James d. Gwartney


Video: Siyosat, iqtisodiyot va qishloq xo'jaligi subsidiyalari


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Siyosat, iqtisodiyot va qishloq xo'jaligi subsidiyalari
O'qish uchun:
Duayt Li. «Energiya ishlab chiqarish va tejash»
Yuqori daromadli demokratik mamlakatlarda davlat siyosiy moliyaviy in'omlar hamda
saylovchilarning ko'magi uchun maxsus saylov bloklariga subsidiyalar va boshqa imtiyozlar
berish uchun soliq va qarz olish amaliyotlaridan foydalanishi tobora ko'payib bormoqda.
Shotlandiyalik Aleksandr Taytlerga ta'alluqli deb hisoblangan bayonotda qiyidagi mulohaza
keltirilgan:
«Demokratiya abadiy davlat shakli sifatida faoliyat yurita olmaydi. U
saylovchilar ovoz berish orqali davlat xazinasidan o'zlariga sahovatli sovg'a
ola olishini anglaguncha davom etadi xolos. Ana shu vaqtdan boshlab
ko'pchilik har doim davlat xazinasi hisobidan ularga eng ko'p manfaatlar
berishni va'da bera oladigan nomzodlar uchun ovoz beradi. Bo'sh fiskal siyosat
ortidan esa demokratiya doimo inqirozga uchraydi...»
(68)
Korxonalar va boshqa manfaatdor guruhlar subsidiyalar va favoritizm uchun
siyosatchilarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatlarini kuchaytirsalar, bu kuchlarni
cheklash ancha murakkablashadi. Davlat favoritizmi darajasi oshishi hamda siyosatchilar va
undan manfaatdor bo'lganlarning qaramligi ortishi bilan transfert to'lovlari ko'payib, resurslar
unumli faoliyatdan siqib chiqariladi. Bundan tashqari, munofiq hatti-harakatlar, betayin
munosabatlar va hattoki korruptsiya keng tarqaladi. Soliqlarni oshirishga bosim kuchayadi,
byudjet defitsiti yanada oshadi hamda siyosiy aralashuvlarga duchor bo'lgan iqtisodiyotda
o'sish to'xtaydi. Agar konstitutsiyga mulkchilik huquqlarini himoya qilish, byudjet
xarajatlarini, subsidiyalarni va qarz olish bilan bog'liq davlat faoliyatini cheklash bo'yicha


185
me'yorlar qayta tiklanmasa, demokratik yo'l bilan saylangan siyosatchilar resurslar
isrofgarchiligiga va umumiy turmush darajasining pasayishiga olib keladigan dasturlarni qabul
qilishda davom etaveradilar. 2015-yilda Gretsiyada davlatning ortiqcha xarajatlari natijasida
qarz inqirozining vujudga kelishi misolida ko'ringandek, bu yo'l oxir-oqibat qarz
majburiyatlarining haddan tashqari oshib ketishiga va iqtisodiy inqirozga olib keladi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling