James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

«Agar savdo sherigingiz yuk kemalari kelishiga xalaqit berish uchun
o'z sohilini toshlar bilan to'ldirsa, siz ham o'z sohilingizni toshlar
bilan to'ldirishingiz sizning ahvolingizni yaxshilashi amri mahol».
Ko'pincha jamoatchilik muhokamalarida savdo erkinligi, harakat erkinligi va
investitsiya erkinligi alohida mavzu sifatida ko'rib chiqiladi. Bu noto'g'ri. Agar bir
mamlakat ishchilari boshqasiga qaraganda kamroq maosh olsa, vaziyatga har
uchalasi ham ta'sir ko'rsatadi. Ishchilar ish haqi yuqori bo'lgan hududga ko'chishga
harakat qiladilar, investorlar esa, aksincha, arzon ishchi kuchidan foydalanish uchun
ish haqi past mamlakatga kelishadi va bu ishlab chiqarilgan mahsulotlarni jahon
bozorlarida arzonlashtiradi. Ushbu yo'nalishlardan biriga to'siq qo'yish boshqalariga
bosimni kuchaytiradi.
h. Tashqi tayanchlardan foydalanish
Saylovchilar barcha iqtisodiy savodi bo'lgan odamlar kabi foyda va
xarajatlarni taqqoslash orqali qaror qabul qiladilar. Allaqachon muhokama
qilganimizdek, siyosatchilarda ko'pincha kelgusi saylovgacha cheklangan juda qisqa
muddatli rejalar bo'ladi. Ushbu tafovut joriy xarajatlarni talab qiladigan, lekin
evaziga uzoq muddatda katta manfaatli bo'lgan siyosiy qarorlarni qabul qilishda
qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunday vaqt nomuvofiqligi siyosatchilar
tomonidan ishonchli siyosiy majburiyatlarni olishlarini qiyinlashtiradi. Shuningdek,
maxsus manfaatdor guruhlar siyosiy rahbarlarga jamiyat hisobiga tor doiradagi
odamlarga foyda keltiradigan qarorlarni qabul qilishga bosim o'tkazishlari mumkin.


223
Buning amalga oshirilishi mumkin bo'lgan yechimlaridan biri bu a'zolik
shartlari oqilona siyosatni talab qiladigan xalqaro tashkilotga qo'shilish orqali uzoqni
ko'ra oladigan rahbarlarning bosimga taslim berish ehtimolini kamaytirishdir.
Bunday tashkilotlar juda ko'p. Yevropa Ittifoqi (YI) ishtirokchilariga byudjet defitsiti
miqdorini kamaytirish va davlat qarzini cheklash kabi talablarni qo'yadi. Undan
tashqari, u a'zo mamlakatlardan yagona huquqiy tizimni yaratishni talab qiladi (bu
acquis communautaire deb nomlanadi). Yevropa Ittifoqining ba'zi dasturlari
(masalan, Yagona qishloq xo'jaligi siyosati doirasida fermer xo'jaliklarini
subsidiyalash) samarasiz (yoki oqilona iqtisodiy siyosatga zid) bo'lishiga
qaramasdan, ular odatda post-kommunistik mamlakatlarning Yevropa Ittifoqiga a'zo
bo'lish istiqboli bo'lmaganda qabul qilishi mumkin bo'lgan ko'plab siyosatlardan
ancha yaxshiroqdir. Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lish istiqboli mavjud bo'lgan
mamlakatlar fuqarolariga pirovardida foyda keltiradigan ko'plab og'ir islohotlarni
amalga oshirdilar
(88)
.
Shunga o'xshash ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan boshqa tashkilotlar
qatoriga NATO, Jahon savdo tashkiloti, Inson huquqlari bo'yicha Yevropa sudi,
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti va Investitsion nizolarni hal qilish
xalqaro markazi kiradi. Xalqaro valyuta jamg'armasi (XVJ) iqtisodiy o'sishni
oshirishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda, ayniqsa, muhim rol
o'ynaydi. Ortiqcha davlat xarajatlari valyuta inqiroziga olib kelganda va xalqaro
kredit bozorlari davlat qarzi hajmining kattaligi tufayli uni moliyalashtirishni
to'xtatganda, mamlakatlar odatda Xalqaro valyuta jamg'armasiga yordam so'rab
murojaat qiladilar. Bunga Gretsiyadagi 2010-2018-yillar inqirozini misol keltirish
mumkin. XVJ va Yevropa Markaziy Bankining bosimi tufayligina Gretsiya
hukumati zarur islohotlarni amalga oshirishga rozi bo'ldi.
Hatto tashkilotga a'zolikni talab qilmaydigan xalqaro reytinglar ham davlat
faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Masalan, Gruziya Jahon Bankining
«Biznesni yuritish qulayligi» indeksida eng yaxshi o'nlikka kirganidan g'ururlanadi,
vazirlar esa ushbu reytingni yaxshilashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishga
mas'ul hisoblanadi.


224

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling