James d. Gwartney
Video: Siyosat, iqtisodiyot va qishloq xo'jaligi subsidiyalari
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Video:
Siyosat, iqtisodiyot va qishloq xo'jaligi subsidiyalari O'qish uchun: Duayt Li. «Energiya ishlab chiqarish va tejash» Yuqori daromadli demokratik mamlakatlarda davlat siyosiy moliyaviy in'omlar hamda saylovchilarning ko'magi uchun maxsus saylov bloklariga subsidiyalar va boshqa imtiyozlar berish uchun soliq va qarz olish amaliyotlaridan foydalanishi tobora ko'payib bormoqda. Shotlandiyalik Aleksandr Taytlerga ta'alluqli deb hisoblangan bayonotda qiyidagi mulohaza keltirilgan: «Demokratiya abadiy davlat shakli sifatida faoliyat yurita olmaydi. U saylovchilar ovoz berish orqali davlat xazinasidan o'zlariga sahovatli sovg'a ola olishini anglaguncha davom etadi xolos. Ana shu vaqtdan boshlab ko'pchilik har doim davlat xazinasi hisobidan ularga eng ko'p manfaatlar berishni va'da bera oladigan nomzodlar uchun ovoz beradi. Bo'sh fiskal siyosat ortidan esa demokratiya doimo inqirozga uchraydi...» (68) Korxonalar va boshqa manfaatdor guruhlar subsidiyalar va favoritizm uchun siyosatchilarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatlarini kuchaytirsalar, bu kuchlarni cheklash ancha murakkablashadi. Davlat favoritizmi darajasi oshishi hamda siyosatchilar va undan manfaatdor bo'lganlarning qaramligi ortishi bilan transfert to'lovlari ko'payib, resurslar unumli faoliyatdan siqib chiqariladi. Bundan tashqari, munofiq hatti-harakatlar, betayin munosabatlar va hattoki korruptsiya keng tarqaladi. Soliqlarni oshirishga bosim kuchayadi, byudjet defitsiti yanada oshadi hamda siyosiy aralashuvlarga duchor bo'lgan iqtisodiyotda o'sish to'xtaydi. Agar konstitutsiyga mulkchilik huquqlarini himoya qilish, byudjet xarajatlarini, subsidiyalarni va qarz olish bilan bog'liq davlat faoliyatini cheklash bo'yicha 185 me'yorlar qayta tiklanmasa, demokratik yo'l bilan saylangan siyosatchilar resurslar isrofgarchiligiga va umumiy turmush darajasining pasayishiga olib keladigan dasturlarni qabul qilishda davom etaveradilar. 2015-yilda Gretsiyada davlatning ortiqcha xarajatlari natijasida qarz inqirozining vujudga kelishi misolida ko'ringandek, bu yo'l oxir-oqibat qarz majburiyatlarining haddan tashqari oshib ketishiga va iqtisodiy inqirozga olib keladi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling