James d. Gwartney


-chizma: Matbuot erkinligi korruptsiyani kamaytiradi


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

22-chizma: Matbuot erkinligi korruptsiyani kamaytiradi
K
o
rr
u
p
ts
iy
a
Matbuot erkinligi
0
2
4
6
8
20
40
60
80
100
Manba: Aymo Brunetti, Beatrice Weder, «A free press is bad news for corruption,» Journal of Public
Economics, (2003), 87(7): 1801–1824, 10.1016/S0047-2727(01)00186-4.
So'nggi 20 yil ichida erishilgan texnologik yutuqlar fuqarolarning davlat
faoliyatini nazorat qilish va uning hisobdorligini talab qilish qobiliyatini sezilarli
darajada oshirdi. Keyingi chizmada Internetdan (aniqrog'i, barcha ijtimoiy tarmoq
misolida Facebookdan) foydalanuvchilar ulushi va korruptsiya darajasining pastligi


220
o'rtasidagi bog'liqlikni yaqqol ko'rish mumkin:
23-chizma: Ijtimoiy tarmoqlar korruptsiyani kamaytirai
-(
K
o
rr
u
p
ts
iy
a
n
a
zo
ra
ti 
in
d
e
ks
i)
2
-2
-3
0
20
«Facebook»dan foydalanish darajasi
«Facebook»dan foydalanish darajasi
-(Korruptsiya nazorati indeksi)
1
-1
0
60
40
80
100
DEU
JPN
QAT
BWA
BTN CPV
POL
MUS
KOR
GEO
LVA
BRA
SA
BLZ
TUN
U
OMU
TON
FSM
ZAE
GHA
LKA
NPL
IR
ZAL
TOH
VUT
LSO
KIR
RWA
NAM
WSM
DMA
CRI
SVN
ESP
LOA
GRD
GRD
LTU
DHI
SMC
MKD
USA
ORK
CZE
TUR
MYS
SRB
TTO
GRC
KWT
COL
MDY
LBN
LBY
ZRI
Q
P
T
T
T
T
T
U
O
I
Z
VEN
GNQ
EG
ATRIK
NI
NZ
PR
M
R
I
Q
EDI
ORTIP
M
R
ORT
P
M
AM
G
NT MEX
RNZ
L
HI
R
K K
RO
ORH
O
R
RP
AD
F
S
IDN
CNY
IL
N
IA
O
NI
SI
I
IO
AZE
AZE
FU
HND
PRY
ALB
ECU
DOM
SUE
N
PHL
ROU
RVA
BIH
UI
FRA
AUT ATO
BRB
BELGBR
AUS
CAN
CHL
ARE
URYUSA
SHS
CYP
ISR
PPT
KNA
SIC
BRN
MLT
DNK
NZ
SWE
ISL
NOR
SGP
IRL
FIN
M
SU DUX
Manba: C.K. Jha, & S. Sarangi «Does social media reduce corruption?», Information Economics and
Policy, Volume 39 (2017 y, iyun): 60–71.
Shubhasiz, «Buyuk Xitoy tarmoq xavfsizlik devori» Xitoy jamiyatini nazorat
qilishda muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, ko'plab o'tish davri mamlakatlarida davlat
hisobdorligini ta'minlash uchun fuqarolik noroziligini bildirishda ijtimoiy
tarmoqlarning roli katta. Bunga misol tariqasida 2018-yil bahorida Armanistonda


221
bo'lib o'tgan #RejectSerzh shiori ostidagi norozilikni va 2013-2014-yillarda
Ukrainadagi Yevromaydonni keltirish mumkin
(87)
.
Matbuot erkinligi nafaqat ommaviy axborot vositalariga bosim o'tkazmaslik
va jurnalistlarga nisbatan tahdidlarning yo'qligidan iborat. Davlatning ko'rsatuvlarni
nazorat qilinishi va ulardan tashviqot uchun foydalanishi ko'p mamlakatlarning
muammosidir. Yana bir xavotirli tendentsiya bu badavlat siyosatchilarning o'z
gazetalari, telekanallari va radio stantsiyalarini sotib olishidir. Xususiy mulk
egalarining ishlariga davlat aralashuvi doimo munozarali bo'lsa ham, bu sohadagi
oqilona davlat siyosati cheklovlar joriy etishni talab qilishi mumkin.
g. Harakat, investitsiya va savdo erkinligi
Shaxslarning tadbirkorlik sohasida raqobatlashish va ixtiyoriy ayirboshlashda
qatnashish erkinliklari iqtisodiy erkinlik va taraqqiyotning asosidir. Narx ustidan
nazorat, tadbirkorlik va kasbiy faoliyatni boshlashga to'siqlar, davlat chegaralari
orqali tovarlar va xizmatlar savdosini cheklovchi qonunlar hamda savdo-sotiqga
to'siq bo'ladigan boshqa davlat tartib-qoidalari samarali iqtisodiy siyosatning qismi
hisoblanmaydi. Kasbiy faoliyatni litsenziyalash (kasbiy faoliyat bilan, masalan, soch
turmaklash bilan shug'ullanish unchun davlat ruxsatnomasini talab etish) raqobatga
qarshi mexanizm bo'lib, bu ayniqsa jamiyatning ko'plab kam ta'minlangan
a'zolarining ishga joylashish imkoniyatlarini cheklaydi. Jamoatchilikni himoya qilish
uchun sertifikatlash (iste'molchiga xizmat ko'rsatuvchining ta'limi to'g'risida
ma'lumot beradi, lekin iste'molchining o'zi ushbu ta'limning dolzarbligini mustaqil
baholaydi) afzalroqdir. Sertifikatlash xaridorlarga to'g'ri tanlov qilishga yordam
berib, boshqa xizmat ko'rsatuvchilarni o'z professional darajalarini isbotlash
imkoniyatidan mahrum qilmaydi. Litsenziyalash, aksincha, savdoni cheklashda va
mavjud ta'minotchilarga monopoliya huquqini berishda ishlatiladi.
Savdo erkinligi so'z va din erkinligi kabi insonning asosiy huquqlaridan
biridir. Fuqarolar ularga ma'qul kelgan shartlarda kimdan sotib olish va kimga
sotishni tanlashda, hatto savdo hamkori boshqa mamlakatda istiqomat qilsa ham,
erkin bo'lishlari kerak.
Ajablanarli tomoni shundaki, o'zaro erkin savdo (har ikkala tomon bir-biri


222
bilan erkin tovar ayirboshlash imkoniyatiga ega) manfaat keltirsa ham,
iqtisodchilarning fikriga ko'ra, o'zaro kelishuvning mavjudligi muhim emas. Savdo
sheriklarining siyosatidan qat'i nazar, agar mamlakat import qilish to'siqlarini olib
tashlasa, deyarli barcha holatlarda fuqarolarining hayotini yaxshilanadi. Bunday «bir
tomonlama erkin savdo» bilan bog'liq mantiqni yigirmanchi asrning betakror va eng
unumdor iqtisodchilaridan biri Joan Robinsonning (1903-83) quyidagi iqtibosida
ko'rish mumkin:

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling