James d. Gwartney


Video: Ahmoqona yurishni subsidiyalash


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Ahmoqona yurishni subsidiyalash
(klassik 
videoni 
butunlayligicha 
quyidagida 
ko'rishingiz 
mumkin:
https://www.dailymotion.com/video/x2hwqki
)
Davlatlar ishlab chiqarish va tovar ayirboshlashni qo'llab-quvvatlash hamda noqonuniy
o'zlashtirishga to'sqinlik qilish orqali iqtisodiy farovonlikka
(?)
ko'maklashadi. Agar samarali
qonunchilik va unga amal qilishni ta'minlash boshqalarga tegishli mulkni jinoyat yoki siyosiy
yo'llar bilan o'zlashtirilishini qiyinlashtirsa, o'g'rilik faoliyatiga resurslar oqimi qisqaradi.
Bundan tashqari, o'g'rilikdan himoya qilishga kamroq resurslar jalb qilinadi.
Ammo zamonaviy dunyoda davlatning o'zi noqonuniy o'zlashtirishning asosiy
manbaiga aylandi. Odatda davlat kimlargadir subsidiya va imtiyozlar berish uchun kerakli
resurslarni boshqalardan oladi. Garchi bu qonuniy yo'l bilan amalga oshirlganligi uchun
noqonuniy o'zlashtirish hisoblanmasada, bu baribir fuqarolar uchun zarar va jamiyat
farovonligini pasaytiradi.
Hozirgi paytda Frantsiyada transfert to'lovlari va subsidiyalar jami byudjet
xarajatlarining yarmidan ko'pini tashkil qiladi
(66)
. Ijtimoiy himoya uchun subsidiyalar transfert
to'lovlarining katta qismini tashkil etadi (jami byudjet xarajatlarining 43 foizini
(67)
), lekin
bugungi kunda davlat madaniyat, uy-joy, aeroport, ma'lum turdagi ishlab chiqaruvchi
korxonalar, quyosh energiyasi, qazilma yonilg'isi, parrandachilikdan tortib to vino kabi qishloq
xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va hokazo ko'plab faoliyat turlarini ham qo'llab-
quvvatlamoqda. Frantsiyasining qishloq joylarida kichik korxonalar ochish uchun 250 xil grant
va subsidiyalar mavjud.


183
Subsidiyalar va davlat favoritizmi ham siyosiy demokratiyaga, ham iqtisodiy
samaradorlikka xavf tug'diradi. Buning sabablari talaygina.
Birinchidan, subsidiya narxni buzib ko'rsatib, korxonalarni vaqtni yaxshiroq va
arzonroq mahsulotlar ishlab chiqarishga emas, balki davlatdan favoritizmga erishishga
sarflashga undaydi. Kutilganidek, davlatdan favoritizmga erishish imkoniyatining oshishi bilan
alohida manfaatdor guruhlarning ta'siri kuchayadi va firibgarlik ko'payadi. Ko'proq davlat
mablag'larini olish va raqiblardan ustunlikka erishish uchun korxonalar va boshqa manfaatdor
guruhlar o'z manfaatlarini bandlikni oshirish, qashshoqlik darajasini kamaytirish, atrof-muhit
sifatini yaxshilash va xorijiy mamlakatlarga qaramlikni kamaytirish kabi ommabop maqsadlar
bilan bog'lashga harakat qiladilar. Ularning faoliyati moliyaviy manfaat va siyosiy
hukmronlikka erishishni ko'zlagan bo'lsada, garchi haqiqatdan yiroq bo'lsa ham, manfaatdor
guruhlar keng ko'lamli, ommabop maqsadlarga erishishga intilamiz, deb e'tiroz qilishlari
mumkin.
Ikkinchidan, ayrim korxonalar va sohalarga subsidiya ajratish boshqalarni noqulay
holatga qo'yadi. Subsidiya olmagan ba'zi korxonalar biznesdan siqib chiqariladi yoki subsidiya
olgan korxonalar bilan raqobat qila olmasligi sababli bozorga kirishda muvaffaqiyatsizlikka
uchraydi. Natijada resurslar bozor iste'molchilariga bog'liq korxonalardan siyosatchilar
xayrixohligiga erishgan korxonalar tomon suriladi.
Uchinchidan, ehtimol eng muhimi, subsidiya va favoritizm tadbirkorlar va siyosatchilar
o'rtasida betayin, nomunosib munosabatlarni vujudga keltiradi. Bu esa «korporativ
boqimandalik» va «klanli kapitalizm»ni rag'batlantirib, soliq to'lovchining manfaatlariga putur
yetkazadi. Korporativ boqimandalik darajasi qanchalik katta bo'lsa (ya'ni korxonalar uchun
davlat subsiya dasturlari qanchalik ko'p bo'lsa), imtiyoz ketidan quvish bilan bog'liq faoliyatga
resurslar oqimi ham shuncha ko'p bo'ladi. (Izoh: Iqtisodchilar korxona va boshqa guruhlarning
imtiyoz ketidan quvish faoliyatini «renta ketidan quvish» termini bilan izohlaydilar). Bozorlar
o'rnini siyosat egallashi bilan iqtisodiyotda urug-aymoqchilik va samarasiz faoliyat turlari
ko'paydi va iqtisodiy o'sish potensiali pasayadi.


184

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling