James d. Gwartney


Video: «Lego» filmida iqtisodiyot


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
«Lego» filmida iqtisodiyot
Bir necha yillar avval davlat rejalashtirishi va sanoat siyosati
(?)
 iqtisodiy o'sish uchun
muhim ahamiyatga ega deb hisoblangan. Iqtisodchilar Pol Samuelson va Lester Turou ushbu
qarashning yetakchi himoyachilaridan bo'lib, ularning qarashlari 1970- va 1980-yillarda
ommaviy axborot vositalarida va intellektuallar doirasida mashhur bo'lgan. Ular bozor
iqtisodiyoti quyidagi dilemmaga duch kelishini ta'kidlaydilar: davlat rejalashtirish tizimiga
o'tishi kerak, yoki rivojlanishning pasayishi va iqtisodiy tanazzulning oqibatlarini boshdan
kechirishiga to'g'ri keladi. Sovet tizimining barbod bo'lishi va Yaponiya iqtisodiy ahvolining
yomonlashuvi bu nuqtayi nazarning ommabopligiga putur yetkazdi. Shunga qaramasdan,
ko'pchilik davlat iqtisodiyotning sog'liqni saqlash va ta'lim kabi ayrim sohalarini boshqara
olishiga hali ham ishonadi. Biroq, markazlashgan rejalashtirishning rag'batlantirish va
ma'lumotlar bilan bog'liq muammolari tufayli buning ehtimoli kam.
Bundan ikki yarim asr avval Adam Smit markazlashgan rejalashtirish, jumladan
iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini rejalashtirish bo'yicha harakatlar, muvaffaiyatsizlik bilan
yakun topishining sabablarini qayd etib o'tgan (ushbu element boshida keltirilgan tsitataga
qarang). Davlat rejalashtiruvchilarining baxtiga qarshi, har bir shaxs o'z aql-idrokiga, yoki
Smit aytganidek, «harakat printsipi»ga ega. Shaxsiy rag'batlantiruvchi omillar odamlarni
markazlashgan rejaga zid faoliyat yuritishga undaganda, muammolar yuzaga chiqadi. Agar
davlat himoya vazifasidan chekinib, turli faoliyatlarni subsidiyalashni boshlasa, korxonalarni
yuritsa, iqtisodiyotning turli tarmoqlarini boshqarsa hamda, eng keskin hollarda, butun
iqtisodyotni markazdan turib rejalashtirsa, ichki nizolarning yuzaga chiqishi va turmush
darajasi uning potensial darajasidan pasayishi muqarrar.
Davlat rejalashtirishining turli mamlakatlardagi tajribasi bunga yaqqol misol bo'ladi.
Rejalashtirish nizolar va ichki qarama-qarshiliklarga olib keladi:
Qo'shma Shtatlari federal hukumati ayrim fermerlarga don mahsulotlari yetishtirmaslik
uchun pul to'laydi, bir paytning o'zida esa boshqalarga ayni don mahsulotlarni ko'proq


203
yetishtirish uchun irrigatsiya loyihalarini subsidiya bilan ta'minlaydi. Shunga o'xshash
YI subsidiyalari ko'pgina qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ortiqcha ishlab

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling