James d. Gwartney
Farovonlikka ko'maklashuvchi konstitutsiyaviy
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- — Milton Fridman, 1976-yil Nobel mukofoti laureati
Farovonlikka ko'maklashuvchi konstitutsiyaviy
me'yorlar to'g'risida Xususiy va, ayniqsa, davlat korxonalarida ulkan inertsiya, ya'ni status-kvoning hukmronligi mavjud. Faqat haqiqiy yoki xayoliy inqirozgina haqiqiy o'zgarishlarga olib keladi. Inqiroz yuz berganda esa amalga oshiriladigan harakatlar mavjud g'oyalarga bog'liq. Fikrimcha, bizning asosiy vazifamiz quyidagilarda: mavjud siyosatga muqobillarni ishlab chiqish, ularni to siyosiy jihatdan imkonsiz holatdan siyosiy jihatdan muqarrarga aylanmaguncha qo'llab-quvvatlab, tayyor holda ushlab turish (83) . — Milton Fridman, 1976-yil Nobel mukofoti laureati 3-bobning asosiy g'oyalari nimalardan iborat? Birinchidan, iqtisodiy tahlillar shuni ko'rsatadiki, monopoliya, jamoat mollari va tashqi ta'sirlar bozor muammolari bo'lib, ular o'z manfaatini ko'zlovchi shaxslarni samarasiz hatti-harakatga undaydi. Bu bozor muvaffaqiyatsizliklari samaradorlikni oshirish uchun davlat aralashuviga imkoniyat yaratadi. Biroq, natija shunday bo'lishiga kafolat yo'q. Resurslarni siyosiy taqsimlash, demokratik yo'l bilan amalga oshirilgan taqdirda ham, 209 iqtisodiy tashkil qilishning bir shaklidir va u bozorlar kabi afzallik va kamchiliklarga ega. Bozor muvaffaqiyatsizligi kabi davlat muvaffaqiyatsizligi ham sodir bo'lishi mumkin. Yuqorida ta'kidlanganidek, davlat muvaffaqiyatsizligiga quyidagilar kiradi: Aql-idrokli ovoz berish uchun saylovchilarda yetarlicha rag'bat bo'lmasligi. Davlat shaxsiy huquqlarni himoyalash doirasidan chiqib, taqchil resurslarni taqsimlashda faol ishtirok etishni boshlaganda, siyosatchilarda yaxshi tashkil etilgan maxsus guruhlar manfaatini qo'llab-quvvatlashga kuchli rag'batning paydo bo'lishi. Siyosiy favoritizm resurslarni isrof qiluvchi renta ketidan quvishni ko'maklashishi. Siosiy jarayonlar ko'pincha uzoqni ko'zlamaydi (odatda keyingi saylovdan o'tmaydi). Bu esa davlat qarzining haddan tashqari oshib ketishiga va bajarilishi qiyin moliyalashtirilmagan va'dalarning ko'payishiga sabab bo'ladi. Agar davlat iqtisodiy farovonlikni ko'maklaydigan bo'lsa, siyosiy o'yin qoidalari iqtisodiy taraqqiyot sari saylovchilar, siyosatchilar va amaldorlar shaxsiy manfaatlarini uyg'unlashtirishi kerak. Buning ko'rinishi qanaqa va bunga qanday erishish mumkin? Shunisi ravshanki, qonun oldida tenglik va davlat vakolatlarining cheklovi iqtisodiy taraqqiyotga ko'maklashuvchi siyosiy tuzilmani shakllantirish uchun muhimdir. Garchi mamlakatlarning institutsional tuzilmalari bir-biridan farq qilsada, turli mamlakatlarning muvaffaqiyatli (va muvaffaqiyatsiz) tajribalari yaxshi saboq bo'ladi. Qo'shma Shtatlari Konstitutsiyasining asoschilari, umuman qaraganda, umumiy tuzilmani to'g'ri tanlaganlar. Ular nazoratlar va muvozanatlar printsipini tizimga kiritganlar. Siyosiy hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud tizimi o'rtasida taqsimlandi. Qonunlar ko'pincha bir-biriga zid manfaatlarni ko'zlagan ikki qonun chiqaruvchi organi tomonidan ko'rib chiqilishi lozim bo'lib, ularning qabul qilinishi uchun prezidentning roziligi talab qilingan. Markaziy hukumat vakolatlarning cheklovi federal tizim nomarkazlashuviga va davlat vakolatlarining yanada bo'linishiga olib keldi. Markaziy hukumatning ruxsat etilgan fiskal vakolatlari sanab o'tilgan bo'lib (8-bo'lim, 1-modda), qolgan barcha vakolatlar shtatlar va xalqqa briktirilgan (konstitutsiyaga 10-tuzatish) edi. Kongress «milliy mudofaa va umumiy farovonlikni ta'minlash uchun» yagona soliqlar o'rnatishi kerak edi. Maqsad alohida guruh va 210 hududlarni boshqalarga nisbatan qo'llab-quvvatlash vositasi sifatida federal g'aznadan foydalanishga yo'l qo'ymaslik edi. Shuningdek, Amerika konstitutsiyasi aholi mulk huquqini va ularning ixtiyoriy ayirboshlashda qatnashish erkinligini ham himoya qilib kelgan. Konstitutsiyaga kiritilgan beshinchi o'zgartirishga ko'ra, xususiy mulkni «odilona kompensatsiyasiz jamoat maqsadlarida foydalanish uchun olib qo'yish»ga yo'l qo'yilmaydi. Shtatlar «shartnoma majburiyatlarini buzadigan» qonunlarni qabul qilishi taqiqlangan (10-qism, I modda). Balkim, eng muhimi, bu shtatlarning savdo cheklovlarini joriy qilishi taqiqlanganligidir. Natijada AQSH dunyodagi eng katta erkin savdo hududiga aylandi. Qo'shma Shtatlari konstitutsiyasi davlatning, xususan federal hukumatning iqtisodiyotni siyosatlashtirish va fuqarolar huqularini poymol qilish imkoniyatini cheklab qo'ydi. Boshqacha aytganda, konstitutsiyada davlat faoliyatini majburlash orqali emas, balki kelishuv asosida yuritish nazarda tutilgan. Bu nega muhim? Odamlar faqat o'zaro manfaatli faoliyatda qatnashishni lozim ko'radilar. Demak, kelishuvga asoslangan faoliyat, bozor yoki davlat orqali amalga oshirilishidan qat'i nazar, o'zaro manfaatli bo'lib, u bir guruh manfaatini boshqasinikidan ustuvor qo'ymaydi, balki umumiy farovonlikka ko'maklashadi. Vaqt o'tishi bilan fuqarolarning iqtisodiy va shaxsiy hayotida davlatning roli odatda ortib boradi. Shuning uchun ham, bugungi kunga kelib, ko'p mamlakatlarda davlat deyarli barcha jarayonlarga aralashishga harakat qiladi. Buning natijasi esa bizga ayon: siyosiy favoritizm, maxsus manfaatdor guruh loyihalarini byudjetdan moliyalashtirish, yirik byudjet defitsiti, ortiqcha davlat boshqaruvi, siyosiy korruptsiya va hayotimizning ko'plab jabhalaridagi davlatning ta'siri. Davlat tuzilmasi qachon tashkil etilganligidan qat'i nazar, barcha mamlakatlar oldida keng konsensusga asoslangan davlat faoliyatini qo'llab-quvvatlovchi konstitutsiyaviy qoidalarni yaratish hamda siyosiy jarayonni iqtisodiy rivojlansihga yo'naltirish muammosi turibdi. Bunga qanday erishish mumkin? Konstitutsiya iqtisodiy farovonlik va barqarorlikka ko'maklashishi uchun qaysi qoidalarni o'z ichiga olishi kerak? Yuqoridagi tahlillardan bir necha xulosalar kelib chiqadi. Bu to'g'risida boshqa firklar mavjud bo'lsada, ishonamizki, quyidagi umumiy printsiplar samarali davlat faoliyatiga va iqtisodiy taraqqiyotga 211 ko'maklashishini ham iqtisodiy mantiq, ham empirik tadqiqotlar qo'llab-quvvatlaydi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling