James d. Gwartney


Farovonlikka ko'maklashuvchi konstitutsiyaviy


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Farovonlikka ko'maklashuvchi konstitutsiyaviy
me'yorlar to'g'risida
Xususiy va, ayniqsa, davlat korxonalarida ulkan inertsiya, ya'ni status-kvoning
hukmronligi mavjud. Faqat haqiqiy yoki xayoliy inqirozgina haqiqiy
o'zgarishlarga olib keladi. Inqiroz yuz berganda esa amalga oshiriladigan
harakatlar mavjud g'oyalarga bog'liq. Fikrimcha, bizning asosiy vazifamiz
quyidagilarda: mavjud siyosatga muqobillarni ishlab chiqish, ularni to siyosiy
jihatdan imkonsiz holatdan siyosiy jihatdan muqarrarga aylanmaguncha
qo'llab-quvvatlab, tayyor holda ushlab turish
(83)
.
— Milton Fridman, 1976-yil Nobel mukofoti laureati
3-bobning asosiy g'oyalari nimalardan iborat? Birinchidan, iqtisodiy tahlillar shuni
ko'rsatadiki, monopoliya, jamoat mollari va tashqi ta'sirlar bozor muammolari bo'lib, ular o'z
manfaatini 
ko'zlovchi 
shaxslarni 
samarasiz 
hatti-harakatga 
undaydi. 
Bu 
bozor
muvaffaqiyatsizliklari samaradorlikni oshirish uchun davlat aralashuviga imkoniyat yaratadi.
Biroq, natija shunday bo'lishiga kafolat yo'q.
Resurslarni siyosiy taqsimlash, demokratik yo'l bilan amalga oshirilgan taqdirda ham,


209
iqtisodiy tashkil qilishning bir shaklidir va u bozorlar kabi afzallik va kamchiliklarga ega.
Bozor muvaffaqiyatsizligi kabi davlat muvaffaqiyatsizligi ham sodir bo'lishi mumkin.
Yuqorida ta'kidlanganidek, davlat muvaffaqiyatsizligiga quyidagilar kiradi:
Aql-idrokli ovoz berish uchun saylovchilarda yetarlicha rag'bat bo'lmasligi.
Davlat shaxsiy huquqlarni himoyalash doirasidan chiqib, taqchil resurslarni
taqsimlashda faol ishtirok etishni boshlaganda, siyosatchilarda yaxshi tashkil etilgan
maxsus guruhlar manfaatini qo'llab-quvvatlashga kuchli rag'batning paydo bo'lishi.
Siyosiy favoritizm resurslarni isrof qiluvchi renta ketidan quvishni ko'maklashishi.
Siosiy jarayonlar ko'pincha uzoqni ko'zlamaydi (odatda keyingi saylovdan o'tmaydi).
Bu esa davlat qarzining haddan tashqari oshib ketishiga va bajarilishi qiyin
moliyalashtirilmagan va'dalarning ko'payishiga sabab bo'ladi.
Agar davlat iqtisodiy farovonlikni ko'maklaydigan bo'lsa, siyosiy o'yin qoidalari
iqtisodiy taraqqiyot sari saylovchilar, siyosatchilar va amaldorlar shaxsiy manfaatlarini
uyg'unlashtirishi kerak. Buning ko'rinishi qanaqa va bunga qanday erishish mumkin?
Shunisi ravshanki, qonun oldida tenglik va davlat vakolatlarining cheklovi iqtisodiy
taraqqiyotga ko'maklashuvchi siyosiy tuzilmani shakllantirish uchun muhimdir. Garchi
mamlakatlarning institutsional tuzilmalari bir-biridan farq qilsada, turli mamlakatlarning
muvaffaqiyatli (va muvaffaqiyatsiz) tajribalari yaxshi saboq bo'ladi. Qo'shma Shtatlari
Konstitutsiyasining asoschilari, umuman qaraganda, umumiy tuzilmani to'g'ri tanlaganlar. Ular
nazoratlar va muvozanatlar printsipini tizimga kiritganlar. Siyosiy hokimiyat qonun
chiqaruvchi, ijroiya va sud tizimi o'rtasida taqsimlandi. Qonunlar ko'pincha bir-biriga zid
manfaatlarni ko'zlagan ikki qonun chiqaruvchi organi tomonidan ko'rib chiqilishi lozim bo'lib,
ularning qabul qilinishi uchun prezidentning roziligi talab qilingan.
Markaziy hukumat vakolatlarning cheklovi federal tizim nomarkazlashuviga va davlat
vakolatlarining yanada bo'linishiga olib keldi. Markaziy hukumatning ruxsat etilgan fiskal
vakolatlari sanab o'tilgan bo'lib (8-bo'lim, 1-modda), qolgan barcha vakolatlar shtatlar va
xalqqa briktirilgan (konstitutsiyaga 10-tuzatish) edi. Kongress «milliy mudofaa va umumiy
farovonlikni ta'minlash uchun» yagona soliqlar o'rnatishi kerak edi. Maqsad alohida guruh va


210
hududlarni boshqalarga nisbatan qo'llab-quvvatlash vositasi sifatida federal g'aznadan
foydalanishga yo'l qo'ymaslik edi.
Shuningdek, Amerika konstitutsiyasi aholi mulk huquqini va ularning ixtiyoriy
ayirboshlashda qatnashish erkinligini ham himoya qilib kelgan. Konstitutsiyaga kiritilgan
beshinchi o'zgartirishga ko'ra, xususiy mulkni «odilona kompensatsiyasiz jamoat maqsadlarida
foydalanish uchun olib qo'yish»ga yo'l qo'yilmaydi. Shtatlar «shartnoma majburiyatlarini
buzadigan» qonunlarni qabul qilishi taqiqlangan (10-qism, I modda). Balkim, eng muhimi, bu
shtatlarning savdo cheklovlarini joriy qilishi taqiqlanganligidir. Natijada AQSH dunyodagi eng
katta erkin savdo hududiga aylandi.
Qo'shma Shtatlari konstitutsiyasi davlatning, xususan federal hukumatning
iqtisodiyotni siyosatlashtirish va fuqarolar huqularini poymol qilish imkoniyatini cheklab
qo'ydi. Boshqacha aytganda, konstitutsiyada davlat faoliyatini majburlash orqali emas, balki
kelishuv asosida yuritish nazarda tutilgan. Bu nega muhim? Odamlar faqat o'zaro manfaatli
faoliyatda qatnashishni lozim ko'radilar. Demak, kelishuvga asoslangan faoliyat, bozor yoki
davlat orqali amalga oshirilishidan qat'i nazar, o'zaro manfaatli bo'lib, u bir guruh manfaatini
boshqasinikidan ustuvor qo'ymaydi, balki umumiy farovonlikka ko'maklashadi.
Vaqt o'tishi bilan fuqarolarning iqtisodiy va shaxsiy hayotida davlatning roli odatda
ortib boradi. Shuning uchun ham, bugungi kunga kelib, ko'p mamlakatlarda davlat deyarli
barcha jarayonlarga aralashishga harakat qiladi. Buning natijasi esa bizga ayon: siyosiy
favoritizm, maxsus manfaatdor guruh loyihalarini byudjetdan moliyalashtirish, yirik byudjet
defitsiti, ortiqcha davlat boshqaruvi, siyosiy korruptsiya va hayotimizning ko'plab jabhalaridagi
davlatning ta'siri.
Davlat tuzilmasi qachon tashkil etilganligidan qat'i nazar, barcha mamlakatlar oldida
keng konsensusga asoslangan davlat faoliyatini qo'llab-quvvatlovchi konstitutsiyaviy
qoidalarni yaratish hamda siyosiy jarayonni iqtisodiy rivojlansihga yo'naltirish muammosi
turibdi.
Bunga qanday erishish mumkin? Konstitutsiya iqtisodiy farovonlik va barqarorlikka
ko'maklashishi uchun qaysi qoidalarni o'z ichiga olishi kerak? Yuqoridagi tahlillardan bir
necha xulosalar kelib chiqadi. Bu to'g'risida boshqa firklar mavjud bo'lsada, ishonamizki,
quyidagi umumiy printsiplar samarali davlat faoliyatiga va iqtisodiy taraqqiyotga


211
ko'maklashishini ham iqtisodiy mantiq, ham empirik tadqiqotlar qo'llab-quvvatlaydi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling