James d. Gwartney


-qadam. Muvaffaqiyat ehtimolini oshirish uchun hozirdan boshlang!


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

1-qadam. Muvaffaqiyat ehtimolini oshirish uchun hozirdan boshlang! Byudjet faqat
ishlaydigan yoki yuqori daromadli aholi uchungina zarur deb o'zingizni aldamang yoki bu
ishni keyinga qoldirmang. Cho'ntak xarajatlari uchun pul oluvchi bolalar, ota-onalaridan
moliyaviy yordam oluvchi talabalar va bevosita o'z daromadlariga ega bo'lmagan aholi ham
byudjetlarini rejalashtirishlari hamda maqsadlarini belgilab olishlari lozim. Yosh o'tishi bilan
yoki daromadingiz ko'payishi bilan byudjetni rejalashtirish jarayoni osonlashmaydi.


242
Haqiqatda, u murakkablashadi. Keyinga qoldirish oson. Byudjetlarini rejalashtiradigan,
mablag'larini tejaydigan va kelajak uchun jamg'aradigan shaxslar bularni ancha oldin, hali
daromadlari uncha ko'p bo'lmagan vaqtda boshlaydilar
(101)
. Byudjet tuzadigan tekin ilovalar
(Internetda yaxshilari ko'p) qo'l kelishi mumkin.
2-qadam. Maqsadlarni belgilab oling. Rag'batlar ahamiyatga ega. Buning shaxsiy
hayotingizdagi ahamiyatini tushunib, maqsadlar faoliyatingizni boshqarishiga yo'l bering. O'z
oldingizga qisqa, o'rta va uzoq muddatli moliyaviy maqsadlar qo'ying hamda ularni o'z
byudjetingizga tatbiq eting. Qisqa muddatli maqsadlarga bir yil ichida erishish mumkin va ular
darhol qoniqish hissini olib keladi. Shart-sharoitingizga qarab, bular qarz foiz stavkasi eng
yuqori kredit kartasi bo'yicha qarzni uzish, kutilmagan xarajatlarni qoplash uchun jamg'armani
sezilarli darajada oshirish, yangi telefon yoki boshqa texnologik asbob uchun pul ajratish
kabilardan iborat bo'lishi mumkin. O'rta muddatli maqsadlarga bir yildan to uch yilgacha
bo'lgan uzoqroq vaqt davomida erishish mumkin. Haydalgan mashina sotib olish, kvartira yoki
boshqa uy-joy uchun 20 foiz boshlang'ich to'lovni to'lash, yaxshi diversifikatsiya qilingan
portfelni shakllantirish uchun katta jamg'arma hisob raqamini yuritish kabilar uzoqroq vaqt
talab qiladigan maqsadlarga misol bo'ladi. Va nihoyat, farzandlaringizning universitetdagi
ta'limi va pensiya uchun jamg'arish va investitsiya qilish, talabalik yoki ipoteka krediti
qarzlarni to'lash uzoq muddatli maqsadlarga misol bo'ladi.
Avval ta'kidlab o'tilganidek, jamg'arma va investitsiya byudjetingizning alohida
kategoriyasi bo'lishi kerak. Aniqki, oqilona jamg'arish va sarflashni qancha erta boshlasangiz,
shuncha ko'p boylik yaratasiz. Lekin erta boshlab qancha ko'p boylik yarata olishingiz uncha
aniq emas. Bugun jamg'arilgan yoki investitsiya qilingan hatto eng kichik miqdor ham juda
katta rol o'ynashi mumkin. Quyidagi uzoq muddatli rejani ko'rib chiqaylik.
Yigirma ikki yoshga to'lganingizda kuniga 2 yevrodan ikki yil davomida muntazam
jamg'arishni boshlang. Ehtimol, bu kuniga kofega, suvga yoki yengil tamaddiga sarflagan
xarajatingizdan yoki kun oxirida chuntakda qoladigan qaytimdan ancha kam. Keyin yigirma
to'rt yoshdan to yigirma olti yoshgacha kuniga 3 yevrodan jamg'arishni boshlang. Bu atigi bir
yevroga ko'p, lekin daromadingiz ham bu vaqtga kelib oshsa kerak. Yigirma olti yoshdan to
o'ttiz yoshgacha kunlik jamg'armani 4 yevroga ko'paytiring. Bu kunlik miqdorni sarflamasdan
uni daromad darajasi ijobiy bo'lgan maxsus hisob raqamida yig'ib borsangiz, turmush tarzingiz


243
uncha o'zgarmaydi. O'ttiz yoshga yetganingizda siz 9 490 yevro HAMDA unga to'langan
foizni jamg'arishga ulgurasiz. Chakki emas. Kuniga kam miqdordan jamg'arilgan pul albatta
ko'payadi.
Lekin ajablanarlisi quyidagida: oltmish yetti yoshga yetib pensiyaga chiqqaningizda,
ushbu to'qqiz yil davomida jamg'arilgan miqdor oqilona investitsiya qilinsa, boyligingiz
150 000 yevrogacha oshadi. Buning ustiga, bu miqdor bugungi narxlardagi xarid
qobiliyatingizni aks ettiradi. Bu daromad oxirgi sakson yil ichida fond birjasi ko'rsatkichlariga
teng bo'lgandagi natijadir (bunday daromad darajasi va murakkab foiz stavkasining kuchi
to'g'risida keyingi qismlarda tanishasiz). Bundan tashqari, jamg'arishni erta boshlasangiz,
butun hayotingiz davomida muntazam jamg'arma rejasi
(?)
bilan davom ettirishingizning
ehtimoli katta. Eng zehnli investorlar, jumladan Uorren Baffett va «Shark Tank» ko'rsatuvidagi
NBAning Dallas Maveriklari komandasining egasi Mark Kuban, qarz bo'lmaslik muhimligini
qayd etadilar. Erta jamg'arishni boshlash esa buning oldini olishga yordam beradi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling