James d. Gwartney
Video: Ahmoqona yurishni subsidiyalash
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Video:
Ahmoqona yurishni subsidiyalash (klassik videoni butunlayligicha quyidagida ko'rishingiz mumkin: https://www.dailymotion.com/video/x2hwqki ) Davlatlar ishlab chiqarish va tovar ayirboshlashni qo'llab-quvvatlash hamda noqonuniy o'zlashtirishga to'sqinlik qilish orqali iqtisodiy farovonlikka (?) ko'maklashadi. Agar samarali qonunchilik va unga amal qilishni ta'minlash boshqalarga tegishli mulkni jinoyat yoki siyosiy yo'llar bilan o'zlashtirilishini qiyinlashtirsa, o'g'rilik faoliyatiga resurslar oqimi qisqaradi. Bundan tashqari, o'g'rilikdan himoya qilishga kamroq resurslar jalb qilinadi. Ammo zamonaviy dunyoda davlatning o'zi noqonuniy o'zlashtirishning asosiy manbaiga aylandi. Odatda davlat kimlargadir subsidiya va imtiyozlar berish uchun kerakli resurslarni boshqalardan oladi. Garchi bu qonuniy yo'l bilan amalga oshirlganligi uchun noqonuniy o'zlashtirish hisoblanmasada, bu baribir fuqarolar uchun zarar va jamiyat farovonligini pasaytiradi. Hozirgi paytda Frantsiyada transfert to'lovlari va subsidiyalar jami byudjet xarajatlarining yarmidan ko'pini tashkil qiladi (66) . Ijtimoiy himoya uchun subsidiyalar transfert to'lovlarining katta qismini tashkil etadi (jami byudjet xarajatlarining 43 foizini (67) ), lekin bugungi kunda davlat madaniyat, uy-joy, aeroport, ma'lum turdagi ishlab chiqaruvchi korxonalar, quyosh energiyasi, qazilma yonilg'isi, parrandachilikdan tortib to vino kabi qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va hokazo ko'plab faoliyat turlarini ham qo'llab- quvvatlamoqda. Frantsiyasining qishloq joylarida kichik korxonalar ochish uchun 250 xil grant va subsidiyalar mavjud. 183 Subsidiyalar va davlat favoritizmi ham siyosiy demokratiyaga, ham iqtisodiy samaradorlikka xavf tug'diradi. Buning sabablari talaygina. Birinchidan, subsidiya narxni buzib ko'rsatib, korxonalarni vaqtni yaxshiroq va arzonroq mahsulotlar ishlab chiqarishga emas, balki davlatdan favoritizmga erishishga sarflashga undaydi. Kutilganidek, davlatdan favoritizmga erishish imkoniyatining oshishi bilan alohida manfaatdor guruhlarning ta'siri kuchayadi va firibgarlik ko'payadi. Ko'proq davlat mablag'larini olish va raqiblardan ustunlikka erishish uchun korxonalar va boshqa manfaatdor guruhlar o'z manfaatlarini bandlikni oshirish, qashshoqlik darajasini kamaytirish, atrof-muhit sifatini yaxshilash va xorijiy mamlakatlarga qaramlikni kamaytirish kabi ommabop maqsadlar bilan bog'lashga harakat qiladilar. Ularning faoliyati moliyaviy manfaat va siyosiy hukmronlikka erishishni ko'zlagan bo'lsada, garchi haqiqatdan yiroq bo'lsa ham, manfaatdor guruhlar keng ko'lamli, ommabop maqsadlarga erishishga intilamiz, deb e'tiroz qilishlari mumkin. Ikkinchidan, ayrim korxonalar va sohalarga subsidiya ajratish boshqalarni noqulay holatga qo'yadi. Subsidiya olmagan ba'zi korxonalar biznesdan siqib chiqariladi yoki subsidiya olgan korxonalar bilan raqobat qila olmasligi sababli bozorga kirishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Natijada resurslar bozor iste'molchilariga bog'liq korxonalardan siyosatchilar xayrixohligiga erishgan korxonalar tomon suriladi. Uchinchidan, ehtimol eng muhimi, subsidiya va favoritizm tadbirkorlar va siyosatchilar o'rtasida betayin, nomunosib munosabatlarni vujudga keltiradi. Bu esa «korporativ boqimandalik» va «klanli kapitalizm»ni rag'batlantirib, soliq to'lovchining manfaatlariga putur yetkazadi. Korporativ boqimandalik darajasi qanchalik katta bo'lsa (ya'ni korxonalar uchun davlat subsiya dasturlari qanchalik ko'p bo'lsa), imtiyoz ketidan quvish bilan bog'liq faoliyatga resurslar oqimi ham shuncha ko'p bo'ladi. (Izoh: Iqtisodchilar korxona va boshqa guruhlarning imtiyoz ketidan quvish faoliyatini «renta ketidan quvish» termini bilan izohlaydilar). Bozorlar o'rnini siyosat egallashi bilan iqtisodiyotda urug-aymoqchilik va samarasiz faoliyat turlari ko'paydi va iqtisodiy o'sish potensiali pasayadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling