James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

O'qish uchun:
Duayt Li. «Ijtimoiy hamkorlik va bozor»
Qashshoqlikka oid murakkab siyosiy qarorlar to'g'risida yakuniy xulosa qilaylik.
Matbuotda munozaralarni o'qiganda yoki nomzodlarni tinglaganda ular nimalar haqida
gapirayotganini aniq tushunish kerak.
1. Hatto «qashshoqlik» tushunchasi ham ko'pincha chalg'itadi. Odamlar qashshoqlik
to'g'risida gapirganda ko'pincha «mutlaq qashshoqlikni», ya'ni «minimal tovar va
xizmatlar savatini» xarid qilish uchun shaxs yoki oilada yetarlicha resurs yo'qligini
tushunadilar.
2. Boshqalar esa «nisbiy qashshoqlikni», ya'ni shaxs yoki oilaning daromadi daromad
taqsimotida ma'lum darajadan (masalan, aholining mediana daromadidan ikki baravar


195
kamroq) pasayib ketish holatini nazarda tutadilar.
3. Nisbiy qashshoqlik tengsizlik tushunchasiga bog'liq, lekin u bilan bir xil tushuncha
emas. Aytaylik, to'rtta oiladan iborat ikkita jamiyat bor. Birinchi jamiyatdagi oilalarning
daromadlari 1 000 000, 50 000, 50 000 va 4 000 dollarga, ikkinchisidagi oilalarning
daromadlari esa 51 000, 50 000, 50 000 va 24 999 dollarga teng. Ikkala jamiyatdagi
nisbiy qashshoqlik darajasi bir xil (25%), lekin tengsizlik darajasi bir-biridan keskin
farq qiladi.
4. Ba'zida qashshoqlik ko'rsatkichlari soliqlar (bu daromadni kamaytiradi) va
transfertlarni (bu daromadni oshiradi) inobatga olmagan holda ko'rsatiladi. Qaysi
biridan foydalanilyapti? Birinchi ta'rif bo'yicha qashshoqlar soni ikkinchisiga
qaraganda ko'pincha ikki barobar ko'proq chiqadi.
5. Minimal iste'mol darajasi nimalardan tashkil topganligi turli mamlakatlarda va turli
davrlarda katta farq qiladi. Bugungi o'rta va yuqori daromadli mamlakatlarda munosib
turmush darajasi tushunchasi oldingi avlod tasavvur qila olmagan tovar va xizmatlarni
(masalan, uyali telefon yoki televizorni) o'z ichiga oladi.
6. Nihoyat, ma'lum bir vaqt nuqtasidagi qashshoqlik bilan umr bo'yi qashshoqlik o'rtasida
farq borligini tushunish muhim. Talaba sifatida kam daromadli bo'lish yildan-yilga
qashshoq bo'lishdan juda farq qiladi.


196

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling