James d. Gwartney


-chizma: Qashshoqlik darajasi va jon boshiga qashshoq aholiga


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

21-chizma: Qashshoqlik darajasi va jon boshiga qashshoq aholiga
sarflangan ijtimoiy xarajatlar
$20,000
$18,000
$16,000
$14,000
$12,000
$10,000
$8,000
$6,000
$4,000
$2,000
$0
0%
19
67
19
72
19
77
19
82
19
87
19
97
20
07
20
02
20
12
20
17
19
92
5%
10%
15%
20%
25%
30%
35%
40%
Federal byudjetning jami ijtimoiy xarajatlari («Medikeyd» dasturini qo'shib hisoblaganda)
Qashshoq aholi ulushi (foizda)
Video:
Tenglik yoki tadbirkorlik
Nega qashshoqlikka qarshi transfert dasturlari unchali samarali emas? Transfertlar
qashshoqlikka qarshi kurashni sekinlashtiradigan uchta kutilmagan ikkilamchi ta'sirlarni
keltirib chiqaradi.
Birinchidan, daromadga bog'liq transfertlar kam ta'minlangan shaxslarni daromad
topishga, daromadlarini oshirishga va qashshoqlikdan qutulishga bo'lgan rag'batni pasaytiradi.
Daromad oshgani sari transfert oluvchilarning ushbu dasturlardan oladigan manfaati kamayib


192
boradi va qachondir tugaydi. Natijada ko'plab kam daromadli shaxslar qashshoqlik tuzog'iga
tushib qoladilar. Agar ular ko'proq daromad ishlab topsa, qo'shimcha soliq to'lovlari va
transfert miqdorining kamayishi tufayli ularda qo'shimcha daromadning faqatgina bir qismi
qoladi. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (IHTT) ma'lumotlariga ko'ra, 2018-yilda
daromad oshishi tufayli manfaatlarning qisqarishi Chexiya respublikasida eng kam ish
haqining 93 foizini va Xorvatiyada 92 foizini tashkil etdi
(73)
. Ba'zi hollarda qo'shimcha
daromad transfert oluvchining sof daromadini kamaytirishi ham mumkin. Demak, qashshoqlik
tuzog'i ko'p kam daromadli shaxslar uchun ishlashga, ko'proq daromad topishga, tajriba
orttirishga va lavozim pog'onasidan ko'tarilishga bo'lgan rag'batni ancha kamaytiradi. Ko'p
jihatdan transfertlar olinishi mumkin bo'lgan daromadning o'rnini egallaydi, xolos va natijada
kambag'allarning sof daromadi unchalik ko'paymaydi — u transfert to'lovlaridan ko'ra ancha
kamroq bo'ladi.
Bu yangilik emas. 1835-yilda Angliyada kambag'allar to'g'risidagi qonunlarni tahlil
qilib, Aleksis de Tokvil «Qashshoqlik to'g'risida memuarlar» asarida quyidagilarni yozgan edi:
«Odam barcha ijtimoiy uyushgan mavjudotlar singari tabiatan bekorchilikka
moyil. Ammo ishlashga ikkita rag'bat mavjud: yashash zaruriyati va yashash
sharoitlarini yaxshilash istagi… Xayr-ehsonni doimiy asosda qonunan
o'rnatadigan va unga ma'muriy shakl beradigan har qanday chora ishchi sinfi
hisobiga yashaydigan bekorchi va dangasa sinfni yaratadi»
(74)
.
Ikkinchidan, kambag'allikning og'irligini sezilarli darajada kamaytiradigan transfert
dasturlari, shuningdek, xavfli qarorlarning muqobil qiymatini ham kamaytiradi (masalan,
giyohvand moddalarni iste'mol qilish, maktabda o'qishni tashlash yoki ishdan bo'shash,
o'spirinlar va turmush qurmagan ayollar orasida homiladorlik, ajralishlar yoki otalarning
bolalaridan voz kechishi kabilar) va ko'pincha qashshoqlikka olib keladi. Ko'p odamlar bu kabi
xavfli variantlarni tanlaganliklari sababli qashshoqlik darajasini pasaytirish juda qiyin. Yolg'iz
ota-onali oilalarda qashshoqlik darajasi to'liq oilalarga qaraganda ancha yuqori. Masalan,
Chexiya Respublikasida 2017-yilda jami aholining 9,7 foizi qashshoqlikda yashagan bo'lsa, bu
ko'rsatkich yolg'iz ota-onali oilalarda 37 foizni tashkil etgan. Belarusda 2013-yilda aholi


193
ISHSIZLIK
«Menimcha, janob Veber, siz ish topishga jiddiy harakat
qilmayapsiz.»
orasida qashshoqlik darajasi 11 foizni
tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich yolg'iz
ota-onali oilalarda 17 foizni tashkil etgan.
Brukings instituti xodimlari Izabel Sohil va
Ron 
Xaskinslarning 
2009-yildagi
tadqiqotlariga ko'ra, Qo'shma Shtatlarida
uchta asosiy shartni bajarish orqali shaxs
qashshoqlikda yashash ehtimolini 12
foizdan 2 foizgacha kamaytirishi mumkin.
Bular: (eng kamida) o'rta maktabni
tugatish, to'liq stavkada ishlash va farzand
tug'ilishidan 
oldin 
turmush
qurish
(75)

Shaxsiy 
qarorlarning
qashshoqlikda yashashga ta'siri juda muhim
masala bo'lib, o'qituvchilar, ota-onalar,
vasiylar va boshqalar buni hayotni
o'zgartiruvchi 
qarorlar 
qabul 
qilish
busag'asida turgan yoshlar bilan muhokama qilishlari zarur. Bu holatlar xavfli qarorlar
ehtimolini ko'paytirishi yoki kamaytirishi mumkin bo'lgan rag'batlarning o'zgarishiga olib
keluvchi dasturlarni qabul qilganda saylovchilar va butun jamiyat tomonidan hisobga olinishi
kerak.
Uchinchidan, qashshoqlikka qarshi davlat transfertlari xususiy xayriya tashabbuslarini
siqib chiqaradi. Odamlar davlat kambag'allarga yordam berayotganini anglasa, oilalar,
cherkovlar va jamoat tashkilotlari tomonidan yordam faoliyatiga zaruriyat kamayadi. Yahudiy-
nasroniylarning ushr berish tushunchasi va islomiy majburiyat bo'lmish zakot kambag'allarga
yordam berish bo'yicha odamlarning majburiyatlariga urg'u beradi. Davlat soliqlarni yig'ib,
yordam miqdorini oshirsa, yakka shaxslar va guruhlar kamroq yordam berishini kutish
mumkin. Undan tashqari, xususiy homiylar muammoning asl mohiyatini ko'ra oladilar, yordam
oluvchilarning hayot tarziga e'tiborliroq bo'ladilar va asosan o'z ahvolini yaxshilashga astoydil
harakat qilayotganlarga yordam beradilar. Natijada xususiy xayriya tashabbuslari davlatnikiga


194
qaraganda samaraliroq bo'ladi va shu sababli shaxsiy tashabbuslarning siqib chiqarilishi
muammoni yanada og'irlashtiradi. Ushbu ta'sirlarni hisobga olgan tadqiqotlar shuni
ko'rsatadiki, xususiy xayriya tashkilotlari ma'muriy xarajatlari yuqori bo'lgan davlat
dasturlariga qaraganda o'z daromadlarining katta qismini yordam oluvchilarga yetkazib
beradilar
(76)
.
Iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda, qishloq xo'jalik narxlarini qo'llab-quvvatlashdan
tortib to qashshoqlikka qarshi kurash dasturlarini o'z ichiga olgan transfert dasturlarining
samarasizligi ajablanarli emas. Ikkilamchi ta'sirlarni inobatga olgan iqtisodiy tahlillarga ko'ra,
uzoq muddat davomida manzilli yordam ko'rsatish juda qiyin. Ideal holda bunday dasturlar
qashshoqlikka tushib qolganlarga yordam berishi va transfert to'lovlariga boshqa muhtoj
bo'lmaslik uchun harakat qilayotgan shaxslarni qo'llab-quvvatlashi kerak. Amalda esa transfert
dasturlari ushbu vazifaning birinchi qismining bajarilishini ta'minlashi, lekin buni ikkinchi
qismning hisobiga amalga oshirishi mumkin. Natijada rivojlanayotgan va rivojlangan
mamlakatlarda yordam dasturlari tobora ko'proq «shartli pul transferti» ko'rinishida ishlab
chiqilib, bunda ko'mak faqat muayyan xatti-harakatlarni amalga oshirgan shaxslarga beriladi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling