James d. Gwartney
Video: «Lego» filmida iqtisodiyot
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Video:
«Lego» filmida iqtisodiyot Bir necha yillar avval davlat rejalashtirishi va sanoat siyosati (?) iqtisodiy o'sish uchun muhim ahamiyatga ega deb hisoblangan. Iqtisodchilar Pol Samuelson va Lester Turou ushbu qarashning yetakchi himoyachilaridan bo'lib, ularning qarashlari 1970- va 1980-yillarda ommaviy axborot vositalarida va intellektuallar doirasida mashhur bo'lgan. Ular bozor iqtisodiyoti quyidagi dilemmaga duch kelishini ta'kidlaydilar: davlat rejalashtirish tizimiga o'tishi kerak, yoki rivojlanishning pasayishi va iqtisodiy tanazzulning oqibatlarini boshdan kechirishiga to'g'ri keladi. Sovet tizimining barbod bo'lishi va Yaponiya iqtisodiy ahvolining yomonlashuvi bu nuqtayi nazarning ommabopligiga putur yetkazdi. Shunga qaramasdan, ko'pchilik davlat iqtisodiyotning sog'liqni saqlash va ta'lim kabi ayrim sohalarini boshqara olishiga hali ham ishonadi. Biroq, markazlashgan rejalashtirishning rag'batlantirish va ma'lumotlar bilan bog'liq muammolari tufayli buning ehtimoli kam. Bundan ikki yarim asr avval Adam Smit markazlashgan rejalashtirish, jumladan iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini rejalashtirish bo'yicha harakatlar, muvaffaiyatsizlik bilan yakun topishining sabablarini qayd etib o'tgan (ushbu element boshida keltirilgan tsitataga qarang). Davlat rejalashtiruvchilarining baxtiga qarshi, har bir shaxs o'z aql-idrokiga, yoki Smit aytganidek, «harakat printsipi»ga ega. Shaxsiy rag'batlantiruvchi omillar odamlarni markazlashgan rejaga zid faoliyat yuritishga undaganda, muammolar yuzaga chiqadi. Agar davlat himoya vazifasidan chekinib, turli faoliyatlarni subsidiyalashni boshlasa, korxonalarni yuritsa, iqtisodiyotning turli tarmoqlarini boshqarsa hamda, eng keskin hollarda, butun iqtisodyotni markazdan turib rejalashtirsa, ichki nizolarning yuzaga chiqishi va turmush darajasi uning potensial darajasidan pasayishi muqarrar. Davlat rejalashtirishining turli mamlakatlardagi tajribasi bunga yaqqol misol bo'ladi. Rejalashtirish nizolar va ichki qarama-qarshiliklarga olib keladi: Qo'shma Shtatlari federal hukumati ayrim fermerlarga don mahsulotlari yetishtirmaslik uchun pul to'laydi, bir paytning o'zida esa boshqalarga ayni don mahsulotlarni ko'proq 203 yetishtirish uchun irrigatsiya loyihalarini subsidiya bilan ta'minlaydi. Shunga o'xshash YI subsidiyalari ko'pgina qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ortiqcha ishlab Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling