmida bunday bevosita sotish amaliyoti taqiqlab qo'yildi. Ushbu qonunlar Tesla kompaniyasini 174 avtomobil ishlab chiqaruvchilar bozoriga kirishini ancha mushkullashtirdi. Qizig'i shundaki, Teslaning rivojlanish strategiyasining o'zi ham davlat favoritizmiga asoslangan edi. Tesla federal hukumatidan o'zining narxi 100 000 dollardan yuqori lyuks elektromobilining S modelini yaratish va ishlab chiqarish uchun yuzlab million dollar subsidiya (grantlar, davlat tomonidan kafolatlangan kreditlar va soliq imtiyozlari) olgan. 2014- yilda Nevada shtati Reno shahri yaqinida akkumulyator zavodini qurish uchun Tesla kompaniyasiga 1,3 milliard dollardan iborat subsidiyalar to'plamini bergan. Tesla ish haqi va mulk soliqlaridan 10 yilga, savdo solig'idan esa 20 yilga ozod etilib, unga Nevada shtati soliq majburiyatlarini bajarish uchun boshqa kompaniyalarga sotish huquqi bilan 195 million dollarga teng «o'tkazish huquqiga ega soliq imtiyozlari» berildi (59) . Ehtimol, buning tagida saboq bor: davlat favoritizmi bilan yashaydigan klanli kompaniyalar undan ham katta siyosiy kuchga ega boshqa klanli kompaniyalar tomonidan gohida zarbaga duch kelishi mumkin. Qo'shma Shtatlari Konstitutsiyasining asoschilari alohida manfaatdor gurhlarning hukmronligidan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolardan yaxshi xabardor bo'lgan. Ular manfaatdor guruhlarni «fraksiyalar» deb ataganlar. Fraksiyalar bosimini cheklash maqsadida Konstitutsiyaning 8-bo'limi I moddasida Kongress milliy mudofaa va umumiy farovonlikni ta'minlaydigan dasturlar uchun faqat yagona soliqlarni joriy etish kerakligi belgilangan. Bu modda aholining ayrim qatlamlariga imtiyozlar berish uchun umumiy soliq tushumlaridan foydalanishning oldini olishga qaratilgan edi. Biroq, yillar o'tishi bilan sud qarorlari va qonun hujjatlari uning asl ma'nosini o'zgartirib yubordi. Shunday qilib, Konstitutsiya, uning amaldagi talqiniga ko'ra, yaxshi uyushgan maxsus manfaatdor guruhlarning siyosiy hukmronligini endi cheklay olmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling