James d. Gwartney


Video: Qashshoqlik va tadbirkorlik


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Qashshoqlik va tadbirkorlik
Ayrimlaringiz, balkim: «Mening sifatlarim bu mening shaxsiy ishim bo'ladi. Hech kim
menga nima qilish yoki xulqimni o'zgartirish kerakligini ayta olmaydi», deb o'ylashi mumkin.
Faraz qilaylik, biz Misha deb nomlagan biznesmen ham xuddi shunday deb o'ylaydi. Misha
iste'molchilarning istaklarini e'tiborga olmay, o'zi ular uchun foydali deb hisoblagan narsalarni
ta'minlaydi. Misha bu tanlovni amalga oshirish uchun erkinlikka ega. Biroq, agar u shunday
yo'l tutsa, u kamroq savdo tufayli yo'qotishlarga duch kelishi va biznesi muvaffaqiyatsizlikka
uchrashi mumkin. Shuningdek, potensial ishchilar ham «o'zlari istagan narsani qilish»
erkinligiga ega. Ular hislatlari va hatti-harakatlari unumdorlik va ishga yaroqlilik darajasiga
ta'sir ko'rsatishiga e'tibor bermasliklari mumkin. Ammo, xuddi iste'molchilar xohish-istaklarini
e'tiborga olmagan biznes kabi, ular ham o'zlarning hislatlari va hatti-harakatlari unumdorlik
darajasiga ta'sirini e'tiborga olmasa, imkoniyatlari va daromadlari kamayadi. Hech qaysimiz
alohida, o'z-o'zimiz bilan hayot kechirmaymiz. Agar boshqalar orqali daromad olishni istasak,
biz ular bilan hamkorlik qilishimiz va ularga qadrli bo'lgan xizmatni ko'rsatishimiz lozim.
Video:
Gaitining quyosh tadbirkorlari
Xulosa qilib aytganda, muvaffaqiyatga eltuvchi hislatlar moliyaviy muvaffaqiyatning
o'ta muhim omillaridir. Bu hislatlarni sotib olib bo'lmaydi. Shuningdek, hech kim sizga ularni
bera olmaydi. Siz ularni o'zingiz tanlab, hayotingizga tatbiq etishingiz lozim. Bundan tashqari,
agar shu yo'lni tanlasangiz, siz albatta katta iqtisodiy muvaffaqiyatga erishasiz. Buning aksi
ham to'g'ri: agar hayotingiz salbiy sifatlarni o'zida aks ettirsa, kelajakdagi hayotingiz moliyaviy
muammolar va shaxsiy alam bilan o'tishi shubhasiz.
Tadbirkorlarcha fikrlash ham unumdorligingizni oshiradigan shaxsiy hislatdir.
Tadbirkorlik asosan biznes qarorlarini qabul qilish bilan bog'liq, lekin aslida hammamiz


236
tadbirkormiz. Biz doimo bilimimiz, qobiliyatimiz va bizning nazoratimizdagi boshqa
resurslarni rivojlantirish va ulardan foydalanish to'g'risida qarorlar qabul qilamiz. Bizning
moliyaviy muvaffaqiyatimiz ushbu tanlovlarning natijasiga bog'liq.
Agar moliyaviy nuqtai-nazardan muvaffaqiyatli bo'lishni istasangiz, tadbirkorlarcha
fikrlang. Boshqacha aytganda, o'z iste'dodingizni qanday rivojlantirish va undan foydalanishga
hamda mavjud resurslardan foydalanib, boshqalarga foydali xizmatlar ko'rsatishga diqqatni
qarating.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling