James d. Gwartney


Yakka tartibdagi tadbirkorlar


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Yakka tartibdagi tadbirkorlar
(?)
aholining badavlat qatlami orasida nomutanosib
ravishda keng tarqalgan. Garchi yakka tartibdagi tadbirkorlar ishchi kuchinining katta qismini
tashkil qilsada, ular millionerlarning katta qismini tashkil etadi. Masalan, 2015-yilda
Niderlandiyada xususiy tadbirkorlar band aholining 17 foizini
(98)
, ishlovchi millionerlarning
esa qariyb 80 foizini tashkil qilgan
(99)
. Xususiy tadbirkorlarning moliyaviy muvaffaqiyatiga
hissa qo'shadigan asosiy to'rt omil mavjud. Birinchidan, ular boshqalar nazaridan chetda
qolgan qulay imkoniyatlarni aniqlay olishga va ulardan foydalanishga usta. Ikkinchidan, ular
tavakkal qilishga tayyor. Yuqoriroq daromad katta riskni talab qiladi. Yakka tartibdagi
tadbirkorlarning yuqori daromadlari tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq noaniqliklar uchun
kompensatsiyadek, xolos. Uchinchidan, ular investitsiya qilish bo'yicha yuqori ko'rsatkichga
ega. Yakka tartibdagi tadbirkorlar ko'pincha daromadlarining katta qismini bizneslarini
rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan faoliyatga yo'naltiradilar. To'rtinchidan, ular odatda
o'z mehnatlaridan mamnunligidan ko'p ishlaydilar.
Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda sobiq sovet mamlakatlarida kichik biznesga
egalik qilish darajasi mamlakatlararo va mamlakat ichida mintaqalararo juda farq qiladi.
Ehtimol, bu davlat siyosatini va shu bilan birga yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini
boshlashga ta'sir ko'rsatadigan madaniy munosabatlarni aks etadi
(100)
. Biroq, tadbirkorlik
hislati har qanday sharoitlarda ham foydali bo'lib qolaveradi.


238
Ishchilar ham yuqori daromadli aholi statusiga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga xos
xususiyatlarni o'zlashtirishlari mumkin. Ular ham jamg'armalariga aksiyalar sotib olishlari va
shu orqali o'rtacha darajadan yuqori daromad olishlari mumkin. Bunda ular xususiy
tadbirkordek tavakkal qilishga to'g'ri kelishi mumkin. Agar istasalar, ular investitsiya darajasini
ko'paytirish yoki ko'proq ishlash orqali ko'proq daromad olishlari va boyliklarini orttirishlari
mumkin.
Ehtimol, eng muhimi ishchilar «tadbirkorlarcha fikrlash»dan manfaat topishlari
mumkin. Xuddi xususiy tadbirkorlarning daromadlari iste'molchilar talabini qondirish
qobiliyatiga bog'liqligi kabi, ishchilarning daromadlari ham ularning joriy va bo'lajak ish
beruvchilarga o'zlarini foydali qilib ko'rsata olish qobiliyatlariga bog'liq. Agar ishchilar yuqori
daromad olishni istasalar, ular boshqalar uchun qadrli bo'lgan qobiliyatlarni, bilimlarni,
sifatlarni va ish odatlarni rivojlantirishlari lozim.
Tadbirkorlarcha fikrlash ta'lim bo'yicha qarorlar qabul qilganda ham nihoyatda
muhimir. Agar xizmatingizning boshqalar uchun qadrini oshiradigan bilim va qobiliyatingizni
rivojlantirmasangiz, ta'limning o'zi daromadingizni uncha oshirmaydi. Bular savodli yozishni,
to'g'ri muloqot qilishni, asosiy matematik uslublardan foydalana olishni va ma'lumot va
axborotlarni yig'ib, ularni tahlil qila olishni, shuningdek, boshqalardan ajratib turuvchi va
unumdorlikni oshiruvchi maxsus qobiliyatlarga ega bo'lishni o'z ichiga oladi. Boshqalarga
qadrli ko'nikmalarni rivojlantirish o'rta va oliy ta'lim muassasalarida va ulardan tashqarida
muhim ahamiyatga ega.
Bugungi kunda universitet diplomi ish beruvchilarning diqqatini jalb qilishga va yuqori
daromadli ish bilan ta'minlashga kafolat bermaydi. 2019-yilda Armaniston va post-kommunist
davlatlarida universitet ta'limi borlar orasidagi ishsizlik darajasi 25%ga yaqin edi. Bandlik va
ta'lim bozorlari tez o'zgarmoqda. Ish topishning eng yaxshi yo'li tadbirkorlarcha fikrlash hamda
rasmiy ta'lim va ishga tayyorligingizni ko'rsatish orqali xizmatingiz boshqalarga qadrli
ekanligini namoyish etishdir. Bunda g'oyatda ko'p onlayn-kurslar, certifikat dasturlari va ish
amaliyotlari foydali bo'lishi mumkin.
Boshqalarga katta foyda olib kelishi uchun qobiliyatingizni rivojlantirish va undan
foydalanish moliyaviy muvaffaqiyatning kalitidir. Bu Artur Bruks «erishilgan muvaffaqiyat»
deb atagan tushunchada ham markaziy rol o'ynaydi. Bundan tashqari, erishilgan muvaffaqiyat


239
baxt va hayotdan qanoatlanishning markaziy qismini tashkil etadi. Hech kim sizga erishilgan
muvaffaqiyatni bera olmaydi; siz unga o'zingiz erishingiz kerak. Agar ta'limingiz, ishingiz va
tanlagan turmush tarzingiz hayot maqsadingizni aks ettirsa, muvaffaqiyatga erishgan bo'lasiz.
Butun xizmatimiz davomida talabalardan hayotdan nimalarni istashlarini so'radik. Bir yoki
boshqacha shaklda, javob deyarli doimo bir xil: «Men dunyoni yashash uchun yaxshiroq joyga
aylantirishni xohlayman». Albatta, bu rejani amalga oshirish istaklari shaxsdan-shaxsga farq
qiladi. Biroq, ularning rejalaridan qat'i nazar, ijobiy hislatlar va tadbirkorlik ruhi mazmunli,
to'laqonli va baxtli hayot kechirishlariga ko'maklashadi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling