James d. Gwartney
Video: Raqobat va davlat samaradorligi
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Video:
Raqobat va davlat samaradorligi 2003 va 2013-yillar oralig'ida AQSHning to'qqizta daromad solig'i belgilanmagan shtatlarida aholi soni boshqa shtatlardan migratsiya hisobiga yiliga o'rtacha 3,7 foizga oshdi. Xuddi shu davrda daromad solig'i eng yuqori bo'lgan to'qqizta shtatda esa aholi soni yiliga o'rtacha 2 foizga kamaydi. Bandlik darajasi esa daromad solig'i yo'q to'qqizta shtatda daromad solig'i eng yuqori to'qqizta shtatga qaraganda ikki baravar tez o'sdi. Shu holat Yevropa Ittifoqida ham kuzatiladi: daromad solig'i darajasi pastroq mamlakatlar o'ziga ancha ko'p chet ellik yuqori malakali ishchilarni jalb qiladi (82) . Bu bilan migrantlar solig'i yuqori va davlat boshqaruvi samarasiz bo'lgan mamlakatlarga oz'iga xos signal jo'natyaptilar. Yaxshi xizmat ko'rsatmagan tadbirkorlar mijozlaridan ayrilgani kabi, davlat xizmati yaxshi yo'lga qo'yilmagan davlatlarni ham fuqarolari tark etadi. Erkin harakat davlat tomonidan cheklangan mamlakatlar bundan mustasno. Xususan, Xitoy ma'lum shaharda yashash ruxsatnomasi (xukou) yo'q aholini u yerda tibbiy xizmatdan foydalanish yoki farzandlarini maktabga yuborish huquqidan mahrum qilish orqali harakatni cheklaydi. Xulosa qilib aytganda, nomarkazlashtirish aholi davlat xizmatlari yaxshi yo'lga qo'yilgan ma'muriy hududlarga ko'chib o'tishiga imkon beradi. O'z navbatida, saylovchilar migratsiyasi davlat organlarini tartibga soladi va ularni fuqarolar manfaatini ko'zlab faoliyat yuritishiga yordam beradi. Agar markazlashmagan hududiy davlat organlari o'rtasidagi raqobat fuqarolar 208 manfaatiga xizmat qilsa, bu tashabbuslar yuqori hokimiyatning siyosati orqali bo'g'ilmasligi kerak. Agar markaziy hokimiyat (yoki Yevropa Ittifoqi) mahalliy davlat organlarining xizmatlariga subsidiya ajratsa, xizmatlarni ularga yuklasa va tartibga solsa, bu mahalliy davlat organlari o'rtasidagi raqobat jarayonini zaiflashtiradi. Markaziy davlat hokimiyati cheklangan doiradagi vazifalarini amalga oshirib, quyi darajadagi mahalliy hokimiyat faoliyatiga nisbatan betaraf qolishi maqsadga muvofiqdir. Davlat tashkilotlari xususiy korxonalar kabi raqobatdan himoyalanishni afzal ko'radi. Davlat organlari monopoliyaga aylanishga harakat qiladi. Shu sababli davlat boshqaruvida raqobat o'z-o'zidan yuzaga kelmaydi, uni siyosiy tuzilmaga birlashtirish kerak. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling