James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

«bochkadagi yog'»
(?)
 siyosati va boshqa maxsus manfaatdor guruh dasturlaridan zarar ko'rgan
saylovchilarning bu loyihalar to'g'risida hatto xabardor bo'lishi amri mahol. Demak, maxsus
manfaatdor guruhlarning loyihalarini, jumladan samarasizlarini ham, qo'llab-quvvatlashga
bo'lgan rag'bat 19-chizmada namoyish etilgan oddiy misoldagidan ham ancha kuchli.


171
19-chizma: Ovoz savdosi va unumsiz qonunlarning qabul qilinishi
Aholi soni teng bo'lgan tuman saylovchilarining sof foydasi (+) yoki xarajatlari (-)
Tumanlarning ovozi
Sport stadioni
Yopiq tropik o'rmon
loyihasi
Etanol uchun
subsidiya
Jami
A
€100
-€30
-€30
€40
B
-€30
€100
-€30
€40
C
-€30
-€30
€100
€40
D
-€30
-€30
-€30
-€90
E
-€30
-€30
-€30
-€90
Jami
-€20
-€20
-€20
-€60
Bozor ayirboshashuvi o'zaro foydali faoliyatdir: savdo hamkorlarining har ikkalasi ham
manfaatdor bo'ladi, aks holda ayirboshlash amalga oshmaydi. «Siyosiy ayirboshlash» esa,
aksincha, tomonlardan biriga foydali, lekin ikkinchisiga zararli bo'lishi mumkin. Bunda yutgan
loyihaga ovoz bergan ko'pchilik manfaat ko'radi, lekin yutqazgan loyihaga ovoz bergan
kamchilik ko'proq yutqazadi. Bunday hollarda, yutgan tomonning oladigan foydasi yutqazgan
tomonning zarar miqdoridan katta bo'lishiga hech qanday ishonch yo'q.
Cheklanmagan siyosiy jarayonning yaxshi uyushgan guruhlar foydasiga ishlashiga
moyilligi iqtisodiy pirog hajmining qisqarishiga olib keluvchi ko'p dasturlarning mavjudligini
tushunishga yordam beradi. Misol tariqasida deyarli 20 000 sonli Amerikalik shakar
yetishtiruvchilarni ko'rib chiqaylik. Ko'p yillar davomida Amerikalik iste'molchilar shakar
uchun dunyo narxlaridan 50-100% yuqori narx to'lab kelganlar. Sababi federal hukumatning
narxni qo'llab-quvvatlovchi dasturi va shakar importini cheklovchi kuchli kvotaning amal
qilishidir. Bu dasturlar natijasida shakar yetishtiruvchilar jami 1,7 milliard dollar yoki har bir
yetishtiruvchi taxminan 85 000 dollardan foyda oladilar. Bu foydaning katta qismi daromadi
mamlakat o'rtacha daromadidan ancha katta bo'lgan yirik yetishtiruvchilar tomonidan
o'zlashtiriladi. Ikkinchi tomondan, shakar iste'molchilari 2,9 milliard dollardan to 3,5 milliard
dollargacha yoki har bir uy xo'jaligi taxminan 25 dollardan yuqori narx to'laydilar
(56)
. Buning
natijasida Amerikaliklar ishlab chiqarishda ustunlikka ega bo'lmagan va savdo orqali ancha
arzon narxlarda olish mumkin bo'lgan tovarni ishlab chiqarish orqali resurslarning isrof


172
qilinganidan yutqazadi.
Shunday bo'lsada, Kongress shakar dasturini qo'llab-quvvatlshni davom etmoqda va
buning sababini ko'rish qiyin emas. Bu dasturlarning shaxsiy boylikka ta'sirining kattaligini
hisobga olsak, shakar yetishtiruvchilarning, ayniqsa kattalarining, o'z boyliklari va siyosiy
ta'sirini ularning manfaatini ko'zlovchi siyosatchilarni ko'maklashga ishlatish sababini tushunsa
bo'ladi. Ular aynan shunday yo'l tutadilar. O'tgan to'rt-yillik saylov davrida shakar lobbichilari
nomzodlarni va siyosiy harakat qo'mitalarini qo'llab-quvvatlash uchun 16 million dollar ajratdi.
«American Crystal Sugar» kompaniyasining bir o'zi o'tgan saylov davrida Kongressning 221 ta
a'zosiga 1,3 million dollar va Kongressni lobbi qilish faoliyatiga 1,4 million dollar ajratdi.
Aksincha, oddiy saylovchi uchun bu masalani tekshirib chiqish yoki kimga ovoz berishni hal
qilganida bunga katta e'tibor berish mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Aslida, saylovchilarning ko'pi
mazkur dastur ularqa qimmatga tushushidan bexabarlar. Demak, bu siyosat resurslar
isrofgarchiligi va xalq farovonligining pasayishiga olib kelsa ham, siyosatchilar shakar
sanoatiga subsidiya berishni davom ettirishdan manfaatdor.
Zamonaviy siyosatning asosiy biznes modeli resurslarni jamiyatdan olib, ularni yaxshi
uyushgan saylovchilar bloklariga ovoz beruvchi ko'pchilikni shakllantirish maqsadida
berishdan iborat deb aytsa bo'ladi. Bunga misollar talaygina. Butun dunyo bo'ylab soliq
to'lovchilar va iste'molchilar iqtisodiyotning ayrim sohalarini, demakki mamlakatlaridagi
ayrim manfaatdor guruhlarni qo'llab-quvvatlash uchun o'z daromadlarini sarflaydilar. Kulgili
tomoni shundaki, tenglik uchun deb targ'ib qilingan subsidiya dasturi deyarli hech qachon
maqsadiga erishmaydi va aksariyat hollarda u ko'pincha teskari natijalarga olib keladi. 2014-
yilda Misrning oziq-ovqat subsidiyalarining 20 foizdan kamroq'i kambag'al aholiga manfaat
keltirgan. Ko'plab mamlakatlardagi benzin subsidiyalari o'rta tabaqali aholiga manfaat
keltiradi, chunki kambag'al aholi asosan piyoda yuradi, yoki jamoat transportidan foydalanadi.
Xindistonda suyultirilgan gaz uchun ajratiladigan qishloq xo'jaligi subsidiyalarining 0,1
foizdan kamroq qismi eng kambag'al 20 foiz aholiga, 52,6 foizi esa badavlat aholi hissasiga
to'g'ri keladi. Dunyo bo'ylab qazib olinadigan yoqilg'iga ajratiladigan subsidiyalarning 20
foizdan kamroq qismini aholining eng kambag'al 20 foiz qismi oladi
(57)
. Garchi bu
dasturlarning yakka o'zi mamlakatlar uchun kichik yuk bo'lsa ham, birgalikda ular davlat
byudjeti defitsitini oshiradi, resurslarni behuda sarflaydi va bizning turmush darajamizni


173
sezilarli darajada pasaytiradi. Maxsus manfaatdor guruhning siyosiy hukmronligi bevosita
subsidiyalar, tariflar yoki ba'zi mahsulotlar kvotalarining joriy etilishini izohlaydi. Bu
dasturlarning barchasi butun aholi manfaatini ko'zlab emas, balki alohida manfaatdor
guruhning ta'siri ostida siyosiy tus olgan.
Shuningdek, alohida manfaatdor guruhning ta'siri yangilik yaratishni va raqobat
jarayonini ham orqaga tortadi. Eski va avvaldan faoliyat yuritib kelayotgan korxonalar siyosiy
in'omlar berish bo'yicha kuchliroq obro'ga ega, ular lobbi faoliyatini yaxshiroq tushunadi
hamda yirik siyosiy arboblar bilan yaqin aloqalar o'rnatgan. Kutilganidek, odatda tajribaga ega
korxonalarning yangi korxonalarga nisbatan ko'proq siyosiy ta'siri bor va ular bu ustunlikdan
innovatsion raqobatchilarga to'sqinlik qilish uchun foydalanadilar.
Uber kompaniyasining tajribasini misol tariqasida ko'rib chiqaylik. Uber qiziqish
bildirgan haydovchilarni yer usti transportining potensial yo'lovchilari bilan yuzma-yuz
keltirish uchun texnologiyadan foydalanadi. Yer usti transportiga muhtoj iste'molchilar
smartfon orqali avtomobilga buyurtma jo'natgandan so'ng Uber ilovasi ularga avtomobilni
kutish vaqtini darhol ma'lum qiladi. Shuningdek, Uber potensial yo'lovchilarga haydovchilar
to'g'risida va, aksincha haydovchilarga potensial yo'lovchilar to'g'risida ma'lumot beradi.
Texnologiya tranzaksion xarajatlarni qisqartiradi va an'anaviy taksi xizmatiga solishtirganda,
bu jarayon odatda ham tezroq, ham arzonroqdir. Uber kompaniyasining dunyodagi katta
shaharlar bozorlariga kirishga harakat qilgan vaqtda an'anaviy taksi sanoati bunga qarshi
kurashdi va ko'p hollarda Uber va shunga o'xshash kompaniyalar texnologiyalarini taqiqlovchi
qonunlarning qabul qilinishiga erishdi
(58)
. Natijada innovatsion texnologiyani tatbiq etishdan
keladigan manfaat va ayirboshlash hajmi sekinlashdi.
Tesla elektromobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasining tajribasi amaldagi ishlab
chiqaruvchilar yangi raqobatchilarning bozorga kirishiga to'sqinlik qilish uchun siyosiy
jarayondan foydalanishning yana bir misolidir. Teslaning biznes modeli avtomobillarni
to'g'ridan-to'g'ri iste'molchilarga sotishga asoslangan. Biroq mustahkam o'rnashib olgan
avtodilerlardan iborat yaxshi uyushgan manfaatdor guruh ishlab chiqaruvchilar avtomobillarini
iste'molchilarga to'g'ridan-to'g'ri sotishini taqiqlovchi qonun qabul qilinishini shtatlarning
qonunchilik organlaridan so'rab, lobbi faoliyatini olib bordi. Shtatlarning taxminan yarmida
bunday bevosita sotish amaliyoti taqiqlab qo'yildi. Ushbu qonunlar Tesla kompaniyasini


174
avtomobil ishlab chiqaruvchilar bozoriga kirishini ancha mushkullashtirdi.
Qizig'i shundaki, Teslaning rivojlanish strategiyasining o'zi ham davlat favoritizmiga
asoslangan edi. Tesla federal hukumatidan o'zining narxi 100 000 dollardan yuqori lyuks
elektromobilining S modelini yaratish va ishlab chiqarish uchun yuzlab million dollar
subsidiya (grantlar, davlat tomonidan kafolatlangan kreditlar va soliq imtiyozlari) olgan. 2014-
yilda Nevada shtati Reno shahri yaqinida akkumulyator zavodini qurish uchun Tesla
kompaniyasiga 1,3 milliard dollardan iborat subsidiyalar to'plamini bergan. Tesla ish haqi va
mulk soliqlaridan 10 yilga, savdo solig'idan esa 20 yilga ozod etilib, unga Nevada shtati soliq
majburiyatlarini bajarish uchun boshqa kompaniyalarga sotish huquqi bilan 195 million
dollarga teng «o'tkazish huquqiga ega soliq imtiyozlari» berildi
(59)
. Ehtimol, buning tagida
saboq bor: davlat favoritizmi bilan yashaydigan klanli kompaniyalar undan ham katta siyosiy
kuchga ega boshqa klanli kompaniyalar tomonidan gohida zarbaga duch kelishi mumkin.
Qo'shma Shtatlari Konstitutsiyasining asoschilari alohida manfaatdor gurhlarning
hukmronligidan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolardan yaxshi xabardor bo'lgan. Ular
manfaatdor guruhlarni «fraksiyalar» deb ataganlar. Fraksiyalar bosimini cheklash maqsadida
Konstitutsiyaning 8-bo'limi I moddasida Kongress milliy mudofaa va umumiy farovonlikni
ta'minlaydigan dasturlar uchun faqat yagona soliqlarni joriy etish kerakligi belgilangan. Bu
modda aholining ayrim qatlamlariga imtiyozlar berish uchun umumiy soliq tushumlaridan
foydalanishning oldini olishga qaratilgan edi. Biroq, yillar o'tishi bilan sud qarorlari va qonun
hujjatlari uning asl ma'nosini o'zgartirib yubordi. Shunday qilib, Konstitutsiya, uning amaldagi
talqiniga ko'ra, yaxshi uyushgan maxsus manfaatdor guruhlarning siyosiy hukmronligini endi
cheklay olmaydi.


175

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling