James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonunlarni ommaga yetkazish majburiyati
- Sudyalarni adolatli tanlash jarayoni
- Mustaqil markaziy bank
- Mulk huquqlarini himoya qilish
- Soz va matbuot erkinligi kafolati
qolish kafolati. Sudyalar faqat «ishga layoqatsizlik» yoki «xizmat
vazifalariga noloyiq xatti-harakatlari uchun» lavozimlaridan butunlay yoki vaqtinchalik ozod etilishi kerak. Shunday xatti-harakatlarga pora olish kabilar kiradi. iv. Sud majlisining ochiqligi. Jamoatchilik a'zolari sud jarayonida ishtirok etish va sud qarorlari bilan tanishish huquqiga ega bo'lishlari lozim. Adolatli sud jarayonini ta'minlash maqsadida ommaviy axborot vositalariga sud ishini yoritishga maksimal darajada erkinlik berilishi kerak. v. Qonunlarni ommaga yetkazish majburiyati. Hatto ijtimoiy faol fuqarolar ham, agar mahalliy va xalqaro huquq doirasida siyosiy rahbarlar va hokimiyat organlaridan qanday xatti-harakatlar talab qilinganidan xabardor bo'lishmasa, unda ularni faoliyati (yoki faoliyatsizlik) uchun javobgarlikka torta olmaydilar. 216 vi. Sudyalarni adolatli tanlash jarayoni. Sudyalarni tanlash «yetarlicha tayyorgarlik va malakaga ega», «halol» va «iste'dodli» odamlar orasidan xolis amalga oshirilishi kerak. Oxirgi tamoyil sudyalarni tanlash jarayoni saylov yoki tayinlash orqali amalga oshirilganigidan qat'iy nazar qo'llanilishi kerak. Darhaqiqat, sifatli sud qarori qabul qilish bilan bog'liq murakkab talablarni va sudyalar siyosatga aralashmasligi kerakligini hisobga olsak, sudyalarni bexabar bo'lgan saylovchilar tomonidan tanlanishi ayniqsa muammoli bo'lishi mumkin. d. Mustaqil markaziy bank Demokratik tizimning kamchiliklaridan biri (garchi uning afzalliklari ko'proq bo'lsada) shundan iboratki, saylov yilida raqobatga duch kelgan amaldagi siyosatchilar qisqa muddatda foyda keltirib, lekin kelajakda salbiy oqibatlarga olib keladigan qarorlarni qabul qilishlari mumkin. Agar soliqlar tegishli ravishda ko'tarilmasa, ushbu qisqa muddatli maqsadlar davlat xarajatlarining oshib ketishiga olib kelishi mumkin. Bunday ziddiyatga duch kelgan siyosatchilar xarajatlarini «moliyalashtirish» uchun markaziy bankdan pul emissiyasini talab qilishga moyil bo'ladilar. 2-bobning 5-elementida ko'rib chiqqanimizdek, pul emissiyasining haddan tashqari oshishi yuqori inflyatsiya darajasiga yoki hatto giperinflyatsiyaga olib keladi. Iqtisodiy nazariya va tarixiy tajriba shuni ko'rsatadiki, inflyatsiya rag'batlarni o'zgartirishi va noaniqlikni keltirib chiqarishi orqali kelajakni rejalashtirishni murakkablashtirib, yillar davomida iqtisodiy o'sishni va aholi farovonligini pasaytiradi. Markaziy bank siyosatchilarning tazyiqlaridan mustaqil bo'lganda narxlar pastroq va barqaror hamda iqtisodiy o'sish sur'atlari yuqoriroq bo'ladi. e. Mulk huquqlarini himoya qilish XVII asr oxirlarida ijod qilgan faylasuf Jon Lok xususiy mulkka egalik qilish va undan foydalanish huquqi «tabiiy huquq», «mulkni saqlash» esa «buyuk va eng katta maqsad» bo'lib, bu vazifani bajarish uchun odamlar hukumatni tashkil etgan deb ta'kidlagan edi. Deyarli barcha mamlakatlar konstitutsiyalarida mulkni himoya qilish to'g'risida eslatib o'tilgan. Misol uchun: 217 i. Yevropa Ittifoqining Asosiy Huquqlar Xartiyasida shunday deyilgan: «Har bir shaxs qonuniy yo'l orqali olingan mulkka egalik qilish, undan foydalanish, tasarruf etish va vasiyat qilish huquqiga ega. Adolatli va o'z vaqtida kompensatsiya to'lash sharti bilan jamoat manfaatlarini ko'zlagan va qonunda nazarda tutilgan holatlardan tashqari, hech kim o'z mol-mulkidan mahrum etilishi mumkin emas». ii. Qo'shma Shtatlari Konstitutsiyasida keng ishlatiladigan ibora mavjud: «Hech kim adolatli huquqiy jarayonsiz... yashash, erkinlik yoki mulkidan mahrum etilmasligi kerak; xususiy mulk adolatli kompensatsiya to'lanmasdan davlat foydasiga musodara qilinmasligi kerak». iii. Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasida bundan ham aniqroq yozilgan: «Xususiy mulk huquqi qonun bilan himoya qilinadi. Har kim ham yakka tartibda, ham boshqalar bilan birgalikda mulkka egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish huquqiga ega. Hech kim sud qarorisiz mulkidan mahrum qilinishi mumkin emas. Mulkni davlat ehtiyojlari uchun majburan olib qo'yish faqat oldindan va adolatli kompensatsiya to'lash sharti bilan amalga oshirilishi mumkin». Afsuski, ushbu so'zlarning aksariyati, aytganlaridek, «ular yozilgan qog'oziga arzimaydi». Davlatlar ko'pincha bunday himoya asoslariga putur yetkazadilar. «Jamoat manfaatlari» yoki «adolatli kompensatsiya» kabi iboralar turlicha talqin qilinadi. Garchi mulk egasi hech kimning huquqlarini poymol qilmagan bo'lsa ham, davlat ko'pincha tovon to'lamasdan xususiy mulkni tortib olish uchun me'yoriy qoidalardan foydalanadi. Agar qonun chiqaruvchi organ mulkni tortib olish «jamoat manfaatlari uchun» deb hisoblasa yoki mulk egasining undan foydalanishi butunlay istisno qilinmasa, sudlar xususiy mulkni tortib olishga odatda ruxsat berib kelgan. Mulkni de-fakto olib qo'yish (ya'ni, mulk egasi o'zgarmagan holda uni mulkdan foydalanishini cheklash), ayniqsa muammoli hisoblanadi. Masalan, agar me'yoriy hujjatlar shaxsni sohil bo'yidagi uchastkasida qurilish ishlari olib borishini taqiqlasa, unda mulkka «egalik» qilishdan ma'no nima? 218 Xulosa qilib aytganda, mulk huquqini qonunga yoki hatto konstitutsiyaga yozib qo'yishning o'zi iqtisodiy o'sishni ta'minlash uchun yetarli emas. Bunday huquqlar potentsial investorlar uchun ishonchli bo'lishi kerak. Iqtisodiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, agar mulk huquqi himoyasi sudlar mustaqilligi hamda hokimiyat tuzilmalarida yuqori darajadagi nazorat va muvozanat bilan birga amalga oshirilsa, u iqtisodiy o'sishga ko'proq ta'sir ko'rsatadi. f. So'z va matbuot erkinligi kafolati Yuqorida muhokama qilinganidek, garchi davlat tuzilmasida nazorat va muvozanatlar tizimining mavjudligi muhim bo'lsa-da, ularni tashqi monitoring bilan to'ldirish kerak. Bu ayniqsa «korruptsiya til biriktiruvi» holatlariga taalluqli bo'lib, unda pora beruvchi ham, pora oluvchi ham qonuniy javobgarlikka tortiladi. Bu esa dalillarni to'plashni qiyinlashtiradi, chinki ishtirokchilarni hech qaysisi bir-biriga xiyonat qilishga rag'bati bo'lmaydi. Garchi boshqa murakkab statistik testlar mavjud bo'lsa ham, erkin matbuot va davlatning umumiy samaradorligi (va unga bo'g'liq iqtisodiy yutuq) o'rtasidagi bog'liqlikni quyidagi oddiy chizmada aniq ko'rish mumkin. Avtoritar davlatlarda jurnalistlarga tsenzura, hibsga olish va hatto o'lim bilan tahdid solish holatlari ajablanarli emas. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling