James d. Gwartney


Boshqalarga qadringizni oshiring


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Boshqalarga qadringizni oshiring
Bozor iqtisodiyotida moliyaviy muvaffaqiyat boshqalarga foydali xizmat ko'rsatish qobiliyatini
aks ettiradi. Bu ham ishchilar, hamda korxonalarga taalluqli. Agar ko'p daromad topishni
istasangiz, unda boshqalar qadrlaydigan xizmatlarni ko'rsatish yo'llarini izlab topishingiz zarur.
Avval ta'kidlab o'tganimizdek, bilimni takomillashtirish, malaka hamda tajriba orttirish
odatda unumdorlikni va boshqalarga qadrli xizmat ko'rsatish imkoniyatini oshiradi. Shu
sababli, inson kapitaliga – ta'limga, mashg'ulotlarga va malaka oshirishning boshqa usullariga
– investitsiya qilish ham unumdorlikni, ham daromadlarni oshirish mumkin. Biroq, boshqa
shaxsiy xususiyatlar ham unumdorlikka ta'sir ko'rsatadi. Ulardan eng muhim ikkitasi bu
shaxsiy dunyoqarash va tadbirkorlardek fikrlash. Unumdorlikning manbai sifatida bu ikki
sifatning ahamiyati psixologlarning «emotsional intellekt» (EQ) tushunchasi bilan bog'liq.
Ko'p psixologlar shaxsiy muvaffaqiyatni aniqlashda EQ IQ (intellektual omil) ga nisbatan
muhimroq deb ishonadilar
(93)
. Iqtisodchilar inson unumdorligi uchun bunday o'ta muhim
manbalarga ko'pincha e'tibor bermaganlar
(94)
.
Qanday qilib shaxsiy dunyoqarash unumdorlik va muvaffaqiyatga ta'sir ko'rsatadi?
Quyida oddiy xayoliy tajriba o'tkazamiz. Faraz qiling, ish beruvchi ikki ishchini baholayapti.
Ulardan biri quyidagi fazilatlarga ega: rostgo'ylik, ishonchlilik, qat'iylik, haqiqiylik,
boshqalarga hurmat, o'rganish va mukammallikka havas hamda boshqalar bilan ishlash
qobiliyati. Ikkinchisi esa quyidagi illatlarga ega: boshqalarga hurmatsizlik, ishonchsizlik,
janjalkashlik, bilim olishga nafrat, qo'pollik, muammolarda boshqalarni ayblashlik,
vijdonsizlik, spirtli ichimlik va giyohvand moddalarga ruju qo'yganlik. Agar ish beruvchi
bo'lsangiz, qaysi birini ishga yollagan bo'lar edingiz? Aniqki, ko'pchilik birinchi nomzodni
ishga yollaydi, chunki uning hislatlari muvaffaqiyatga yo'naltirilgan. Boshqa farqlari bo'lmasa,
ijobiy hislatlarga ega ishchilar unumdorroq bo'ladilar. Aksincha, ikkinchisining hislatlari

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling