James d. Gwartney


Video: Yahmalak iqtisodiyoti (Beixtiyor tartib)


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Yahmalak iqtisodiyoti (Beixtiyor tartib)
Bozorlar bir-biridan farq qiladi. Bozor narxlari juda tarqoq ma'lumotlarni ro'yxatdan
o'tkazib, ularni ma'lum bir taribga keltiradi. Narxlar iqtisodiyotgagi doimiy o'zgarishlarni aks


201
etgan holda muntazam ravishda moslashib boradi. Narxlar o'ta tarqoq ma'lumotlarni bir joyga
jamlab, korxonalar va resurs ta'minotchilariga signallar berib turadi. Ushbu narx signallari
korxonalar va resurs egalarini ularning faoliyatlarini muvofiqlashtirish hamda yangi holatlarga
moslashish uchun kerakli bo'lgan ma'lumotlar va rag'batlar bilan ta'minlaydi. Ushbu bozor narx
signallarini to'g'ri talqin qilolmagan va ularga muvofiq harakat qila olmagan korxona va
shaxslar iqtisodiy yo'qotishlarga duch keladi.
Aynan bozor narxlari orqali yetkazilgan ma'lumot investorlar, korxonalar va ishchilarni
ularning mablag' va harakatlari qayerda eng samarali natija berishini ma'lum qiladi. Davlat
muassasalari mahsulotlarining bozor narxlari yo'qligi sababli, ularni yaratish ijobiy sof
qiymatga yoki resurslarning isrofgarchiligiga olib kelishini tahlil qilish mexanizmiga ega
emas.
Nobel mukofoti laureati Fredrik Hayek markazlashgan rejalashtiruvchilarga xos
ma'lumotlar muammosining oqibatlarini quyidagicha umumlashtiradi:
«Agar inson ijtimoiy taribni yaxshilash bilan bog'liq harakatlarida zarardan
ko'ra ko'proq yaxshilik olib kelishni istasa, tashkiliy murakkab bo'lgan bu va bu
kabi boshqa barcha sohalarda inson hamma voqealarni tagiga yetishi uchun
to'liq bilimga ega emasligini tushunib yetishi kerak. Shuning uchun u erisha
olgan bilimlardan foydalanib, natijalarni xuddi hunarmand mahsulotini o'z
qo'li bilan shakllantirganidek emas, balki bog'bon o'z o'simliklarini parvarish
qilganidek o'sish uchun muvofiq muhit yaratishi kerak»
(78)
.
Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyot mikro darajada boshqarish uchun o'ta murakkab.
Ikkinchi bobda ta'kidlab o'tilganidek, o'sish va taraqqiyotga erishishning eng maqbul
strategiyasi shaxslar o'z manfaatlarini ko'zlab farovonlik olib keladigan unumli faoliyat bilan
shug'ullanishlari uchun zarur institutlarni o'rnatish va uzoq muddatli siyosat olib borish orqali
qulay muhitni yaratishdan iborat.


202

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling