James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

O'qish uchun:
«Ukrainada konstitutsiyaviy islohotlar o'tkazish zarurati»
Iqtisodiyot fanlari bo'yicha Nobel mukofoti laureati, Rojer Mayerson
nazoratlar va muvozanatlar tushunchasi asosida amaliy tuzilma ishlab chiqqan.
O'tish davri mamlakatlaridagi korruptsiya bilan bog'liq katta muammolarni hisobga
olsak, mantiqiy yechim bu hukumatni boshqarish hamda jinoiy faoliyatni tekshirish
va qonun yo'li bilan ta'qib qilish vazifalarini bir-biridan ajratish kerak. Birinchi
vazifani bosh vazirga, ikkinchi vazifani esa prezident ma'muriyatiga yuklash
mumkin. Asosiy printsip shundan iboratki, nafaqat uzoq davr barqaror huquqiy
tizimga ega mamlakatlarda, balki yangi demokratlashtirish jarayonidagi
mamlakatlarda ham korruptsion harakatlarni tergov qilish uchun mustaqil hokimiyat
organining mavjudligi qonunni cheklab o'tish imkoniyatini sezilarli darajada
kamaytiradi.
Davlatimiz faoliyati nazorat va muvozanatlar tizimi asosida yuritiladi.
To'ppa-to'g'ri... siz chiqimni nazoratingizga olgansiz, biz esa qarzlarni to'lab, muvozanatga keltiramiz.
Amerika siyosiy komiksi «Shoe». Mualliflar: Geri Brukins va Syuzi Maknelli (2010-yil 5 aprel)


215
c. Mustaqil sud hokimiyati
Sudyalarning tayinlanishini nazorat qilish muhim bo'lsa-da, bu huquqiy
tizimning nazorat va muvozanat vazifasini bajarishidagi yagona omil emas. Sud
hokimiyatining mustaqilligi iqtisodiy farovonlikning muhim sharti ekanligini
iqtisodiy tadqiqotlar qayta va qayta ko'rsatdi. «Mustaqillik» deganda biz shunchaki
qonunda bitilgan, lekin chetlab o'tsa bo'ladigan (de jure–qonundagi mustaqillik)
mustaqillikni emas, balki haqiqiy mustaqillikni (de fakto–haqiqatdagi mustaqillik),
nazarda tutyapmiz
(86)
. Bunday sud hokimiyati quyidagi printsiplarga asoslanishi
kerak:
i. Vakolatlarning bo'linishi. Sud hokimiyati siyosiy partiyalar bilan, ayniqsa
hokimiyatdagi partiya bilan hech qanday aloqada bo'lmasligi, ijroiya
hokimiyati bilan aloqasi esa xavfsizlik, moliyaviy va ma'muriy masalalar
bilan cheklanishi kerak.
ii. Kafolatlangan ish haqi. Sudyalarning ish haqi qat'iy va kafolatlangan
bo'lishi kerak.
iii. Pensiyaga chiqquniga yoki vakolat muddati tugaguniga qadar mansabda

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling