James d. Gwartney


Maxsus manfaatdor guruhlar ta'sirini


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Maxsus manfaatdor guruhlar ta'sirini
kamaytirish uchun qoidalar o'rnatish
Demokratik 
yo'l 
bilan 
saylangan
mulozimlar maxsus manfaatdor guruhlarga
foyda 
keltiradigan, 
lekin 
aholi
manfaatlariga 
zid 
siyosatni 
qo'llab-
quvvatlashdan odatda naf ko'radi. Yaxshi
uyushgan guruh (masalan, ishbilarmonlar
manfaatini himoya qiluvchi uyushma,
kasaba uyushmasi yoki fermerlar guruhi)
a'zolariga juda katta shaxsiy manfaat olib
keluvchi, lekin, soliq to'lovchilar yoki
iste'molchilarning umumiy manfaatlariga
zid bo'lgan siyosatni qarab chiqaylik.
Yaxshi uyushgan manfaatdor guruh a'zolar
soni 
jami 
soliq 
to'lovchilar 
yoki
iste'molchilar sonidan kam bo'lsada, har bir
guruh a'zosining taklif qilingan qonundan
shaxsiy manfaati ko'pincha katta bo'ladi.
Aksincha, ko'p soliq to'lovchilar va
iste'molchilarga zarar yetsa ham, ularning har biriga yuklanadigan qo'shimcha xarajat miqdori
katta emas. Bundan tashqari, bu xarajatning manbaini aniqlash odatda oson emas.
Manfaatdor guruh a'zolarining ko'riladigan manfaatdan shaxsiy ulushi kattaligi sababli,
ELEMENT 3.5
Agar konstitutsiya yoki boshqa qat'iy me'yorlar bilan cheklanmasa, maxsus manfaatdor
guruhlar demokratik siyosiy jarayondan soliq to'lovchilar va iste'molchilar hisobiga o'z
maqsadlari yo'lida foydalanadilar.


169
ularda ittifoq tuzishga va bu masalaning ahamiyati to'g'risida qonun chiqaruvchilarga
bildirishga katta ishtiyoq mavjud. Ko'plab manfaatdor guruh a'zolari ular uchun muhim bir
necha masalalar bo'yicha siyosatchining bildirgan fikriga asoslanib, kimga ovoz berish va
kimni moliyaviy qo'llab-quvvatlash bo'yicha qaror qabul qiladilar. Lekin ulardan farqli o'laroq,
ratsional nodonlik samarasiga asosan, saylovchilarning ko'pida maxsus manfaat masalasi
(?)
to'g'risida yetarli ma'lumot yo'q va ularni bu qiziqtirmaydi, bu masalalarning har biri ularning
shaxsiy turmush darajasiga katta ta'sir ko'rsatmaydi.
Agar siz ovoz yig'ish uchun harakat qilayotgan siyosatchi bo'lsangiz, qanday yo'l tutgan
bo'lar edingiz? Yaxshi xabardor bo'lmagan va uyushmagan ko'pchilikning manfaatlarini
himoya qilishdan sizning saylov kampaniyaningiz uncha ko'p yordam ololmasligi aniq. Biroq,
agar maxsus manfaatdor guruhning manfaatini qo'llab-quvvatlasangiz, sizning nomzodingizni
ashaddiy qo'llab-quvvatlovchilar, saylov kampaniyasi uchun ishlashni xohlovchilar va, eng
muhimi, saylov kampaniyangizni moliyaviy qo'llab-quvvatlovchilari paydo bo'lishi mumkin.
Siyosiy ommaviy axborot vositalari davrida siyosatchilar maxsus manfaatdor guruhni qo'llab-
quvvatlash uchun kuchli bosim ostidadir, chunki ulardan saylov kampaniyasi uchun moliyaviy
ko'mak olib, undan televizor va Internetda nomzodning ijobiy imidjini yaratishda
foydalanadilar. Bu o'yinni o'ynashni istamagan siyosatchilar, ya'ni maxsus manfaatdor
guruhlarning siyosiy ko'magi uchun ularga davlat xazinasi hisobidan imtiyoz berishni
istamagan siyosatchilar, o'ta mushkul ahvolda qoladilar. Mana shu sabablar uchun ham
siyosatchilar, garchi bu jami saylovchilar uchun resurslarning isrof qiluvchi va turmush
darajasini pasaytiruvchi siyosatga olib kelsa ham, xuddi ko'rinmas qo'l tomonidan
boshqarilgandek, ular maxsus manfaatdor guruhlarning qarashlarini hisobga oladilar.
Iqtisodchilar bu siyosiy jarayondagi noxolislikni maxsus manfaat ta'siri
(?)
 deb ataydilar.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling