James d. Gwartney
Video: Yahmalak iqtisodiyoti (Beixtiyor tartib)
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Video:
Yahmalak iqtisodiyoti (Beixtiyor tartib) Bozorlar bir-biridan farq qiladi. Bozor narxlari juda tarqoq ma'lumotlarni ro'yxatdan o'tkazib, ularni ma'lum bir taribga keltiradi. Narxlar iqtisodiyotgagi doimiy o'zgarishlarni aks 201 etgan holda muntazam ravishda moslashib boradi. Narxlar o'ta tarqoq ma'lumotlarni bir joyga jamlab, korxonalar va resurs ta'minotchilariga signallar berib turadi. Ushbu narx signallari korxonalar va resurs egalarini ularning faoliyatlarini muvofiqlashtirish hamda yangi holatlarga moslashish uchun kerakli bo'lgan ma'lumotlar va rag'batlar bilan ta'minlaydi. Ushbu bozor narx signallarini to'g'ri talqin qilolmagan va ularga muvofiq harakat qila olmagan korxona va shaxslar iqtisodiy yo'qotishlarga duch keladi. Aynan bozor narxlari orqali yetkazilgan ma'lumot investorlar, korxonalar va ishchilarni ularning mablag' va harakatlari qayerda eng samarali natija berishini ma'lum qiladi. Davlat muassasalari mahsulotlarining bozor narxlari yo'qligi sababli, ularni yaratish ijobiy sof qiymatga yoki resurslarning isrofgarchiligiga olib kelishini tahlil qilish mexanizmiga ega emas. Nobel mukofoti laureati Fredrik Hayek markazlashgan rejalashtiruvchilarga xos ma'lumotlar muammosining oqibatlarini quyidagicha umumlashtiradi: «Agar inson ijtimoiy taribni yaxshilash bilan bog'liq harakatlarida zarardan ko'ra ko'proq yaxshilik olib kelishni istasa, tashkiliy murakkab bo'lgan bu va bu kabi boshqa barcha sohalarda inson hamma voqealarni tagiga yetishi uchun to'liq bilimga ega emasligini tushunib yetishi kerak. Shuning uchun u erisha olgan bilimlardan foydalanib, natijalarni xuddi hunarmand mahsulotini o'z qo'li bilan shakllantirganidek emas, balki bog'bon o'z o'simliklarini parvarish qilganidek o'sish uchun muvofiq muhit yaratishi kerak» (78) . Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyot mikro darajada boshqarish uchun o'ta murakkab. Ikkinchi bobda ta'kidlab o'tilganidek, o'sish va taraqqiyotga erishishning eng maqbul strategiyasi shaxslar o'z manfaatlarini ko'zlab farovonlik olib keladigan unumli faoliyat bilan shug'ullanishlari uchun zarur institutlarni o'rnatish va uzoq muddatli siyosat olib borish orqali qulay muhitni yaratishdan iborat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling